Undov va taqlid so'zlar. So'zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon-parrandalarni biror harakatga undashni ifodalovchi so'zlarga undov so'zlar deyiladi: hoy, ey, obbo. Inson, hayvon va narsalarning tovushlariga taqlid ifodalovchi so'zlar taqlid so'zlar hisoblanadi: miyov-miyov, qag'- qag'.
60. So'zlarning tuzilishiga ko'ra turlari. So'zlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy
so'zlarga bo'linadi.
61. Qo'shma so'zlar. Ikki yoki undan ortiq asoslardan tashkil topib, bitta so'roqqa javob bo'lgan so'zlar qo'shma so'zlar deyiladi. Masalan: otquloq, har qachon, muzyorar, sotib olmoq, jigarrang, tamom bo'lmoq, mehnat qilmoq.
62.
Do'stlaringiz bilan baham: |