Fe'l zamonlari. Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanib turgan paytga munosabati fe'l zamonlari, shunday ma'noni ifodalovchi qo'shimchalar esa zamon qo'shimchalari deyiladi. Fe'llarda uchta zamon bor: 1) o'tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Bu uch xil ma'no maxsus qo'shimchalar yordamida ifodalanadi va ular zamon qo'shimchalari hisoblanadi.
50. O'tgan zamon. -di, -ib (fe'l unli bilan tugasa -b),- gan edi, -gan ekan qo'shimchalari bilan kelib, ish- harakatning va holatning nutq jarayonidan oldin sodir bo'lganini yoki bo'lmaganini bildirgan fe'llarga o'tgan zamon fe'llari deyiladi. O'tgan zamon fe'llari uchala shaxsda tuslanadi. Masalan: bordim, bording, bordi; bordik, bordingiz, bordi (-lar).
51.
Do'stlaringiz bilan baham: |