OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA)
O‘rta Osiyoda xioniylar davlati necha yil hukm surgan?
A) 120 yildan oshiqroq B) 140 yildan oshiqroq C) 100 yilcha D) 110 yildan oshiqroq
Turk xoqonligida ko‘chmanchi chorvador aholi … yoki “qora budun” nomi bilan yuritilgan.
A) “budun” B) “tudun” C) “yabg‘u” D) “jabg‘u”
VI - VII asrlarda O‘rta Osiyo aholisining asosiy qismi qaysi dinga e'tiqod qilgan?
A) shomonlik B) buddaviylik C) zardushtiylik D) islom
Arablar Movrounnahrga bosqini natijasida qaysi shahardagi budda ibodatxonasi haykalini parchalab tashlashadi?
A) Afrosiyobdagi B) Quvadagi C) Chochdagi D) Ajinatepadagi
… va uning avlodlari o‘zlarining kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bog‘lar edilar. Yuqoridagi ma'lumotlar kimga tegishli?
A) Muhammad Islom B) Muhammad Haydar C) Muhammad Mazid D) Muhammad Tarxon
Ashtarxoniy Imonqulixonga oid ma'lumotni aniqlang.
A) 1602-yil Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi.
B) Xo‘jandni qozoqlardan ozod qildi.
C) Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar va jung‘orlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi.
D) Makkaga borayotib vafot etdi.
Xiva xonligida mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni hisoblangan lavozim qanday nomlangan?
A) to‘pchiboshi B) lashkarboshi C) parvonachi D) yasovulboshi
Muhammad Rizo Ernazarbiy o‘g‘li qanday taxallus bilan ijod qilgan?
A) Ogahiy B) Munis C) Zavqiy D) Berdaq
1868-yil 1-mayda K. P. Kaufman qayerga hujum boshladi?
A) Zirabuloqqa B) Erjarga C) Xo‘jandga D) Cho‘ponotaga
Temir asri boshlarida O‘rta Osiyo aholisi 4 guruhga bo‘lingan. Bular… .
A) kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar
B) zodogonlar, ruhoniylar, dehqonlar, qullar
C) savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar, qullar
D) kohinlar, savdogarlar, jangchilar, hunarmandlar
Qadimda O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida qaysi qabila yashagan?
A) Skiflar B) Massagetlar C) Saklar D) Oriylar
Qo‘qonda harbiylarga beriladigan yer qanday atalgan?
A) tanho B) iqto C) suyurg‘ol D) mamlakai xos
Vatan ravnaqi uchun kurashgan Ochilbek qaysi shahar atrofida bo‘lgan jangda halok bo‘lgan?
A) Ko‘lob B) Urgut C) O‘zgan D) Kitob
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman qachon tugallandi?
A) 1929-yilda B) 1930-yilda C) 1931-yilda D) 1932-yilda
Qadimgi Xorazmdagi dastlabki taqvim nechanchi asrga oid?
A) mil.avv I asr B) I asr C) mil.avv II asr D) II asr
Do'stlaringiz bilan baham: |