OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA) Ma’lumotlarga qaraganda eftaliylar nomi nimadan olingan?
A) hukmdor Eftalon nomidan B) xaytal so‘zidan C) eftalit so‘zidan D) hudud nomidan
Dastlab Turk xoqonligining markazi qayer edi?
A) Oloy B) Issiqko‘l C) Yettisuv D) Oltoy
Biri ikkinchisiga tutashib ketadigan, 38-40 harfdan iborat yozuv qanday nomlanadi?
A) sug‘d B) toxar C) oromiy D) turkiy run (ko‘kturk)
Qaysi arab xalifasi bundan buyon islomni yangi qabul qilgan aholidan xiroj va jizya soliqlarini olishni bekor qiladi?
A) Umar ibn Abdulaziz B) Ma'mun C) Horun ar-Rashid D) Amin
Shayboniylar hukmronligi davrida Movarounnahrda qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelishi oqibatida Balx va Badaxshonda mustaqil siyosat yuritgan shaxsni aniqlang.
A) Navro‘z Ahmadxon B) Iskandarxon C) Pirmuhammad D) Mahmud Sulton
Mahalliy hokimlarning o‘zboshimchaligiga chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirgan shaxsni aniqlang.
A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abdulazizxon D) Abulfayzxon
Xonliklarda vaqf yerlaridan olingan foydaning hisob-kitobi va taqsimoti bilan kim shug‘ullangan?
A) muhtasib B) devonbegi C) mutavalli D) karvonboshi
Xorazmning 1812-yilga qadar bo‘lgan tarixi kimning buyrug‘iga asosan yozilgan?
A) Eltutmish B) Elbarsxon C) Eltuzar D) Ertug‘rul
Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan 1868-yildagi shartnoma qayerda imzolangan edi?
A) Jizzaxda B) Buxoroda C) Samarqandda D) Toshkentda
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba ...
A) “Avesto” B) Behistun qoyalari bitiklari C) Gerodotning “Tarix” asari D) Strabonning “Geografiya” asari
O‘zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar joylashgan o‘rni noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) Uzunqir Qashqadaryo viloyatida B) Qiziltepa Surxondaryo viloyatida C) Ko‘zaliqir Xorazm viloyatida D) Yerqo‘rg‘on Farg‘ona viloyatida
“Shamol shahri”ni aniqlang.
A) Toshkent B) Namangan C) Andijon D) Qo‘qon
Bolshevik maddohlarning e’tirof etishicha, qo‘rboshilar o‘rtasida eng kuchlisi kim edi?
A) Katta Ergash B) Madaminbek C) Shermuhammadbek D) Ochilbek
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman qachon tugallandi?
A) 1929-yilda B) 1930-yilda C) 1931-yilda D) 1932-yilda
Dastlabki shahar alomati respublikamizning qaysi vohasi hududidan topilgan edi?
A) Qashqadaryo vohasi B) Surxon vohasi C) Qizilqum vohasi D) Xorazm vohasi