ONA TILI (15 TA)
Berilgan gaplar ichidan imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan javobni aniqlang.
A) Uning dadasi farg‘ona kanali qurilishida hissasini qo‘shgan.
B) Kindik qoning to‘kilgan yer vataningdir.
C) O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir.
D) Anjumanda koreya, yaponiya, xitoy kabi davlatlardan vakillar tashrif buyurishdi.
Juft so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
A) shakli bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar
B) shakli har xil, ma’nosi bir xil bo‘lgan so‘zlar
C) bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning birgalikda yozilishi
D) ikki va undan ortiq so‘zlarning qo‘shib yozilishi
Bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil vazifada keladigan so‘zlar qanday ataladi?
A) uyushiq bo‘laklar B) undalma C) kirish so‘z D) qo‘shma so‘z
Ikki so‘zning biri tobe, ikkinchisi hokim tarzda bog‘lanishi qanday ataladi?
A) teng bog‘lanish B) tobe bog‘lanish C) to‘gri bog‘lanish D) gap bog‘lanish
Ushbu gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turini aniqlang: Qani edi sehrgarga aylanib qolsam!
A) darak gap B) so‘roq gap C) buyruq gap D) istak gap
Olma, o‘rik, nok, shaftoli so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday nomlanadi?
A) uyadosh so‘zlar B) ko‘p ma’noli so‘zlar C) ma’nodosh so‘zlar D) zid ma’noli so‘zlar
Gulchilar so‘zidagi shakl yasovchi qo‘shimchani aniqlang.
A) gul B) -chi C) -lar D) -chila
So‘z tarkibida tartib qanday bo‘ladi?
A) asos, sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha, so‘z yasovchi qo‘shimcha, lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
B) asos, so‘z yasovchi qo‘shimcha, sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha, lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
C) asos, lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha, so‘z yasovchi qo‘shimcha, sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha
D) asos, so‘z yasovchi qo‘shimcha, lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha, sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha
Bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatini ifodalovchi fe’l nisbati shakli qanday ataladi?
A) aniq nisbat B) orttirma nisbat C) o‘zlik nisbat D) birgalik nisbat
Fe’l qaysi so‘z turkumi doirasiga kiradi?
A) mustaqil so‘z turkumlari
B) yordamchi so‘z turkumlari
C) oraliqdagi so‘z turkumlari
D) alohida olingan so‘z turkumlari
Ushbu gapdagi kishilik olmoshlari nechanchi shaxsda ekanini aniqlang. Anjumanda men ularning gapini diqqat bilan tingladim.
A) I shaxs B) II shaxs C) III shaxs D) I va III shaxs
Ushbu gap tarkibidagi so‘roq olmoshi qaysi so‘z turkumiga qarata aytilgan: Qizaloq do‘konga nima uchun kirganini unutib qo‘ydi.
A) ot B) sifat C) ravish D) olmosh
Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham! Berilgan gapda olmoshning qaysi ma’noviy turi qatnashgan?
A) gumon olmoshi B) bo‘lishsizlik olmoshi C) ko‘rsatish olmoshi D) belgilash olmoshi
Har bir aytayotgan gapingizning mohiyatini anglab yeting. Ushbu gapda olmoshning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan?
A) sodda B) qo‘shma C) juft D) takroriy
Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shilganda qaysi tovush ortishi kuzatiladi?
A) “t” B) “n” C) “I” D) “y”
Do'stlaringiz bilan baham: |