OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA) Qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan kumush tanga qaysi hudud yaqinidan topilgan?
A) Turoqqal'a B) Anqaqal'a C) Kat D) Gurganj
Sug‘d va xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida paydo bo‘lgan?
A) Baqtriya yozuvi B) Yunon yozuvi C) Oromiy yozuvi D) Lotin yozuvi
Qaysi arab xalifasi bundan buyon yangi yerlarni zabt etishni to‘xtatishga amr beradi?
A) Umar ibn Abdulaziz B) Ma'mun C) Horun ar-Rashid D) Amin
Shayboniylar hukmronligi davrida Movarounnahrda qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelishi oqibatida Karmana va Miyonqolda mustaqil siyosat yuritgan shaxsni aniqlang.
A) Navro‘z Ahmadxon B) Iskandarxon C) Pirmuhammad D) Mahmud Sulton
Ashtarxoniy Imonqulixonga oid ma'lumotni aniqlang.
A) 1602-yil Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi. B) Xo‘jandni qozoqlardan ozod qildi. C) Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar va jung‘orlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. D) Makkaga borayotib vafot etdi.
Xiva xonligida mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni hisoblangan lavozim qanday nomlangan?
A) to‘pchiboshi B) lashkarboshi C) parvonachi D) yasovulboshi
“Firdavs ul-iqbol” asarining muallifi kim?
A) Munis B) Ogahiy C) Muhammad Solih D) Mirxond
K. P. Kaufmanning Buxoro amirligiga qarshi yurishi davrida qayerda mahalliy aholi podsho qo‘shinlariga qarshi kurash olib bordi?
A) Erjar shahrida B) Urgut shahrida C) Kattaqo‘rg‘on shahrida D) Qarshi shahrida
Mil. avv 2-mingyillikga oid bolgan Sopollitepa manzilgohi qayerda joylashgan?
A) Samarqandda B) Qashqadaryoda C) Surxondaryo D) Xorazmda
Qadimda O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida qaysi qabila yashagan?
A) Skiflar B) Massagetlar C) Saklar D) Oriylar
Qo‘qonda harbiylarga beriladigan yer qanday atalgan?
A) tanho B) iqto C) suyurg‘ol D) mamlakai xos
Vatan ravnaqi uchun kurashgan Ochilbek qaysi shahar atrofida bo‘lgan jangda halok bo‘lgan?
A) Ko‘lob B) Urgut C) O‘zgan D) Kitob
XX asrning 20-yillari o‘rtalarida bolsheviklarning qishloqdagi zo‘ravonlik siyosatining asosiy tayanchiga aylantirilgan quyidagi tashkilotni aniqlang?
A) VKP B) KPSS C) “Qo‘shchi” ittifoqi D) O‘zLKSM
O‘rta Osiyo hududida topilgan dastlabki mehnat qurollari nechanchi asrga oid?
A) mil.avv VII asr B) mil.avv V-VI asr C) mil.avv IX-VIII asr D) mil.avv X-IX asr