Ona tili 10-sinf (Yodlash shart bo’lgan ma’lumotlar)



Download 66,95 Kb.
bet3/10
Sana11.04.2022
Hajmi66,95 Kb.
#543767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yodlanishi shart 10-sinf

Yodlang!!!! OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini uyg‘otuvchi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.


  • Yodalang!!!
    1) Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi.

    2) Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi..
    3) Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi.
    4) Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘lla-nadi.
    5) Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi.
    6) Nido kitobiy.
    7) Sado juda kam qo‘llanadi.

    1. Qaysi usulubda ba’zan qisqalikka, ba’zan nutqiy ortiqchalikka yo’l qo’yiladi? Oddiy so’zlashuv uslubida

    2. Opti, kepti, bo‘sa, na’lat, ko‘ynak kabi so‘zlar qaysi nutqiy uslubda uchraydi? Oddiy so’zlashuv usulubida

    3. Og‘zaki so‘zlashuv uslubining qaysi turida adabiy me’yorlarga qat’iy amal qilinadi? Adabiy so’zlashuv usulubida

    4. Qaror qilindi, belgilansin kabi so’zlar qaysi usulubga xos? Rasmiy

    5. Kelishik shakllari, nurning sinishi kabi so’zlar qaysi usulbga xos? Ilmiy

    6. Bamisli, ruxsor, jilvalanmoq kabi so’zlar qaysi uslubga xos? Badiiy

    7. Siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot kabi so’zlar qaysi usulubga xos? Publisistik

    8. Qaysi usulublar yozma shaklga ega? Rasmiy, ilmiy, badiiy, publisitik

    9. Qaysi usulub ham og’zaki ham yozma bo’ladi? So’zlashuv usulubi

    10. Ayniqsa, ish qog’ozlari usulubi bo’lmish qaysi usulub faqat yozma shaklda bo’ladi? Rasmiy

    11. Qaysi uslublar , asosan, yozma bo’lsa-da, og’zaki shakli ham qisman mavjud? Rasmiy, ilmiy, badiiy, publisitik

    12. Masalan, ilmiy uslubning asosiy ko‘rinishlari bo‘lgan nimalar yozma yaratiladi? monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar

    13. Masalan, ilmiy usulubda nima og’zaki bo’ladi? ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi.

    14. Badiiy usulubda nima og’zaki bo’lishi mumkin? badiiy uslubga mansub sahna asarlari

    15. Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha. Mazkur parcha qaysi uslubda yaratilgan? Ilmiy uslub

    16. Yodlang!!! OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat. Odam, hayvon, umuman, jonivorlar iste’mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik.

    17. Yodlang!!!
      1) Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi.
      2) Taom faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadi va ovqat so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega.
      3) Oziq «odam va boshqa joni-vorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi.
      4) Xo‘rak, yemish juda kam qo‘llanadi.
      5) Ne’mat badiiy uslubga xos.

    18. Iljaymoq, tirjaymoq, xandon otmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq kabilar qaysi xususiyatga ko’ra ma’lum usulubga xoslangan? Salbiy va ijobiyligiga ko’ra

    19. Esda saqlang!!! Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi.

    20. Uslubiy bo’yoqning ikki xususiyatini ayting! 1) so‘zning muayyan uslubga mansubligi ; 2) unda so‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi «uslubiy bo‘yoq» nomi bilan umumlashtiriladi.

    21. So’zlarning muayyan uslubga mansublig bo’yog’i nima? «funksional bo‘yoq» (masalan, «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi bor, «inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud). Uslubiy xoslanish funksional bo’yoq sanaladi

    22. So‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi qanday bo’yoq sanaladi? “emotsional-ekspessiv” bo’yoq. (masalan, jamol so‘zida ijobiy munosabat, bashara so‘zida esa salbiy munosabat ham o‘z ifodasini topgan)

    23. Demak!!! So’zlarning ma’lum bir usulubga xoslanishi funksional bo’yoq va so’zlardagi subyektiv(shaxsiy) munosabat, ijobiy va salbiylik emotsional-ekpressiv bo’yoq sanaladi.

    24. Diqqat!!! Inson-kishi-bashar so’zlaridagi bashar so’zi badiiy usulubga xos va bu uning funksional bo’yoq tomoni

    25. Diqqat!!! Bashara-chehra-yuz so’zlaridagi bashara salbiy, chehra ijobiy sanaladi va bu so’zlarning emotsional-ekpressiv bo’yog’i sanaladi. (salbiy yoki ijobiy munosabat emotsional-ekpressiv bo’yoq sanaladi)

    26. Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman. Hiringlagani hiringlagan. Gapdagi emotsional-ekpressiv bo’yoqli so’zlarni toping. Bashara va hiringlamoq

    27. Yodlang!!!
      1) Barter—tovar ayriboshlash
      2) Birja—bozorning uyishish shakli, yirik savdo muassasi
      3) investitsiya—iqtisodiyotning muayyan tarmog’iga kapital qo’yish, kiritish
      4) Marketing—a) Iqtisodiyotning mahsulot chiqrish va sotish muammolari bilan shug’ullanuvchi sohasi
      b) mahsulot ishlanmalari tayyorlash, Tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tizimi
      5) Menejer—malakali yollanma boshqaruvchi
      6) Menejment—zamonaviy ishlab chiqarish, boshqarish, tartibga solish to’g’risidgi fan (qisqartirildi)

    28. So’zlarning funksional bo’yog’I nima? So’zlarning turli uslubiy(badiiy, poetic, she’riy, ilmiy, rasmiy) xoslanishi

    29. So’zlarning emotsional-ekspressiv bo’yog’I nima? Subyektiv munosabat ifodalash, salbiy yoki ijobiy munosabatda qo’llash

    30. Esda saqlang!!! So‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va ta’sirli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda so‘zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy bo‘yog‘ini ham yaxshi bilish zarur. So‘zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so‘zdagi salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib, uni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq holatda qo‘llab bo‘lmaydi. Qaysi uslub bo‘lishidan qat’i nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga olishi lozim.

    31. Ma’nodosh(sinonim) so’zlar qaysi jihatlariga ko’ra farqlanadi? 1) muayyan uslubga xoslanishi 2) emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi

    32. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor ma’nodoshlik qatorida qaysi so’z biron-bir uslubga xoslanmagan? Yuz

    33. Qaysi so’zlarda salbiy bo’yoq darajalangan holda aks etgan? bet, aft, bashara, turq so‘zlarida

    34. Qaysi so’zlarda so’zlashuv uslubiga xoslik mavjud? bet, aft, bashara, turq so‘zlarida

    35. Qaysi so’zlarda ijobiy bo’yoq mavjud? chehra, jamol so‘zlarida

    36. Qaysi so’zlar badiiy uslubga xoslangan? chehra, jamol so‘zlari

    37. Qaysi so’zlar eskirgan va ko’proq kitobiy uslubga xos? oraz, uzor, ruxsor so‘zlari

    38. Bu so’zlarning turli uslubga xoslanishi qanday bo’yoq sanadi? Funksional bo’yoq

    39. Bu so’zlarning ijobiy va salbiyligi qanday bo’yoq sanaladi? emotsional-ekspressiv bo‘yoq

    40. Qanday so’zlar uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi? Ma’nodosh so’zlar

    41. Tilimizdagi qanday so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan qanday so‘zlar tashkil etadi? Omonim(shakldosh so’zlar) va paronimlar bilan

    42. Ma’nodosh so’zlarni eslab qoling!!!
      1) bitmadi—tamom etmadi 2) maqtamoq—ko’kka ko’tarmoq 3) dard-alam 4) odam—inson 5) olam—dunyo 6) shoir—qalamkash 7) shabboda-sabo

    43. Diqqat!!! Sinonimlarni yodlang:
      1. Do’st—o’rtoq—og’ayni—birodar—oshna—yor;
      2. Chiroyli—go’zal—suluv—sohibjamol—barno;
      3) ko’p—ancha—bisyor—talay—mo’l—serob
      4) tushunmoq—anglamoq—fahmlamoq—ilg’amoq—idrok qilmoq

    44. Diqqat!!! Paronimlarga qarang!!!
      1. Hunarni asrabon netkumdur oxir. (oxir, axir, oxur),
      Olib tufroqqamu ketkumdur oxir (oxir, axir, oxur).
      2. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qut-mish ranj ila,
      Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj (ganch, ganj) ila.
      3. Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol et,
      Kamol kasb (kosib, kasb) etarsen, bemalol et.
      4. Har kishikim, birovga qozg‘ay choh (chog‘, choh),
      Tushgay ul choh (chog‘, choh) aro o‘zi nogoh.

    45. Omonimni Yodlang!!!
      Chek I Chegara, eng so‘nggi chegara.
      Chek II chegaralarii aniq belgilangan yer uchastkasi
      Chek III qur’a, bir ishni bajarish majburiyati sharti
      Chek IV Ma’lum summani bankdan, kassadan olish yoki boshqa yerga o‘tkazish huquqini beruvchi hujjat.
      Chek V Tortmoq. Iztirob chekmoq

    46. 10-sinfda berilgan omonimlarni lug’atdan toping va yodlang!!!
      Chang-chang, qon-qon, chiq—chiq, gul—gul, ol—ol, dam—dam, otin—otin, bo’l—bo’l, o’t—o’t, bo’sh-bo’sh, yosh-yosh, tut—tut, qoq-qoq (omonimlar mashqlar ichidan olindi, bularni topib yodlash juda ham muhim)

    47. Paronimlarni yodlang!!!
      abro’-qosh//obro’-e’tibor, nufuz, hurmat;
      ganj—boylik, xazina///ganch—qurilish materiali;
      afzal—yaxshi, a’lo, ortiq//abzal—ot-ulov asboblari majmui;
      adib—ijodkor//adip—to’n, xalat matosi

    48. Omonim va paronimlarni yodlang!!!
      1) och—ochmoq//och—to’q emas(omonim) 2) mart—oy nomi///mard—dovyurak, botir(paronim) 3) kir—toza emas//kir—kirmoq(omonim) 4) osh—oshmoq// osh—taom(omonim) 5) qor—qormoq//qor—tabiat hodisasi(omonim)

    49. Shoti so’zi adabiy tilda nima sanaladi? Narvon

    50. Patinjon so’zi adabiy tilde nima sanaladi? Pomidor

    51. Tancha adabiy tilde nima? Sandal

    52. Qanday birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi? Shevaga xos so’zlar

    53. Milliy tilga nimalar kiradi? Shevaga xos so’zlar, argolar, jargolar, vulgar so’zlar, varvarizm, eskirgan so’zlar, atamalar, kasb-hunar leksikasi, xullas, tilimizdagi barcha unsurlar. (milliy til nihoyatda keng tushuncha)

    54. Milliy tilning ishlov berilgan, tanlangan, sayqal berilgan eng oliy shakli qanday til sanaladi? Adabiy til (milliy tilga nisbatan ancha tor tushuncha)

    55. Shuning uchun bunday unsurlar(shevaga xos so’zlar) qaysi uslublarda qo’llanmaydi? ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi.

    56. Shevalar so’zlashuv uslubida qo’llanadimi? ko’proq oddiy so’zlashuv uslubida qo’llanadi

    57. Shevaga xos so’zlar qaysi uslublarda ma’lum bir me’yorda(kamroq) qo’llanadi? Badiiy va adabiy so’zlashuv uslubida

    58. Qaysi uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi? Badiiy uslubda

    59. She’valar badiiy asarda qanday maqsadda qo’llanadi? badiiy asarda qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik tasvirini chizishga yordam beradi.

    60. Yozuvchi shevaga xos so’z va adabiy tildagi muqobili o’rtasida nozik farq bo’lsa, qaysi birini tanlaydi? Shevaga xos so’zni

    61. Qaysi ijodkorning qissaslaridan biri «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nomlagan? Abdulla Qahhorning

    62. Sinchalakning adabiy tildagi muqobili nima? Chittak

    63. Sinchalak va chittakning farqi nimada? «chittak» so‘zida qushning qo‘nimsizligiga ishora bor, «sinchalak»da esa uning nozikligi (sinchaloq – jimjiloq so‘zi bilan aloqador) ta’kidi mavjud, noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr bilan tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini(sinchalakni) ma’qul ko‘rgan.

    64. Eskirgan so‘zlar qaysi ulublarda juda katta uslubiy qimmatga ega? Badiiy va publisistik

    65. Eskirgan so’zlarning necha turi mavjud? 2 ta—tarixiy va arxaik

    66. Qanday so‘zlar tarix mavzulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o‘tmishni real tasvirlash maqsadi bilan qo‘llanadi? Tarixiy so’zlar

    67. Qanday so‘zlar matnga tarixiy kolorit berish bilan birga, zamonaviy mavzular yoritilgan badiiy va publitsistik asarlarda ko’tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi? Arxaik so’zlar

    68. Arxaik so‘zlarga misol ayting! (dudoq – hozirgi muqobili lab; meng – hozirgi muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi)

    69. Tarixiy so‘zlarga misol ayting! (yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri kabi).

    70. Arxaik va tarixiy so’zning farqi nimada? Arxaik so’zlarning hozirgi kunda muobili mavjud, ular boshqa so’z bilan yuritiladi. So’z eskirsa ham, u ifodalagan tushuncha saqlanib qolgan . Ammo tarixiy so’zlarda so’z ham , u ifodalagan tushuncha ham eskirgan bo’ladi. Masalan, dudoq hozir lab deb yuritiladi, ammo yasovul so’zi ham, u ifodalagan tushuncha ham hozir mavjud emas . (yuqoridagi misollarni aynan yodlang)

    71. Shevalarga e’tibor bering!! Bodparak, barak, valish, adrasman, yorqanat, shapati, vahmak, bo‘riq,

    72. So’zlarni tarixiy va arxaikka ajrating!!!
      rayon, sipoh, oblast, qozi, muhrdor, podsho, tanob, tarxon, kepakiy , qutidor, cho’ri

    73. Yodlang!!!
      1) bitik—a) yozuv b) xat, maktub c) asar
      2) kolorit—a) rasm, ranglar uyg’unligi; biror narsaning xususiyatlari majmui
      3) zavj—er, qayliq; 4) zavja—rafiqa, xotin 5) moziy—o’tmish 6) tancha(sheva)—sandal
      7) qutidor—Qo’qon xonligida soliqlarni to’plab xon xazinasiga yuboruvchi

    74. Esda saqlang!!! Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, evrilishlar, yangilanishlar o‘zbek tili leksikasining rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Mustaqillikdan avval lug‘atlarimizga sig‘magan ma’naviyat so‘zi izohli lug‘atga qaytdi. !!! Bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer, multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh kabi son-sanoqsiz so‘zlar tilimizga kirib keldi va uning boyishi uchun xizmat qilmoqda. (yozilishini ham o’rganing)

    75. Qolip, betlik, poshna, charm, shirach; sandon, dam, ko‘ra, bosqon, bolg‘a; andava, mola, chaplama suvoq; iskana, randa, shovun, tesha. Berilgan so’zlar nimaga oid? Kasb-hunarga oid

    76. Tilimizdagi nimalar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir? Terminlar

    77. Nimalar ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi? Terminlar

    78. Terminlar , asosan, ilmiy uslubga xos sanaladi. Ular qaysi uslublarda tasviriy-uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin? badiiy va publitsistik uslublarda

    79. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan soha bilan bog‘liq shaxsning nutqiy xarakteristikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan nimalar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin? Terminlar(atamalar, istilohlar)

    80. Mamlakatimizning turli hududlarida qadimdan kulolchilik, duradgorlik, etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, tikuvchilik, naqqoshlik, temirchilik, pichoqchilik kabi bir qancha kasb-hunar tarmoqlari rivojlanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar, o‘ziga xos so‘zlar bilan nomlangan, bular qanday nomlanadi? kasb-hunar leksikasi nomi bilan umumlashtiriladi va ana shunday leksika, albatta, kasbiy-ilmiy matnlarning asosiy unsurlaridir.

    81. Kasb-hunarga oid so‘zlar va iboralar qaysi uslublarda qo‘llanishi va tegishli sohaga daxldor hududiy o‘ziga xoslikni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin? badiiy va publitsistik uslublarda

    82. Esda saqlang!!! Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vositalaridan biridir. Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Bunga misollar ayting! qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq (demak iboralar ilmiy va rasmiy uslubda kamroq, muayyan tushunchani nomlash uchungina qo’llanadi)

    83. Iboralar qaysi uslublarda keng qo’llanadi? So’zlashuv, publisistik va badiiy usulublarda

    84. Nimalar obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi? Iboralar

    85. Iboralarga diqqat qiling!!! Tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo’ltig’idan tushmoq, oyog’ini qo’liga olmoq, o’pkasini qo’ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarmoq

    86. Qaysi uslublarda iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi? Badiiy, publisistik va so’zlashuv uslublarida

    87. Antonim va sinonim iboralarni yodlang!!!
      1) O’ziga to’q—qo’li uzun sinonim iboralardir; ularning antonimi qo’li kalta sanaladi
      2) joni achimoq—ichi achimoq—sinonim
      3) Boshi qotmoq—miyasi g’ovlamoq—sinonim?
      4) Bir yoqadan bosh chiqarmoq—bir tan-u bir jon bo’lmoq—sinonim

    88. Iboralarga diqqat qiling!!! Ma’noshlarini toping!!!
      Aqldan ozmoq, bino qo‘ymoq, bir shingil, almisoqdan qolgan, miridan sirigacha, ichi qora, ko‘zini yog‘ bosgan, mazasi qochdi, payini qirqmoq, oyog‘ini tirab olmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, «san-man»ga bormoq, joni halqumiga keldi, yuragini yormoq, qo‘ldan ketmoq, «hash-pash» deguncha.

    89. Tilimizda yangi paydo bo’lgan so’zlarni yodlang va yozilishiga diqqat qiling!!!
      1) Brifing—rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari bilan o’z fikrini bildirishi
      2) Diversifikatsiya—mahsulot turini ko’paytirish, kengaytirish
      3) Modernizatsiya—Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish
      4) Parlament-Demokratik davlatlarda, asosan, saylov yo‘li bilan tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi
      5) Strategiya-Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi;

    90. Matematika, kimyo, geografiya ,ona tili kabi fanlarda ishlatiladigan terminlar qaysi uslubga oid? Ilmiy uslub

    91. Rasmiy ish qog’ozlari uslubi bu…? Rasmiy uslub

    92. Radio, televideniyekabi ommaviy axborot vositalari uslubi bu…? Publisistik usulub

    93. Qayta faollashgan so’zni ayting. Vazir

    94. Iboralar qaysi uslubda ko’proq ishlatiladi? Badiiy, shuningdek so’zlashuv va publisitik

    95. Iboralar qaysi uslublarda muayyan tushuncha uchungina (kam)qo’llanadi? Ilmiy va rasmiy

    96. Diqqat!!! Arra, tesha, mix, ketmon, posha, qolip, andava, mola kabilar kasb-hunar leksikasi sanaladi

    97. Diqqat!!! Ega, katet, gravitatsiya, aniqlovchi, ildiz, ko’paytma, sintez, yonbosh, halol kabilar atamalar(termin) sanaladi

    98. Ma’lumki, tilshunoslikka oid nazariy adabiyotlarda olmosh so‘z turkumi xususida boshqa so‘z turkumlariga nisbatan noan’anaviy lisoniy qarashlar mavjud. Bunday qarashlar, albatta, olmoshlar turkumiga xos so‘zlarning lingvistik tabiatiga bog‘liq holda shakllangan. Ichi bo‘sh so‘zlar – ma’no qobig‘i bo‘sh so‘zlarga olmoshlar va atoqli otlar kiritiladi. Olmosh va atoqli otlar pragmatik funksiyaga ega bo‘lib, matn ichida ma’lum nutq vaziyati bilan aloqador ma’no ottenkalari bilan to‘ldiriladi. Parcha qaysi uslubga oid? Ilmiy uslubga

    99. MORFOLOGIK VOSITALAR USLUBIYATI!!!

    100. Kelasi zamonning qaysi shakli usulbiy xoslangan bo’lib, unda tantanovrlik ta’kidi kuchli? -ajak

    101. –ajak shakli qaysi uslubga xos? Publisistik

    102. Morfologik vositalarda (shakl yasovchi qo’shimchalarda) qanday bo’yoq kuchli emas? Emotsional-ekpressiv (subyektiv, ya’ni ijobiy va salbiy bo’yoq)

    103. Morfologik vositalarda (shakl yasovchi qo’shimchalarda) qanday bo’yoq kuchli bo’ladi? Funksional bo’yoq(ya’ni, uslublarga xoslanish)

    104. Siz unda haqiqiy onalarni ko’r+ajak+siz. (-ajak)

    105. Safar hozirligini ko’r+gay+siz(-gay uslubiy xoslangan, publisitik uslub)

    106. O’zingizni bosing dedim, quriq+qina qilib (-qina uslubiy xoslangan, so’zlashuv uslubi)

    107. Do’ppi+dak+kina osh qildim (-dek(-dak) va kina uslubiy xoslangan, so’zlashuv usulubi)

    108. So’rang, do’ndiq+chaning oti nima? (-cha uslubiy xoslangan, kichraytirish)

    109. Bitmas baxtim bor man+im (-im, ya’ni –ning uslubiy xoslangan, badiiy uslub)

    110. Ko’z+lariga buncha tikilding (-lar uslubiy xoslangan)

    111. Dadam+larga salom ayting (-lar uslubiy xoslangan)

    112. Ochiq yuz+la ko’rishdi (-la(bilan) uslubiy xoslangan)

    113. Nechun men+din yashirding (-dan(-din) uslubiy xoslangan)

    114. Shuning+chun keldim (-chun(uchun) uslubiy xoslangan)

    115. O’t bo’lib orqangdan kez+mak+daman (-mak(-moq) uslubiy xoslangan)

    116. Unga teng kel+adirgan kim bor? (-adirgan(-adigan) uslubiy xoslangan)

    117. U sher yanglig’ hayqirdi (yanglig’ uslubiy xoslangan)

    118. Diqqat!!! Kabi, singari, yanglig’ ko’makchilari badiiy uslubga xos sanaladi, yanglig’ ko’makchisida bo’yoqdorlik kuchli)

    119. Seni olib ket+gali keldim (-gali(-gani) uslubiy xoslangan)

    120. Biz gashtini sur+ayotir+miz (-ayotir usulubiy xoslangan)

    121. Diqqat!!! -gay, -gu, -ajak, -ayotir, -ayotib, -moqda kabi zamon shakllari uslubiy xoslangan shakllar sanaldi

    122. –lar ko’plik shakli Grammatik vazifa bajarmasa, uslubiy xoslangan sanadi. Akamlar, suvlar, ko’zlarim, boshlarim, yog’lar, unlar, quyoshlar, yuraklar kabi


    123. Download 66,95 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish