VATAN, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk. Kishi tug‘ilib o‘sgan, o‘zi uning fuqarosi bo‘lgan joy, territoriya.
1) Vatan so‘zida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo‘lgan joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»i bo‘yog‘i aks etib turadi.
2) Mamlakat ko‘proq adabiy nutqqa xos bo‘lib, unda «yashash joyi» bo‘yog‘i juda kuchsiz, hatto yo‘q darajada bo‘ladi. Bu so‘z, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun umumiy (birlashtiruvchi) hududni bildiradi.
3) Yurt ko‘proq oddiy nutqqa xos va u ma’lum joy (hudud) bilan shu joyga mansub xalqni ham qo‘shib ifodalay oladi.
4) El nisbatan eskirgan, hozir ko‘proq poetik asarlarda uchraydi.
5) Diyor poetik uslubga xos. Bu so‘z, umuman, ma’lum bir joy ma’nosida (ma’lum bir xalqqa mansublik tushunchasisiz) ham qo‘llanadi.
Tilning eng yirik birligi nima? Matn
Qanday uslubda iqtibosning manbaasi ko’rsatilmaydi? Badiiy uslubda
Qanday uslubda keltirilgan iqtibos(bayt, jumla, aforizm kabilar) manbasi ko’rsatilishi shart? Ilmiy uslubda
«Davlat tili haqida»gi qonunimizning qaysi moddalarida ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan? 8-14-moddalarda
Yodda saqlang!!! Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi...
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikma laridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda, 8–10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga, qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin: ...lavozimga tayinlansin; ...lavozimidan ozod qilinsin...
Esda Saqlang!!! Ish yuritish jarayonida eng ko‘p ishlatiladigan ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi ish qog‘ozlari ma’lumot-axborot hujjatlari sifatida umumlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |