KASAL, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq. Organizmning normal faoliyati buzilgan, sog‘ning aksi.
1) Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga, hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi. Bu so‘z «organizm faoliyatining vaqtincha buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sog‘ning aksi» ma’nosida ham qo‘llanaveradi.
2) Betob, notob, bemor, xasta odamga nisbatangina qo‘llanadi.
3) Betob, notob so‘zlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» ma’nosini bildiradi.
4) Notob kam qo‘llanadi.
5) Bemor so‘zida ijobiy munosabat ifodalanadi. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvga nisbatan yozuvda ko‘p qo‘llanadi.
6) Xasta nisbatan eskirgan.
7) Nosog‘ juda kam qo‘llanadi.
8) Og‘riq so‘zi ham bu ma’noda kam qo‘llanadi.
Esda Saqlang!!! Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan gapi, ayniqsa, badiiy asarda qahramon qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning muallif gapi bilan xilma-xil munosabatlarida aniq va ifodali tasvir yuzga keladi. Ko’chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga xos qo‘shma gpa turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un ravishda bu qo‘shma gap sodda gapga aylantirilishi ham mumkin. Ya’ni, ko’chirma gap sodda o’zlashtirma gapga aylantirish mumkin.
Esda saqlang!!! O‘zlashtirma gap deb yuritiladigan bu sodda gap ko‘chirma gapli qo‘shma gap bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Qiyoslang: Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘ldim, – dedi mamnunlik bilan do‘stim. – Do‘stim O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lganligini mamnunlik bilan aytdi.
Esda saqlang!!! Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabilalar yashagan hududlarni birma-bir kezib, ularning tilidagi farqli xususiyatlarni aniqladi, turkiy tillarni guruhlarga tasniflash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi bu haqda shunday yozadi: «Puxta qo‘llanma bo‘lsin deb, har bir qabilaning o‘ziga xos xususiyatlariga qiyosiy qoidalar tuzdim... Bu masalaga qiziqqan mutaxassislarga asarni qo‘llanma qildim» (Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit-turk)
Matn va Iqtibos mavzusi!!!
Yodlang!!! Gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga kelgan tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi bo‘lgan yirik birlik matn deyiladi. Matn tilning eng yirik birligidir.
Esda saqlang!!! Har qanday matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga ko‘ra so‘zlashuv matni, ilmiy matn, rasmiy matn, badiiy matn va publitsistik matn farqlanadi. Odatda matndagi yaxlit mavzu-mazmun, asosiy g’oya, mullaifning maqsadiga muvofiq uning nomi—sarlavhasi bo’ladi. Muayyan bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa matnlardan olingan katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bunday parchalar ifodalanyotgan fikrni dalillash, isbotlash, boshqa fikrni ma’qullash yoki rad qilish, tahlil va tanqid qilish, unga munosabat bildirish kabi turli maqsadlar bilan matnga kiritiladi.
Diqqat!!! Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha iqtibos deb yuritiladi. Iqtiboslar har qanday nutq uslublarida ham kuzatilsada, ayniqsa, ilmiy matnda alohida o‘ringa ega. Ilmiy matndagi iqtiboslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga aylangan.
O’rganib chiqng!!! Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab yashiriladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini harakatga keltirish nazarda tutiladi. Badiiy matnga iqtiboslarning kiritilishi badiiy tasvir usulidir. Masalan, yozuvchi Murod Muhammad Do‘stning «Lolazor» romanidan olingan quyidagi parchada asar bosh qahramoni Yaxshiboyev nutqida Alisher Navoiyning mashhur «Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot» bayti keltirilgan va uning manbasi, kimga tegishliligi aytilmagan, shu tariqa ijodkor maqsadiga – qahramon xarakterining bir qirrasini ochib berishga batamom xizmat qiladigan poetik ifoda yuzaga kelgan: Xullas, xotin, bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot, ajab saodat erur, qolsa yaxshilik bila ot. Lekin o‘shal otni qachon qoldiramiz, qoldirib ulguramizmi?
Esda saqlang!!! Ilmiy matnda esa iqtiboslarning qayerdan olinganligi, kimga tegishliligi, manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Aks holda, bu holat qonunan plagiat, ya’ni o‘g‘irlik hisoblanadi. Ayni paytda ilmiy odob qoidalariga ham mutlaqo ziddir.
«Abdulla Qodiriy, – deydi u, – o‘ziga yaqin bo‘lgan qardosh xalqlar adabiyotlari, xususan, ozarbayjon, tatar, rus adabiyotlari tajribalaridan foydalanib, birinchi o‘zbek romani – yevropa adabiyoti mezonlari bilan o‘lchanadigan roman yaratdi” Fikr muallifi kim? Maqsud Shayxzoda
«Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari» monografiyasi muallifi kim? E. Begmatov
«Istiqlol qayg‘usi» nomli tadqiqot muallifi kim? Umarali Normatov
«Badiiy matn lingvopoetikasi» mono-grafiyasi muallifi kim? M. Yo’ldoshev
Sinonimlarni yodlang!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |