Ona tili 10-sinf (Yodlash shart bo’lgan ma’lumotlar)
Tildagi grammatikaning mantiqiy teran, tarang va takomil-u sayqal topganini qaysi g’arb olimi “xuddi bir guruh mutaxassislar birgalikda ishlab chiqanday” deya ta’riflagan? Maks Myuller
Tilning qaysi bo’limida tovushlarning tavsifi, ularning xususiyatlari, muayyan holatlardagi o‘zgarishi, talaffuzi va imlosi, shuningdek, urg‘uni o’rganadi? Fonetika
Tilshunoslikning qaysi bo’limi so‘zlarning ma’nolari, ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik, iboralarni o’rganadi? Leksikologiya
Tilshunoslikning qaysi bo’limi so‘z shakllarining tarkibiy tuzilishi, bu shakllarning o‘ziga xosliklari, so‘z turkumlarini o’rganadi? Morfologiya
Tilshunoslikning qaysi bo’limi so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari, gaplarning xususiyatlarini o‘rganadi? Sintaksis
Tilimizning sofligi haqida qayg‘urish shu millatga mansublikdan, shu muqaddas timsolga daxldorlikdan iftixor qiladigan har bir kishining burchi. Nafaqat mutaxassis, balki kasb-u koridan qat’i nazar, yurtning har bir fidoyi farzandi tilga e’tiborni yoddan chiqarmasligi zarur. Ona tili bu – millatning ruhidir. Mazkur fikr muallifi kim? Nizomiddin Mahmudov
Yer yuzida necha kishi o’zbek tilida muloqot qiladi? 35 million
Mazkur 35 million kishining nechtasi O’zbekistonda istiqmoat qiladi? 25 million kishi
borovuza, ketvomman deb so’zlash qayerning shevasiga xos? Toshkent
Qayerdagi shevada shatta, qatta, kabi so’zlar qo’llanadi? Farg’ona
juring, chig‘ing, ata deb so’zlash qaysi she’vaga xos? Qipchoq
galing, gerak, aytajakman deb so’zlash qayerning shevasiga xos? Xorazm
ketopman, aytopman deb so’zlash qayerning shevasiga xos? Buxoro
Narvon ayrim she’valarda qanday yuritiladi? Shoti yoki zangi
Esda Saqlang!!! Shu tilda so‘zlashuvchi turli kasb egalari, turli ijtimoiy guruh vakillari nutqida ham ana shunday farqli holatlar kuzatiladi. Ayrim so‘z va so‘z shakl lari eskirib, nutqdan umuman chiqib ketishi ham mumkin. Shuningdek, so‘zlashuv nutqida ham ba’zi hududiy o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi. Ammo bunday va bu kabi unsurlar yaxlit o‘zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo‘ladi. O‘zbek milliy tili esa hududiy, iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy mushtaraklik omili, azaliy milliy o‘zlik va qadriyatlarning posboni sifatida o‘zbek millati shakllanishining asosini tashkil etadi. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘zining tabiiy ifodasini topgan.
O‘zbek milliy tili hududiy, iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy mushtaraklik omili, azaliy milliy o‘zlik va qadriyatlarning posboni sifatida…? O’zbek millatining shakllanishi asosini tashkil etadi
O‘zbek milliy tili, ayniqsa, nimada o‘zining tabiiy ifodasini topgan? Xalq og’zaki ijodida
Qanday til rivojlanib, takomillashib, boyib boradi? Milliy til
Milliy tilning eng rivojlangan, takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli qanday nomlanadi? Adabiy til
Qanday til millatni yanada birlashtiradigan, jipslashtiradigan, muhimi, uning ma’naviy-ma’rifiy kamoloti hamda nufuzining barqarorligiga xizmat qiladi-gan qudratli vosita vazifasini bajaradi? Adabiy til
O‘zbek adabiy tilining asoslari , tamal toshi kim tomonidan qo’yilgan? Alisher Navoiy
O’zbekiston hududidagi hamma baravar qo’llaydigan til bu…? Milliy til
Qanday til muayyan bir millat vakillari uchun tarixan umumiy bo‘lgan, milliy madaniyatning ko‘zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita bo‘lib, u adabiy til bilan bir qatorda, xalq shevalari, oddiy so‘zlashuv unsurlari, jargonlarni ham o‘z ichiga oladi? Milliy til
Milliy tilning ishlov berilgan, boy leksik zaxirasi va grammatik tuzilishi me’yorlashtirilgan hamda uslublar tizimi rivojlangan oliy shakli qanday til sanaladi? adabiy til hisoblanadi.
Qanday tilning asosiy belgilaridan sanalmish adabiy me’yorlar namunaviy bo‘lganligi uchun ularga amal qilish ayni tildan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiydir? Adabiy til
Nima adabiy tilning boyib borishida o‘ziga xos tuganmas manbaa vazifasini o‘tasa-da, ular adabiy til me’yorlaridan tashqaridadir? Xalq shevalari
Qaysi tarixiy voqea o‘zbek adabiy tilining jadal, erkin taraqqiyoti uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlarni yaratdi? O’zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berilishi
Adabiy til ifodalanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? Og’zaki va yozma
Adabiy til shakli va rivojlanishida qaysi shakl muhimroq sanaladi? Yozma
Og‘ jibakting tolosi, Bolog‘onimding bolosi. Jumalani adabiy tilde ifodalang! J: Oq ipakning tolasi, Bolaginamning bolasi
Yamon so’z kelib jong’a urg’ay
Ki jondin o’tib imong’a urg’ay.
Ma’dani inson guhari so’durur
Gulshani odam samari so’zdurur. Bayt muallifi kim? Alisher Navoiy “Xamsa”
Yodlang!!! 1. Ma’dan—a) mineral ; b) metall c) ruda
Yodlang!!! 2. Imon—xudoga bo’lan ishonch va tilde iqroq qilish
Yodlang!!! 3. Guhar—gavhar, qimmatbaho marvarid
Yodlang!!! 4. Gulshan—gulzor, chamanzor, gulbog’
Yodlang!!! 5. Samar—samara, natija, hosila, foyda
“So’z latofati” asarining muallifi kim? Erkin Vohidov
Til millatning bosh belgisi sanaladi. Til bor – millat bor. Til yo‘q – millat yo‘q. Mazkur aforizmlar muallifi kim? Erkin Vohidov
Qaror qilindi:
1) “Ijtimoiy-siyosiy atamalar lug’ati nashrga tavsiya etilsin”
2) Mas’ul muharrir etib E. Begmatov tasdiqlansin. Mazkur parcha qaysi nutq uslubiga oid? Rasmiy uslub
Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydala-nishga bog‘liq. So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi... Usbu parcha qaysi uslubga xos? Ilmiy uslub
Nima to’g’ri gapirish va yozishni o’rgatadi? Grammatika
Muayyan nutqiy vaziyatda qo’llanadigan til shakli nima deyiladi? Nutq uslubi
Nutq uslublarini o’ranuvchi tilshunoslik bo’limi bu…? Uslubiyat, uslubshunoslik
– Onamning onasini, ya’ni buvimni Momojon matalchi, – derdilar. Men qo‘llariga tanqa (qumg‘on)da suv quyardim. Sharillatib quyar ekanman-da, nuqul dakki eshitardim: – Namuncha sharillatib quyasan? Suvni isrof qilasan, oz-ozdan quy-da! Parcha qaysi uslub namunasi sanaladi? So’zlashuv uslubi
1. Xalqimizning birligi, jipsligi, tinch-totuvligi bizning bebaho boyligimizdir. 2. Ogohlik – davr talabi! 3. Tinchlik – eng bebaho ne’mat. Tinchlik bo‘lsa, halovat bo‘ladi, halovatli elning har bir kuni esa fayzli, tarovatli o‘tadi. 4. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. Mazkur gaplar qaysi uslub namunasi sanaladi? Publisistik usulub
“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” qaysi tilshunos olim tomonidan tuzilgan? A. Hojiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |