Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin


YOZUVCHIDAN BOLALARGA MAKTUB



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

YOZUVCHIDAN BOLALARGA MAKTUB
Aziz jigargo‘shalar!
Yo‘q, aziz jigargo‘shalarim!
Men hammangizni o‘z farzandlarimday sevaman. 
Har qanday sevgi­muhabbatda bo‘lganidek, meni­
kida ham ozroq xudbinlik bor. Biz, kattalar, sizlar­
da o‘z hayotimizni, o‘z izdoshlarimizni ko‘ramiz, 
shundoq bo‘lishiga qattiq ishonamiz. Men o‘z far­
zandlarimnigina, faqat turk bolalarinigina emas, 
dunyodagi hamma bolalarni – amerika, rus, nemis, 
armani, xitoy, lo‘li bolalarini ham jondan sevaman.
Men sizlarga bir narsani oshkor qilmoqchiman. 
Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Ushbu kitobda­
gi xatlarni Zaynab bilan Ahmad emas, balki men 
yozganman. Zaynab bilan Ahmadni men o‘ylab 
topdim. Ikki o‘quvchi bola bir­biriga buncha­
lik ko‘p, bunchalik batafsil va bexato xat yozishi 
mumkin emasligini o‘zingiz ham yaxshi bilib turib­
siz. Bordi­yu, oralaringizda bir­biriga xat yozishib 
yurgan bolalar bo‘lsa va bu xatlarni yaxlit kitob 
holiga keltirsangiz, baribir jumla tuzishda, imloda 
yang lishishlar bo‘ladi. Ammo shunisiga aminman­
ki, sizlarniki menikidan durustroq chiqadi. Nega 
deganda, sizlar o‘z tilingiz va dilingiz bilan sami­
miy so‘zlagan bo‘lardingiz. Kattalar bilan bolalar 
o‘rtasidagi eng yirik farq ham shunda. Sizlar ham 
ulg‘aygan sari bizga o‘xshab boraverasiz, samimiy­
likdan uzoqlashasiz.
Bu asarimda men qo‘limdan kelmaydigan bir 
ishga unnab ko‘rdim – o‘zimni sizlarning o‘rningiz­
ga qo‘ymoqchi bo‘ldim. Aslida buning hech imkoni 
yo‘q. Zotan, kattalar o‘zlarining bolalik davrlaridan 
bir­ ikki ming yilga uzoqlashib ketgan bo‘lishadi. 


180
Aziz Nesin
Shuning uchun ham biz, kattalar, o‘z bolaligimizni 
mutlaqo unutib yuboramiz. Ota­onangiz ham, 
o‘qituvchingiz ham bir paytlar bola bo‘lishganini 
esdan chiqarishadi...
Zaynab bilan Ahmad nomidan yozilgan mana 
shu maktublar chindan ham konkursga qatnash­
di. Ammo unga mukofot tekkani yo‘q. Buni ado­
latsizlik deb ham bo‘lmaydi. Bu roman konkurs­
da mukofot ololmasdi ham. Chunki kitobni o‘qib 
chiqqan jyuri a’zolari ham bolalik yillarini allaqa­
chon esdan chiqarib yuborishgan. Zaynab bilan 
Ahmad shunday bo‘lishini bilishgan edi.
Hamma yozuvchilarga o‘xshab men ham sizga 
biroz nasihat qilmoqchi bo‘ldim. Lekin mening nasi­
hatlarim boshqa odamlarnikiga sira o‘xshamay qoldi. 
Bo‘lak ilojini topolmadim. Ammo bu kishi hamisha 
shunaqa ekan, deb o‘ylamang. Shaxsiy hayotimda 
men ham o‘g‘il­qizlarimga o‘sha kattalarga o‘xshab 
muomala qilaman. Men ham go‘yo yaqindagina 
emas, bundan ming yil oldin bola bo‘lganday ish tu­
taman. Biz, kattalar, buning xato ekanini bilamiz­u, 
lekin boshqa ilojimiz yo‘q. Nochormiz.
Men ushbu kitobimda yana bir narsaga unnab 
ko‘rdim – o‘zimni katta, sizlarni esa yosh bola, deb bil­
madim. Sizlar bilan tenglashib ololmaganim uchun 
sizlarni o‘zim qatori deb bildim. Ha, sizlarni kattalar 
qatoriga qo‘shib qo‘ydim. Ayni bir payt da hali bola 
ekanligingizni esdan chiqarmaslikka harakat qildim. 
Shuning uchun ham men kitobdan ko‘zlagan maq­
sadlarimni sizlarga ro‘yirost gapiryapman...
Qadrli jigargo‘shalarim! Hammangizga chin qal­
bimdan muvaffaqiyatlar tilayman.
Anqara, aprel, 1967-yil



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish