Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

MARRA SENIKI
Aziz do‘stim Ahmad!
Hozirgina xatingni oldim. Darhol javob yozishga 
o‘tirdim. Aytganingdek hamma xatlaringni senga 
banderol qilib jo‘nataman.
Sen konkursga qatnashaylik, deb yozibsan. Ro­
ziman. Ko‘nglingga kelmasin­u, lekin bundan bir ish 
chiqishiga ko‘zim yetmay turibdi. Sababini aytay­
mi? Gap shundaki, biz o‘z maktublari mizda katta 
odamlarni, ota­onalarimiz va o‘qituvchilarimizni bir 
g‘alvirdan o‘tkazib ko‘rdik. Endi buyog‘ini so‘rasang, 
konkursga kelgan romanlarni o‘qib, hukm chiqa­
radigan ham shularning o‘zi. O‘zlari haqida yozilgan 
romanga bular ijobiy baho berishiga aslo ishonmay­
man. «Rosa beadab bolalar ekan», deb bizga o‘cha­
kishib qolishlari ham mumkin. Qolaversa, romanni 
konkursga yuborayotganingda ism va manzillari­
mizni yozsang, yana baloga qolamiz. Shuning uchun 
ismlarimizni o‘zgartirib, xatlarning ostiga bittadan 
taxallus qo‘ygan ma’qul. Meniki Zaynab bo‘lsin. Sen 
ham birorta ism topib qo‘y.
Men bu bilan konkursga qatnashmaylik, demoq­
chi emasman. Bir­birimizga yozgan xatlarimizni 
to‘plasak, bitta roman bo‘lishiga imonim komil. 
Mayli, bularni konkursga jo‘nat. G‘olib chiqmasak, 
o‘zimizga tan. Biz hech narsa yo‘qotmaymiz.


178
Aziz Nesin
Bundan ikki­uch kun oldin ba’zi xatlaringni 
yana bir o‘qib ko‘rgandim. Bilishimcha, kattalarni 
kuzatish bobida biz xiyla chegaradan chiqib ketib­
miz. Xatlaringda nimalarni yozmagan ekansan... 
Ehtimol, meniki ham shundaydir. Shu xatlarimiz 
yaxlit bir holga kelsa, qalampirday achchiq haqiqat 
oshkor bo‘ladi. Ochig‘i, ko‘rgan va eshitgan narsa­
larimizni ba’zan oshirib ham yuborgan ekanmiz...
Konkursning jyuri a’zolari katta yoshdagi odam­
lardan emas, balki bolalardan iborat bo‘lganida 
biz biror mukofotga ilinib qolardik, deb o‘ylayman. 
Ammo shunday bo‘lsa ham, bizning bir yutuq to­
monimiz bor. Men bolalar uchun yozilgan ba’zi ro­
manlarni beixtiyor eslab qoldim. Hammasida o‘sha 
siyqa gaplar: qishloqda tug‘ilgan qashshoq bola qiy­
nalib o‘qiydi, sayohatga chiqqan bolalar ajabtovur 
savdolarga qoladi yoki kambag‘al oilaning farzandi 
bemor yotgan onasiga qarashish uchun ishga kirib 
ketadi. Xullas, pand­u nasihat bilan tugaydigan 
kitoblar. Bizniki esa bularga sira o‘xshamaydi.
Mabodo konkursda yutib chiqmasak ham, senga 
buning hech ahamiyati yo‘q. Baribir birinchi o‘rin­
ni olgan bo‘lasan: zotan, sen ham ota bo‘lganing­
da hammaga o‘xshab farzandlaringga shu gapni 
aytasan (iltimos qilaman, loaqal shu oxirgi xatimni 
konkursga yubora ko‘rma).
Senga tasalli berib o‘tirmayman. Roman uchun 
mukofot olmasak, ko‘pam qayg‘urib yurma. Katta 
bo‘lsam yozuvchi bo‘laman, deb yurarding. Xatlar­
ni o‘shanda bir kitob qilib chiqararsan.
Senga chin yurakdan omad tilayman. Mendan 
hamma o‘rtoqlarga salom.
Zaynab Yolqir,  
Anqara, 27-aprel, 1964-yil


179
«Ona tarbiyasi»

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish