Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

SAKKIZ QIZNING OTASI
Ahmad!
7­dekabrda yozgan xatingni oldim. O‘qituvchin­
giz juda alamli voqeani gapirib bergan ekan. Direk­
tordan kaltak yeb, yerda cho‘zilib yotgan nogiron 
bola hamon ko‘z o‘ngimda turibdi. Biram yuragim 
ezilib ketdiki...
Sinfimizda  Hikmat  degan  bir  qiz  bor.  Shu  du­
gonam yaqinda menga bir gap aytgan edi, senga 
yozaymi, yo‘qmi, deb rosa ikkilandim. Oxiri uning 
aytganlarini xatga solishga qaror qildim. Sababi 
shuki, Hikmat bu gapni sinfda hech kim bilmasin 
degan edi. Men ham hozirgacha birovga aytganim 
yo‘q, sir saqlab yuribman. Sen Hikmatni tanimay­
san, binobarin, uning sirini senga aytgan bilan 
so‘zimdan qaytgan bo‘lmayman. Shundaymi?
Men bu bilan dugonamning g‘iybatini qilmoq­
chi emasman. Masala ancha jiddiyroq, meni juda 
o‘ylantirib qo‘ydi. Bu haqda sening fikringni ham 
bilmoqchiman.
Maktabga yangi kelgan kunlarim Hikmatga un­
cha e’tibor bermagan ekanman. Beozorgina yu­
radigan, kamgap qiz edi. Oldiniga men uni o‘g‘il 
bola deb yurgan edim. Ko‘rgan odam uni chindan 
ham o‘g‘il bola deydi. O‘g‘il bolalarga o‘xshab kiyi­


60
Aziz Nesin
nib yuradi, sochlari ham kalta qilib qirqilgan. Juda 
nimjon. Tanaffus paytida qizlarga ham, o‘g‘il bo­
lalarga ham qo‘shilmaydi, ancha odamovi. Kimli­
gini otiga qarab ham bilib bo‘lmaydi. Hikmat degan 
ism o‘g‘il bolalardayam, qizlardayam bor.
Bir  kuni  fizkultura  darsi  bo‘layotgan  edi. 
O‘qituv chi bolalarni ikki to‘pga bo‘ldi – qizlar bir 
tomonda, o‘g‘il bolalar boshqa tomonda. Hikmat 
qizlar to‘dasiga borib turdi. Oldiniga tushunolmay 
hayron bo‘ldim. Shundagina uning qiz bola ekani­
ni bildim. Juda qiziqib qoldim.
Bir kuni Hikmat maktabga ruhi qattiq ezilgan 
holda keldi. Sababini so‘rasam, aytmadi. Juda 
 qistaganimdan keyin oxiri:
– Rostini aytsam, men ham bor gapni aytib, bir 
oz yengil tortgim keladi, – dedi. – Ammo hamma­
ning og‘ziga tushishdan qo‘rqaman.
Men hech kimga aytmaslikka so‘z berdim. Shun­
dan keyingina u butun dardini to‘kib soldi. Oilada 
ular sakkiz farzand ekan. Hammasi qiz bola emish.
Hikmatni ba’zan maktabga o‘zidan kattaroq bir 
bola olib kelguvchi edi. Men akasi bo‘lsa kerak, 
deb o‘ylab yurardim.
– Bo‘lmasa u bola senga kim bo‘ladi? – deb 
so‘radim.
– Opamku u. Kiyimini ko‘rib hamma uni o‘g‘il 
bola deydi.
Hamma opalari shunaqa kiyinib yurisharkan.
Sababini so‘radim.
– Dadamning ra’yi shu.
– Xo‘sh, nima qipti? Shunga ham xafa bo‘la­
sanmi?
Gapiga qaraganda, otasi o‘g‘il ko‘rishni orzu qilar­
kan. To‘ng‘ichiga qiz tug‘ilganda rosa ko‘ngli o‘ksib 


61
«Ona tarbiyasi»
yuribdi. Ha, mayli, keyingisi o‘g‘il bo‘lar, deb o‘zini 
ovutibdi. Hatto irim qilib, chaqaloq tug‘ilmasdanoq 
ismini o‘ylab qo‘yibdi. Tanlagan ismi o‘g‘il bolaniki 
ekan. Go‘yo bola ismga qarab tug‘i ladigandek...  Uning 
yana omadi kelmaptimi yoki aksiga olibmi, xullas, 
ikkinchisiga ham qiz ko‘ribdi. Ota necha haftagacha 
kar­soqov bo‘lib yuribdi. Tanish­bilishlari uni yupa­
tib, «hali yoshsan, yana ko‘p farzand ko‘rasan», dey­
digan bo‘lsa, «bular ham qiz bo‘lsa nima qilaman», 
deb ich­ichidan kuyinarmish. Yana farzand ko‘radi­
gan bo‘lishibdi. Uchalasi ham ketma­ket qiz bo‘lmas 
axir. Ota shu umid bilan yana o‘g‘il bolaning ismini 
mo‘ljallab qo‘yibdi. O‘ziga ishonib yuborganidan xo­
tinini tug‘ruqxonaga jo‘natishi bilan oshna­og‘ayni­
larini uyga chaqirib, ziyofat qilib beribdi. Ziyofat ayni 
qizib turganida tug‘ruqxonaga telefon qilgan ekan, 
yana qiz ko‘rganini aytishibdi. Buni eshitib hushi 
boshidan uchibdi. Lekin nomusi zo‘rlik qilib, meh­
monlarga buni bildirmabdi. Hammaga o‘g‘il ko‘rdim, 
deb e’lon qilibdi. Xotini bilan qizlariga po‘pisa qilib, 
birovga gullab qo‘ymasliklarini qattiq tayinlabdi.
O‘g‘iltalab ota o‘ylab­o‘ylab oxiri xotinidan ajra­
lishga qaror qilibdi. U o‘g‘il tug‘maydigan xilidan 
ekan,  degan  fikrda  xotinini  qo‘yib,  boshqasiga 
uylanibdi. Taqdirning taqozosini qaraki, yangi ke­
linchak bir yo‘la egizak qiz tug‘ib beribdi... Oldin­
gi xotini boshqa kishiga turmushga chiqib ketgan 
ekan, arslonday o‘g‘il ko‘ribdi. «Ahmoq ekanman, 
xotinimning endi o‘g‘il tug‘adigan payti kelganda 
qo‘yib yuborib, chakki ish qilgan ekanman», deb 
boyoqishning ichidan rosa qirindi o‘tibdi.
O‘g‘il dog‘ida kuyib yurgan ota beshta qiz ko‘rga­
niga nomus qilibdi. Endi nima degan odam bo‘ldim, 
oshna­og‘aynimning yuziga qanday qarayman, de­


62

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish