Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

O‘MROV SUYAGI
Zaynab, do‘stim!
Sendan har ikki­uch kunda bir marta xat olishga 
o‘rganib qolganman. Kuniga pochtachi kutaman. 
Maktabdan kela solib, menga xat­xabar bormi, deb 
oyimdan ham so‘rayman. Agar sendan xat kelma­
gan bo‘lsa. o‘zimni qo‘yarga joy topolmay yuraman. 
Odatda, senga xat yozib yuborganim ning to‘rtin­
chi yoki beshinchi kuniga borib javob olguvchi 
edim. Ammo mana to‘qqiz kun ham bo‘ldiki, sen­
dan hamon darak yo‘q. Yuragimga g‘ulg‘ula tushdi. 
Javobini ham kutmay darrov xat yozgani o‘tirdim.
Senga oldingi xatni yozib yuborganimning erta­
si kuni sinfimizda qiziq bir hangoma bo‘ldi. Mana, 
eshit.
Anatomiya darsida o‘tirgan edik, direktor bir 
odamni boshlab sinfga kirib keldi. Bilsak, ins­
pektor ekan. Inspektor o‘qituvchimiz bilan allani­
malarni gaplashib olgach, O‘g‘iz degan bolani o‘rni­
dan turg‘azdi. O‘g‘izni sen tanimaysan. Sendan ke­
yin kelgan. Ilgari Tashrada turisharkan, shu yili 
Istanbulga ko‘chib kelishibdi. Maktabga birinchi 
kelgan kuniyoq bu bolaga qoyil qoldik. Nimasiga 
qoyil qoldik, bilasanmi? O‘lgudek chaqqon bola 
ekan. Xuddi maymunning o‘zi­ya... Bechoraning 
zaif tomoni ham bor ekan. Nuqul duduqlanib ga­


71
«Ona tarbiyasi»
pirarkan. Oldiniga bolalar dudug‘ini yuziga solib, 
kalaka qilib yurishdi. O‘g‘iz zarracha parvo qilma­
di. Bunaqa gaplarni eshitaverib, ko‘nikib ketganga 
o‘xshaydi. Bolalar qarashsaki, uning jig‘iga tegib 
bo‘lmaydi, foydasi yo‘q. Shuning uchun masxara 
qilmay qo‘yishdi. Keyin bilsak, O‘g‘iz o‘ziga ishonchi 
ba land ekan, shu vajdan mayda­chuyda gaplarga 
e’tibor bermas ekan.
Qaysi kuni tanaffusda hovlida o‘ynab yurgan 
edik. O‘g‘iz dabdurustdan: «Daraxtga kim oldin 
chiqishdan o‘ynaymiz, zo‘ri bormi?» deb chira­
nib qoldi. Shu gapniyam ming marta tutilib aytdi. 
Hamma meni ko‘rsatdi. Duduq bola bilan muso­
baqa qilishni o‘zimga ep ko‘rmay, rozi bo‘lmadim. 
Keyin ma’lum bo‘lishicha, juda to‘g‘ri ish qilgan 
ekanman.
– Sen duduqlanib bir marta daraxtga chiqqun­
cha men o‘n marta qaytib tushaman, – dedi Chin­
giz o‘rtaga chiqib. Shu bema’ni hazilgayam kulgan­
lar bo‘ldi.
Hovlidagi kashtan daraxti esingda bo‘lsa ke­
rak. Shuning tagiga mix bilan uzun chiziq tortdik. 
O‘g‘iz bilan Chingiz ikkovi yugurib borib kashtanga 
yopishdi. Chingiz oyog‘ini ko‘taraman deb lapang­
lab turgan edi. O‘g‘iz bir zumda ko‘rinmay qoldi. Bir 
payt daraxtning tepasi shitirladi. Bundoq qarasak, 
O‘g‘iz allaqachon kashtanning eng baland shoxiga 
chiqib olibdi. Duduqlanib allanimalar deyapti. Ol­
din tushunmadik. Keyin bilsak, u:
– Ha, Chingiz, kashtan yoqib qoldimi deyman, 
quchoqlab qo‘yib yuborging kelmayapti! – deb may­
na qilayotgan ekan.
Chingiz bir amallab yuqoriga chiqib oldi. Chi­
qishga chiqdi­yu, lekin yarmiga borganida yana 


72
Aziz Nesin
yuqoriga ko‘tarilishga yuragi betlamadi. Buni 
ko‘rib, O‘g‘iz tepa shoxdan pastga abjirlik bilan 
sirg‘alib tushdi. Chingizning oldida bir zum to‘xta­
lib, osongina yana yerga tushdi.
– Qani, yana zo‘ri bormi? Kim garov o‘ynaydi 
men bilan? – dedi u bizga bir­bir qarab. Hech kim 
indamadi. Shu­shu oramizda O‘g‘izning obro‘si 
 oshib  ketdi.
Mine O‘g‘izning shundoqqina orqasida o‘tiradi. 
Bunday chaqqon va epchil bola bilan oldinma­ke­
yin o‘tirganidan Minening og‘zi qulog‘ida.
O‘g‘iz ikki kun o‘qishga kelmadi. Og‘rib qolibdi. 
Darsga kelmagan kunining ertasiga Mine:
– O‘g‘iz nimaga duduqlanib gapiradi, bilasiz­
larmi? – deb qoldi.
Biz qiziqib buning sababini so‘radik.
– Menga o‘zi gapirib berdi, – dedi Mine bu sir­
ni faqat o‘zi bilganidan kerilib. – Bolaligida otasi 
uni ko‘p kaltaklarkan. Qo‘rqqanidan duduq bo‘lib 
qolibdi. O‘zi shundoq dedi. Endi daraxtga chiqish­
ga nega usta bo‘lib qolganining sirini ham aytib be­
raymi?
– Qani, qani, eshitaylik.
– Otasining jahli qo‘zib qolganida u shartta qo­
chib ketarkan. Keyin otasi tayoq bilan uni quv­
larkan. O‘g‘iz qo‘lga tushmaslik uchun daraxtga 
chiqib olarkan. Katta odamni ko‘tarmaydigan in­
gichka shoxlar uni kaltakdan saqlab qolarkan. Shu 
tariqa u daraxtga chiqishni o‘rganib olgan ekan.
Mana, hozir inspektorning oldida tik turgan 
O‘g‘iz shu. Devorda uchta diagramma osib qo‘yil­
gan. Odamning skeleti, bosh suyagi va oshqozon 
a’zolari tasvirlangan.


73
«Ona tarbiyasi»
– Buning nomi nima? – deb so‘radi inspektor 
skeletning bir joyini ko‘rsatib.
O‘g‘iz javob bermadi.
– Bu suyak nima deb ataladi?
O‘g‘iz yana churq etmay turaverdi.
– O‘mrov suyagi, – shivirladi uning orqasida 
o‘tirgan Mine.
– O‘m... o‘m... o‘mrov suyagi!
– Hm... Unday bo‘lsa bunisi nima? Inspektorning 
bu gapini eshitib, O‘g‘iz taraddudga tushdi. Yang­
lishgan ekanman, o‘mrov suyagini endi so‘rayapti, 
deb o‘yladi shekilli, yana:
– O‘mrov suyagi, – deb javob berdi. Inspektor bu 
gal tizza kosasiga ishora qildi:
– Xo‘sh, bunga nima deyiladi? O‘g‘iz bechora bu­
tunlay gangib qoldi.
– O‘m... o‘m... o‘mrov suyagi!
– Ha, bu­chi? – darg‘azab bo‘lib so‘radi inspek­
tor. Endi u narigi diagrammadagi bo‘yin tomirlari­
ni so‘ragan edi.
– O‘mrov suyagi, afandim!
O‘g‘iz chalkashib ketdi. Oldingi aytganim xato 
bo‘lsa kerak, o‘mrov suyagini endi so‘rayapti, de­
gan xayolda hamma so‘raganlariga bir xil javob 
beraverdi. Gapirishi ham nihoyatda qiyin, shuning 
uchun qora terga tushib ketdi. Endi inspektorning 
o‘zi ham duduqlana boshladi.
– Ju... ju.. juda soz. Buning nomi nima?
– O‘m... o‘mrov suyagi. Inspektorning qoni qay­
nab ketdi.
– He, bo‘ldi, insof bilan­da axir! Odamning ta­
nasida o‘mrov suyagidan boshqa narsa yo‘qmi?! 
Bor, joyingga o‘tir!


74
Aziz Nesin
Keyingi kunlarda senga aytib berishga arziy­
digan voqea faqat shu.
Bundan oldingi xatimga sendan haligacha javob 
kelgani yo‘q. Nima, chindan ham kasal bo‘lib qol­
dingmi? Javob kutaman.
Ahmad Tarbay,  
Istanbul, 22-dekabr, 1963-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish