Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

IVIRSIQ QIZ
Aziz sinfdoshim Ahmad!
Avvalambor senga Hikmatdan gapiray. Hikmat 
darsga qatnay boshladi. Ota­onasi yana yarashib 
olishibdi. Boyoqish juda xursand bundan.
Senga yana bir yangilik aytmoqchiman. Menga 
yozgan hamma xatlaringni yig‘ib kelayotgan edim, 
ammo har yer­har yerda tartibsiz sochilib yotardi. 
Kecha hammasini tartibga soldim. Yozgan kunla­
ringga qarab oldinma­keyin qilib chiqdim. Yaxshi 
bo‘ldi. Bu narsa sira xayolimda yo‘q edi, bir gap 


91
«Ona tarbiyasi»
bilan shu ishni qildim. Mana, eshit, bir boshdan 
gapirib beraman.
Uyda hammasi meni palapartish ish qilasan, 
narsalaring doim ivirsib yotadi, deb koyishadi. 
Holbuki men qo‘ygan narsasini topolmay yuradi­
gan, besaranjom odamni yomon ko‘raman. De­
mak,  yomon ko‘rgan odamim o‘zim ekanman­da.
Yakshanba kuni erta bilan uy daftarimni topol­
may xunob bo‘lgan edim, oyimdan rosa gap eshitib 
oldim.
– Nimaga bunaqa merovsan­a, qizim? Doim bir 
nimang  yo‘qolib  qoladi-ya...  Es-hushingni  yig‘ib 
yursang bo‘lmaydimi?!
Oyimning yoniga dadam qo‘shildi. Buvam bi­
lan buvim kelgan edi, ular ham palapartishligimni 
yuzimga solishdi. Opamga­ku xudo berdi – kelgan 
joyidan u ilib ketdi. Hammalari meni talab ketish­
di. Jonimga ora kirgan birgina Metin bo‘ldi.
– Bu uyda odam o‘zini ham yo‘qotib qo‘yishi 
hech gap emas, – dedi u meni yupatib.
Hammalari menga yopishganiga rosa xo‘rligim 
keldi. Alamdan nima qilishimni bilmay xonamga 
kirib, bir chekkadan yig‘ishtirishga tushdim. Stol 
ustini, kitob javonlarini tartibga soldim, buyumlar­
ni joy­joyiga qo‘yib chiqdim. Narsalarimni yig‘ishti­
rayotib, uydan labga surtadigan pomada, har xil 
otkritka, bir poy paypoq topib oldim. Hammasini 
ularning oldiga olib chiqdim. Haliyam mening g‘iy­
batimni qilib o‘tirishgan ekan.
– Manavi paypoq kimniki? Tortmadan chiqdi, – 
deb paypoqni irg‘itdim.
– Iya, kecha qidirib yurgan eding­ku buni, – dedi 
oyim dadamga qarab.
– Xo‘sh, pomada kimniki?


92
Aziz Nesin
– Qayerda ekan? Qidirmagan joyim qolmadi.
– Allakim stolimga qo‘yib ketibdi.
– Kecha o‘sha yerda unutgan ekanman­da, – 
deb kuldi oyim.
Otkritkaga navbat keldi.
– Bu kimniki bo‘ldi?
Opam lavlagidek qizarib ketdi.
– Qayerdan topding?
– Kimdir kitoblarimning ichiga yashirib qo‘yibdi. 
Orqasidagi yozuvini o‘qiganim yo‘q.
Endi  o‘tirib  dars  qilay  degan  edim,  ruchkamni 
qo‘ygan joyimdan topolmadim. Hamma yoqni qa­
rab chiqdim, yo‘q.
– Yana nima yo‘qotding? – zarda bilan so‘radi 
oyim.
– Ruchkamni ko‘rmadingizmi?
– Ruchka oshi ichasanmi o‘zi? Nuqul ruchka 
yo‘qotganing yo‘qotgan­a, qizim... – oyim diydiyosi­
ni boshlab yubordi.
– Hoy qiz, bu merovliging qachon qoladi­a? – 
dedi buvim oyimning yoniga qo‘shilib.
– Palapartish bo‘lma, hamma narsang saranjom 
bo‘lsin, qo‘ygan joyingni bilib yur, deb ming marta 
aytaman senga. Bu quloqqa gap kiradimi o‘zi? – 
Dadamdan eshitgan gapim bu.
Meni kalaka qilish uchun opamga bahona topildi.
– Ma, menikida yozib tur. Ko‘zingga qara, tag‘in 
buniyam yo‘qotib yurma!
Opam ruchkani olib berish uchun ichkari kirib 
ketdi. Birpasdan keyin uning:
– Kim oldi ruchkamni? Hozirgina shu yerda edi­
ya, – degan ovozi keldi.
Buvim boshimni silab, yotig‘i bilan nasihat qildi:
–  Endi  o‘zingga  qarab  yurgin,  Zaynab  qizim. 
Bo‘ying cho‘zilib qoldi. Hademay biror uyning beka­


93

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish