Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

Aziz Nesin
– Demak, o‘g‘lingizning gapiga tushunar ekan­
siz­da?
– Ha, albatta.
– O‘g‘lingiz ham sizni tushunadimi?
– Tushundi bo‘lishi kerak.
Zalda g‘ala­g‘ovur boshlandi. Direktor uni tin­
chitib, joyiga o‘tqazib qo‘ydi.
Otalardan yana biri so‘zga chiqdi. U goh paytlari 
o‘g‘li ayrim narsalarni so‘rab qolganida javob berol­
may qiynalishini gapirdi.
– Uning so‘ragan narsasini men nega bilmay­
man, afandim? Nima uchun bilmaslik kerak?
Shunga ham xunob bo‘ladimi, deb turgan edim, 
sababi boshqa yoqda ekan.
– Men bilmagan narsani yosh bola qanday tu­
shunishi mumkin? Mutlaqo o‘zlashtirolmaydi. Asli 
o‘zim litseyni bitirganman. Boshlang‘ich maktabda 
o‘qiydigan o‘g‘limning savoliga ba’zan javob berol­
may qolaman­a. Shu to‘g‘rimi axir. Farzandlarimiz 
go‘dak hali, o‘quv dasturini sal yengilroq tuzish ke­
rak. Miyasini achitishning nima keragi bor?!
Boshqa bir juvon unga qarshi gapirdi. Bu juvon 
o‘quvchilarning bilimi sayoz bo‘lib ketayotganidan, 
ular ko‘p narsani bilmasligidan shikoyat qildi.
– Qizimdan nimani so‘ramay, hecham durustroq 
javob ololmayman. Hayronman, bizning zamona­
mizda o‘quv dasturlari juda keng bo‘lardi. Mana 
bitta misol. Tunov kuni ikkovimiz oshxonaga kir­
dik. Bir kishi tishini kavlab o‘tirgan ekan, qizim 
o‘shani ko‘rsatib: «Oyi, bu kishi nega kavsh qay­
taryapti?» deb so‘rab qolsa bo‘ladimi! Iltimos qila­
man, to‘rtinchi sinf o‘quvchisi odamzot sut emizuv­
chilar toifasiga kirmasligini bilib qo‘ysin.
Direktor o‘quv dasturini maktabda emas, balki 
Maorif vazirligida tuzilishini, shuning uchun bu 


121
«Ona tarbiyasi»
masala bevosita vazirlikka taalluqli ekanini aytib, 
uni tinchitmoqchi bo‘ldi. Lekin juvon ham bo‘sh 
kelmadi.
– Bir narsa bo‘lsa, nuqul hukumatni ro‘kach qi­
lamiz. Odamzot sut emizuvchilarga kirmaydi, deb 
aytib qo‘yish na hukumatning va na vazirlikning 
ishi bo‘lmasa kerak, albatta.
Hammalari bir­birini kuldirish uchun ataylab 
maynavozchilik qilayotgandek tuyuldi menga. Lekin 
vajohatlari g‘oyat jiddiy edi. Sinfimizda Murod degan 
bir bola bor. Mabodo o‘qituvchi uni chaqirib qolsa:
– Kimga aytyapsiz? – deb bo‘zrayadi.
– Kimga bo‘lardi, senga­da!
– Mengami, afandim?
– Ha, senga aytyapman.
– Rostdan mengami, afandim?
O‘qituvchi uning ismini aytib chaqirsayam yoki 
sinfda ikkovidan boshqa odam bo‘lmasayam Mu­
rod nuqul anqovsirab turaveradi. Buni ko‘rib 
o‘qituvchi jig‘ibiyron bo‘ladi.
– Ro‘paramda turgan senmisan axir? Senga 
bo‘lmay, kimga aytyapman, Murod!
Murod shunda ham orqa­oldiga qarab alanglaydi. 
Bir kuni orqasiga o‘girilib, qup­quruq devorga qarab 
shunaqayam tikildiki... O‘ziyam rosa kuldik...
Bir kishi o‘rnidan turdi. Keyin bilsak, u Murod­
ning otasi ekan.
– Ruxsat etsangiz, men ham ikki og‘iz gapirsam.
Marhamat, afandim, eshitamiz, – dedi raislik 
qilayotgan xonim.
– Menga aytyapsizmi? – hayron bo‘lib so‘radi 
Murodning otasi.
– Ha, sizga. Gapiraman deyapsiz­ku.
– Kim? Menmi?


122
Aziz Nesin
– Ha, siz.
– Men­a?
– Shunday, afandim. Marhamat, so‘z sizga. Mu­
rodga o‘xshab u kishiyam qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
– Men gapiraymi?
Zaldan turib allakim: «Yo‘q, siz emas, men!» deb 
luqma tashlagan edi, gur etib kulgi ko‘tarildi.
Murodning otasi nutqini boshlab yubordi. U mak­
tabda bolalarga koptok o‘ynatmaslik kerak, o‘g‘lim 
koptokka berilib darslaridan qolib ketyapti, dedi.
– O‘g‘lingiz qaysi sinfda o‘qiydi? – luqma tashladi 
direktor.
– Kim, mening o‘g‘limmi?
– Ha, sizning o‘g‘lingiz. 
Murodning otasi picha o‘ylanib turgach:
– Shu maktabda o‘qiydi, – deb javob berdi.
– Xo‘sh, sinfi bormi? Nechanchi?
– Nima nechanchi?
– Kimdir yana: «Oyoq kiyimingizni so‘rayap­
tilar. O‘lchamini ayting!» deb qichqirgan edi, zal 
sharaqlab kulib yubordi.
Boyoqish o‘g‘li nechanchi sinfda o‘qishiniyam 
bilmas ekan. Murodning ism­familiyasini aytgan­
dan keyingina ma’lum bo‘ldi.
Yana bir notiq so‘zga chiqib, bir quloch va’zxon­
lik qildi. Shunaqayam gapni chaynab gapirarkan­
ki, o‘tirganlarning toza ensasi qotdi.
– Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy 
etishi mumkin, janoblar, – deb boshladi u nutqini.
Asalarichilik bilan ota­onalar majlisi o‘rtasida qan­
day aloqa bo‘lishi mumkinligini tushunolmaganimiz 
tufayli kulgidan o‘zimizni arang tiyib turibmiz.
U asalarichilikka oid juda ko‘p kitob o‘qib 
chiqqanini aytib, asalari qanday bo‘lishini tushun­
tirib berdi:


123

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish