124
Aziz Nesin
asalarichilik hisobiga taraqqiy etishi mumkin.
Zotan, asalari qo‘y bilan sigirdan farq qiladi. Sigir
sut beradiku, lekin unga yemxashak kerak. Asal
ari bo‘lsa sizdan hech nimani talab qilmagan holda
mo‘lko‘l bol beradi.
– Taklifingiz juda to‘g‘ri, janob, – dedi bir kishi
o‘rnidan turib. – Ammo shahar sharoitida asala
richilikni rivojlantirib bo‘lmaydi. Nega desangiz,
shaharning
havosi yomon, changto‘zon, tutun
serob. Asalari bunga qanday chidaydi? Qolaver
sa, asalaridan sharoitga qarab asal olish mumkin.
Shahar ichida u asal emas, qatron berishi mum
kin. Shundoq, afandim. Endi mening boshqa bir
taklifim bor. Asalarichilik bilan boshni qotirgan
dan ko‘ra, tovuqlarga e’tibor bergan ma’qul.
Tovuq
yaxshi narsa. Farzandlarimiz tovuq boqish hunari
ni yaxshilab egallab olishsa bormi...
Direktor uning gapini bo‘ldi.
– Men yana qaytarib aytaman, afandim. Mak
tabda asalarichilikni yo‘lga qo‘yish, tovuq yoki si
girbuzoq boqish bizga bog‘liq emas. O‘quv dastur
lari Maorif vazirligida tasdiqlanadi. Qolaversa, bu
yer qishloq xo‘jaligi maktabi emas.
– Mavzudan ancha chetga chiqib ketgan ko‘ri
namiz, – dedi po‘rim bir ayol o‘rnidan turib. – «Maktab
va oila ittifoqi»ning a’zosi sifatida mening bir taklifim
bor. Maktabda yashash sharoiti og‘ir
bolalar ham
o‘qiydi. Shularga yordam berish kerak. Xo‘sh, nima
qilamiz? Lotereya o‘ynab pul to‘playmizmi yoki o‘tgan
yildagidek ularga bir kecha uyushtirib beramizmi?
Uzoq tortishuvlardan keyin yo‘qsil bolalarga
bir kecha uyushtirib berishga qaror qilishdi. Shu
yerning o‘zidayoq otaonalardan xayrehson puli
yig‘ib olindi.
125
«Ona tarbiyasi»
Majlis tugab, hamma o‘qituvchilarni o‘rab oldi.
Har kim o‘qituvchidan o‘z farzandini surishtira
ketdi. Biz, navbatchilar
zalga kirib, mehmonlar
ning oldiga choy, limonad, pecheniy qo‘yib chiqdik.
Ochig‘ini aytsam, shu kuni rosa xumordan
chiqdim. Qani endi shunaqa majlislar teztez bo‘lib
tursa. Sizlarda ham majlis bo‘lib qolsa, bir ilojini
qilib albatta kir.
Majlisga oyim borgan edi.
Uyga qaytgach, oyim
dan: «Siz ham nimaga so‘zga chiqmadingiz?» – deb
so‘radim.
– Navbat tegdimi o‘zi menga? Hammasi og‘ziga
kelganini vaysaydi.
– Aytadigan gapingiz bormidi?
– Nega bo‘lmas ekan? Nima, menda labdahan
yo‘qmi?! Biror nimani topib gapirardim. Gal be
rishmasa nima qilay?
Mana, Ahmad, xatim yana cho‘zilib ketdi. Seniki
holva ekan.
Minega aytib qo‘y, haligacha undan javob ol
ganim yo‘q. Senga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir,
Anqara, 24-yanvar, 1964-yil
Do'stlaringiz bilan baham: