AYB BO‘LADI
Aziz do‘stim Zaynab!
Sen bilan to‘rt yil birga o‘qiganmiz. Seni sin
fimizning eng saranjom-sarishta qizlaridan deb
bilardik. Shuning uchun seni ivirsiq deyishganini
eshitib, juda hayron bo‘ldim. Uyda menga laqab
qo‘yib olishgan. Nuqul lapashang deyishadi. Ammo
buning tagida jon bor. Dasturxonga o‘tirsam, al
batta choy to‘kmasdan turmayman. Nechog‘lik
urinmay, baribir choyim to‘kilib ketaveradi.
98
Aziz Nesin
Oying nuqul Metinga tilingni kesib olaman, deb
po‘pisa qilishini qaysi bir xatingdayam yozgan
eding. Hamma onalar shunaqa ekan. Mening oyim
ham Fato‘sh degan singlimni hamisha shunaqa
qo‘rqitadi. Singlim hali yosh, ikki yildan keyin mak
tabga boradi. Bu narsa o‘zimning ham boshimdan
o‘tgan. Menga ham oyim tilingni kesib olaman, deb
dag‘dag‘a qilardi. Ammo tilim joyida turibdi.
Yaqinda Fato‘sh yomon bir qiliq ko‘rsatdi. Oyim
uni rosa urishdi, tilingni kesib olaman, deb po‘pi
sa qildi. Lekin bu gal chindan ham Fato‘shning tili
uzayib qolgan ekan. Mana, eshit voqeani.
Dadamning qiziq odati bor – har ikki gapning
birida «ho‘v», «voy zang‘arey!» degan bo‘lmag‘ur
so‘zlarni ishlatib turadi. Fato‘sh bo‘lsa naq to‘ti
ning o‘zi, kimdan nimani eshitsa, darrov shuni
qaytaradi. U: «Ho‘v falonchi», «voy zang‘arey!» deb
chuldirab qolsa, uydagilar o‘zlarida yo‘q suyunib
ketishadi. Keyin uni: «Namuncha tili shirina.
Xuddi katta odamga o‘xshab gapiradiya», deb er
kalashadi.
Tunov kuni bir qo‘shni amakimiz biznikiga
chiquvdi. O‘zi juda qiziqchi odam. Shunaqayam
gapni boplaydiki, eshitsang, qotibqotib kulasan.
Fato‘shni aytmaysanmi, nuqul qiqirqiqir kuladi.
Aslida bo‘layotgan gapso‘z bilan ishi yo‘g‘u kim
kulsa o‘shanga qo‘shilib qiqirlaydi. Endi kulgining
boisini aytib beray.
Qo‘shni amaki ishlaydigan idoraga allaqaysi
mamlakatdan bir mutaxassis kelgan ekan. O‘zi
nemismish. O‘sha nemis bir kuni qo‘shnimizni
to‘xtatib:
– Sizning yurtingizda «ho‘v» degan so‘z ko‘p
ishlatilarkan. Odamlar birbirini shu so‘z bilan
99
«Ona tarbiyasi»
chaqirisharkan. Bu nima degani o‘zi, juda qiziqib
qoldim. Kimdan so‘ramay, qoniqarli javob ololma
dim, – debdi.
Ko‘zoynakli qo‘shnimiz bu gapni eshitib, nima
qilishini bilmay qolibdi. Agar rostini aytadigan
bo‘lsa, ajnabiy odam ustimizdan kulib ketishi
mumkin. O‘ylabo‘ylab oxiri bir yo‘l topibdi.
– Juda to‘g‘ri fahmlabsiz, janob, – debdi unga
qarab qo‘shnimiz, – haqiqatan ham «ho‘v»ni ko‘p
ishlatamiz. Bizda taomil shunday. Dehqonlar
ham, ishchi va xizmatchilar ham shunga odatlan
gan. Uning asl ma’nosi «muhtaram» demakdir. Biz
birbirimizga murojaat qilganimizda ismning oldi
ga shu so‘zni qo‘shib aytamiz.
Oradan besholti kun o‘tgan ekan, o‘sha idora
rahbarlarining katta majlisi chaqirilibdi. Kanon
degan odam bosh direktor ekan, majlisni o‘sha
olib boribdi. Nemis mutaxassisi shu yig‘inda nutq
so‘zlabdi, majlis ahlining ruhini ko‘tarish maq
sadida gap orasida shu yerda o‘rgangan birikki
ta turkcha so‘zlarni ham qistirib o‘tibdi. Mehmon
nutqining eng nozik joyiga kelgan ekan, bosh di
rektorga qarab: «Ho‘v Kanonbey!» deb yuboribdi.
Hamma xijolatdan yerga qarabdi. Nemis nutqining
oxirigacha juda ko‘p marta Kanonbeyni tilga olibdi.
Har gal o‘zi bilgan o‘sha «muhtaram» so‘zini qo‘shib
aytarmish. Kanonbeyning bo‘ladigani bo‘libdiyu,
ammo tishini tishiga qo‘yib o‘tiraveribdi. Odamlar
piqirpiqir kulisharmish. Shushu Kanonbey «ho‘v»
degan laqabni orttirgan ekan.
Ko‘zoynakli qo‘shnimiz buni shunaqayam
o‘xshatib gapirib berdiki, kulaverib ichagimiz uzil
di. Ayniqsa, Fato‘sh bir qop semirib ketdi.
Dadam boshqa bir qiziq voqeani gapirib berdi.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |