DARSLAR YANGIDAN BOSHLANDI
Do‘stim Zaynab!
19noyabrda yozgan xatingni olib, qanchalik
quvonganimni ta’riflab berolmayman.
Xunuk bir yangilik bor: o‘qituvchimiz maktab
dan ketdi. Boshqa viloyatga ishga o‘tganmish.
Unga qattiq o‘rganib qolgan ekanmiz, eshitib juda
xafa bo‘ldik. Oxirgi darsida biz bilan xayrlashdi,
shunda ba’zilar ko‘z yoshi to‘kib olishdi. O‘pkam
to‘lib, o‘zimni arang bosib o‘tirgan edim, sinfdan
chiqayotib boshimni silashi bilan men ham chidab
turolmadim. Ho‘ngrab yig‘lab yubordim.
Aslida o‘qituvchimiz ho‘v o‘sha inspektor kelgan
kundagi voqeadan keyin menga unchalik ro‘yxush
bermay yurgan edi. Xayrlashuv kuni bizga birikki
og‘iz shirin gap aytib, hammamizga muvaffaqiyat
tiladi.
– Yana ko‘rishguncha xayr, bolalar!
Shunday dediyu, eshikka qarab yurdi. Yonim
dan o‘tib ketayotganida esa boshimni asta silab
qo‘ydi.
Yangisi ham erkak o‘qituvchi. Birinchi darsi
ga kirishi bilanoq nimalarni o‘tganimizni surishtira
ketdi. Har qaysimizni birmabir turg‘izib, ketmaket
savollar berdi. Javoblarimizdan sira qoniqmadi.
– Afsus... Ming afsus... Hech nimani bilmas
ekansizlar! – dedi u oxiri boshini chayqab.
Damir bor-ku, Damir, sinfimizning a’lochisi.
Hatto shu Damirning javoblaridan ham ko‘ng
li to‘lmadiya. Navbat menga keldi. Bilganim
ni gapirib berdim. U bo‘lsa nuqul «esiz, esiz» deb
tizza sini shapatilab o‘tirdi. Menga qolsa, so‘ragan
narsa lariga to‘g‘ri javob berdim.
19
«Ona tarbiyasi»
Bolalar birinketin darslarni gapirib berishyap
tiyu, u bo‘lsa dambadam:
– Shuncha yil o‘qib, hech nima o‘rganmabsizda?
Bekorga kelib-ketib yuraveribsizlar-da? Esiz vaqt,
esiz... O‘qish emas, uqish kerak edi, uqish, – deb
noliydi boshini chayqab.
– Nima, so‘ragan narsangizga to‘g‘ri javob ber
madimmi? – dedi bir payt Mine o‘pkasi to‘lib.
– Yo‘q, javobing to‘g‘ri bo‘ldi, – dedi yangi o‘qituv
chimiz. Keyin qo‘shimcha qildi: – Ha, to‘g‘ri javob
berding. Lekin yuzaki, sayoz. Hammalaring shu
naqa, bilimlaring sayoz ekan.
Uning bu gapidan qattiq ranjigan bo‘lsak ham
indamadik. Eski o‘qituvchimizning darslaridan yo
mon baho olib yurgan uchto‘rt bola buni eshitib
g‘imirlab qoldi. Yangi o‘qituvchining gapi ularga
moydek yoqqan edi.
– Eski o‘qituvchimiz yaxshi dars berardi, yomon
o‘qimasdik, – dedi Damir o‘zini tutolmay.
– Ha, javoblaringizdan bilinib turibdi, – piching
qildi yangisi.
Shundan keyin u stol atrofida birpas aylanib
yurgach, muloyimlik bilan gap boshladi:
– Bolalar! Mana endi kelishib olaylik. Ilgari o‘qi
gan narsalaringizni endi unutasiz. Mutlaqo esdan
chiqaringlar. Hamma darslarni yangidan boshlay
miz. Tushunarlimi?
Damir qo‘l ko‘tarib so‘radi:
– Axir biz kitobda nima yozilgan bo‘lsa, shuni
o‘qigan edikku?
– Men sizlarga endi hammasini esdan chiqaring,
deb aytyapman!
Yangi o‘qituvchining birinchi darsi shun
day o‘tdi. Tanaffusda bolalar tarafmataraf bo‘lib
20
Aziz Nesin
ketishdi. Ba’zilar eski o‘qituvchining yonini ol
gan bo‘lsa, boshqalar yangisini himoya qilishdi.
Ochig‘ini aytsam, hech kimga qo‘shilmay betaraf
qoldim.
Bir payt qo‘shni 5sinf o‘quvchilari bilan gapla
shib qoldik. Ma’lum bo‘lishicha, ularga ham o‘quv
yilining boshida yangi o‘qituvchi kelgan ekan.
Xuddi biznikiga o‘xshagan voqea yuz beribdi. Ular
ning yangi o‘qituvchisi ham darsga birinchi kirgan
kuniyoq: «Ilgari nima o‘tgan bo‘lsangiz, hammasini
esdan chiqaringlar!» – deb buyuribdi.
Yangi o‘qituvchimizning bu uslubi ayrim bo
lalarga juda qo‘l kelib qoldi. O‘qituvchining biror
savoliga noto‘g‘ri javob berib, dakki eshitadigan
bo‘lishsa, darhol:
– Oldingi o‘qituvchimiz bizga shunday degan
edilar, afandim, – deyishadi.
O‘qituvchimizning esa battar fig‘oni falakka
chiqadi:
– Ming marta aytdimku senlarga, ilgari o‘tilgan
narsalarni esdan chiqaringlar deb!
Miyaga o‘rnashib qolgan darslarni unutish qiyin
bo‘larkan. Bu ish faqat Damirning qo‘lidan keldi,
xolos.
Bir kuni darsga maktab direktori kirib qoldi.
Tarix darsi edi. Direktor darslarni qanday
o‘zlashtirayotganimizni bilmoqchi bo‘ldi shekilli,
Damirni o‘rnidan turg‘izib, qator savollar berdi:
– O‘rta asr madaniyati nima?
Damir indamadi. Direktor boshqa savolga o‘tdi:
– Kitob bosishni kim kashf etgan?
Damirdan sado chiqmadi. Direktor uning
a’lochiligini bilardi, shuning uchun hayron bo‘ldi:
– Ha, nima bo‘ldi, nega indamaysan?
21
Do'stlaringiz bilan baham: |