14
Aziz Nesin
Tunov kuniyam qiychuv ko‘tarib o‘ynab yurgan
edik, dadalarimizdan gap chiqib ketdi.
Har kim
o‘zining dadasini maqtayverdi. Kichik yoshdagi
bolalar ayniqsa to‘polon ko‘tarib yuborishdi. Me
tin degan ukam bor. Hozir uchinchi sinfda o‘qiy
di. Hammadan shu ukam oshib tushdi. «Mening
dadam zo‘rla, mening dadam bilag‘onla», deyaverdi
ko‘kragini kerib.
Aslida haq gap bu. Dadamiz maktabda nuqul
a’lo baholar bilan o‘qigan ekanlar. Buni o‘z og‘izla
ridan eshitganmiz.
Ikki o‘rtada bahs qizib ketdi.
– Mening dadam sizlarnikidan zo‘r o‘qiganlar.
Sinfdan sinfga nuqul a’lo baholar bilan o‘tganlar.
Ha,
mana shunaqa, – derdi Metin bo‘sh kelmay.
Dadam bilan birga o‘qigan o‘rtog‘ining o‘g‘li:
– Ho, rosa olib qochdingku! – dedi Metinni ka
laka qilib.
– Bu gapni kimdan eshitding o‘zi? – so‘radi bosh
qa bir bola.
– Dadamning o‘zlari aytganlar, – dedi Metin ke
rilib. Keyin qo‘shib qo‘ydi: – Kim ishonmasa,
borib
dadasidan so‘rasin. Hammamizning dadamiz birga
o‘qishgan ekan. Rost gapni aytib berishadi.
Kattaroq bolalar dahanaki jangga qo‘shilmay
turgan edi, men bilan bir sinfda o‘qiydigan qo‘shni
qiz:
– Yolg‘on gapirgani uyalmaysanmi, a’lochi deb
mening dadamni aytsa bo‘ladi, – deb
ukamni koyib
berdi.
– O‘zing ham aldoqchi ekansan. Mening dadam
sinfda hecham qolmaganlar. Nuqul a’lo o‘qiganlar.
Tushundingmi? – dedi boshqa bir bola bo‘ynini
cho‘zib.
15
«Ona tarbiyasi»
– G‘irt yolg‘on bu. Dadang seni aldayapti. A’lochi
deb mening dadamni aytsa bo‘ladi.
– Dadam hecham aldamaydilar.
Katta bolalar ham bunga qo‘shilganini ko‘rib,
xunobim oshdi. Bahs tobora qizib boryapti.
– To‘g‘rimi, opa? Dadam a’lochi bo‘lganlara?
O‘zing ayt, bular eshitishsin, –
dedi ukam meni
madadga chaqirib.
– Ha, to‘g‘ri, shundoq bo‘lgan, – dedim. Qiychuv
yana avjga mindi.
– Qo‘y, xafa bo‘lma, kim nima desa deyaversin.
Baribir foydasi yo‘q, – dedim ukamni yupatib.
Yoshi bizdan ancha katta bir bola:
– Hammang noto‘g‘ri gapiryapsan, – dedi mah
madanalik qilib. – Hech kimning dadasi a’lochi
bo‘lmagan. To‘g‘risini aytsam, ularning orasida
faqat mening dadam yaxshi o‘qiganlar.
– Ola! – dedi Metin qizishib.
–
Ishonmasang, borib dadangdan so‘rashing mum
kin.
– Dadang laqillatipti seni!
– Seni!
Metin o‘ziga ikkita keladigan bu bolaga kalla
qo‘ymoqchi bo‘lgan edi, arang ushlab qoldim. Uyga
ketyapmizu Metin hadeb:
– Aldoqchilar... Maktabda faqat mening dadam
a’lochi bo‘lgan! – deb ho‘ngho‘ng yig‘ladi.
Uyga kira solib, u oyimning oldiga yugurdi.
– Dadam a’lochi bo‘lmaganmish. Dadam aldoq
chi emish.
Oyimning jahli qo‘zib, jerkib berdi:
– O‘chir ovozingni! Bu nima qiliq? Yana qaytar
sang, tilingni kesib olaman.
Ukam darhol jim bo‘ldi.
16
Aziz Nesin
–
Nimaga achchiq qilasan, Metin, – dedim uni
yupatish uchun. – Ayb o‘zimizda bo‘lishi ham
mumkin. Dadamiz ularning dadalari bilan bir
maktabda o‘qimagandir balki.
– O‘zlari doim birga o‘qiganmiz, deyishadiku.
– Bo‘pti, kechqurun dadamning o‘zlaridan so‘ray
miz. Bor gapni aytadilar.
G‘ulg‘ulaga tushib qoldim. Bu masala meni ham
qiziqtira boshladi. Kechqurun ovqatlanib o‘tirgan
edik, dadamdan boyagi gapni so‘radim.
– Ha, birga o‘qiganmiz, to‘g‘ri. Aslida to‘rttala
miz ham bir sinfda o‘qiganmiz. Men
ulardan biri
bilan uch yil, qolgan ikkitasi bilan besh yil bir sinf
da o‘qiganman.
Kunduzi oyimning Metinga qilgan po‘pisasi
esimga tushib, boshqa narsa so‘rashga yuragim
betlamadi.
Ertasi kuni maktabga borganimda yonimdagi
Do'stlaringiz bilan baham: