Assalomu alaykum!
Ustoz, muallim, o'qituvchim! Sening boshqalarga qilayotgan ezgu ishingni, oq ko'nglingni, sabr toqatingni ta'riflash uchun bu dunyodagi so'zlar yetmaydi go'yo. Sen tufayli biz komillik sari ilk qadamlarni qo'yamiz, oq qorani ajratishni o'rganamiz, bu hayotning o'nqir cho'nqirlarida yurishni o'rganamiz. Sen bizning sirdoshimiz, suyab turadigan ustunimiz bo'lib, bizni ilm cho'qqilari sari yetaklaysan. Bizning yutuqlarimizdan bizdan-da quvonasan, kamchiliklarimizni xolisona tuzatasan, agar qiynalib qolsak, kuyunchagimizga aylanasan. Ba'zida sen biz uchun qilgan yaxshiliklaringni unutib qo'yib, hatto holingdan xabar olishga, bir og'iz yaxshi so'z aytishga vaqt topa olmaymiz. Hech nimaga qaramay, sen bizning kamolimizni ko'rishni istaysan, bizni duo qilasan.Sening oldingdagi qarzimizni uzishga bu umrimiz yetmagay, lekin shunday bo'lsada mana shu gaplar bilan seni eslashni lozim topdim, mening birinchi muallimim.
Do'stlaringiz bilan baham: |