Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

VATANIM!
Ey, zarrin liboslarga zap o‘ralib olgan,
Ey, bo‘liq boshoqlar-u bog‘-rog‘larga to‘lgan
Va doston bo‘yi osmon bitgan vatanim, hey!
«Hey»ni aytgan zahoti polni zarb bilan bir tep­
gan edim, turgan joyimda bir gaz osmonga sakra­
tib yubordi. Bilasanmi, nimaga? Boya o‘qituvchi 
bilan repetitsiya qilayotganimizda poshnadagi mix 
joyidan ko‘chgan ekan, bilmabman. O‘sha mix shu 
tobda shart etib tovonga kirib ketsa bo‘ladimi?! 
Ko‘zimdan o‘t chaqnab ketdi. Tovonimga birov bi­
giz qadab, o‘pkamni teshib yuborgandek bo‘ldi.
Azobning zo‘rligidan yod bo‘lib qolgan satrlarni 
ham paqqos unutdim­qo‘ydim. Men nima ahvolda­
man­u tomoshabinlar qiyqirib kulishadi. O‘qituv­
chidan madad kelar, degan umidda o‘qtin­o‘qtin 
orqaga o‘girilib qarab qo‘yaman. O‘qituvchi holimni 
sezdi, shivirlab aytsa baribir qulog‘imga kirmasli­
gini fahmlab, ovozini bemalol qo‘yib yubordi:


28
Aziz Nesin
«Ey o ‘sha buyuk insonni bergan onaning».
Darhol ilib ketdim.
–  Ey,  o‘sha  buyuk  insonni  bergan  onaning... 
Onaning... Onaning...
Keyin nima keladi, eslayolmayman... Zora lop etib 
esimga tushsa, degan xayol bilan yana ikki­uch mar­
ta shuni qaytarib aytdim. Bo‘lmadi. «Onaning» dey­
man­u ignasi yurmay qolgan plastinkaga o‘xshab 
u yog‘iga o‘tolmayman. Vujudimni qaltiroq bosdi. 
«Onaning... Onaning...» deb yig‘la moqdan beri bo‘lib 
turgan edim, qo‘qqisdan o‘zim yozgan satrlar miyam­
ga kelib qoldi. Tavakkal qilib buyog‘ini ulab ketdim:
Onaning... Onaning... Onaning...
Dumbasi bor jiqqa moy,
Yelini-chi sutga kon,
Mayingina juni bor...
O‘qituvchimiz ham satrlarni ketma­ket yetkazib 
turibdi. Oldin undan eshitganimni qaytaraman­da, 
keyin o‘zimnikini tirkab yuboraman.
Ey, jabr-u jafo, kurash...
Sop chiqadi shoxidan,
Go‘shti – lazzat uyasi,
O‘g‘itman, der qiyisi, he-ey!
She’rni tugatdim­u o‘zimni ichkariga urdim. Gul­
duros qarsaklardan maktabimiz chayqalib ketdi.
– Nima qilib qo‘yding axir, Ahmad? – dedi o‘qituv­
chimiz siniq ovoz bilan.
– Ilojim qancha, afandim, – dedim unga qarab.– 
Odamzot bilgan narsasini darrov unutib yubora ol­
mas ekan, juda qiyin bo‘larkan.
Yana bir nima deydigan bo‘lsam, alamimdan 
yig‘lab yuboraman. O‘pkam to‘lib turibdi. O‘qituv­


29
«Ona tarbiyasi»
chi ikkovimiz cho‘loqlanib yo‘lga tushdik. Yana mix 
kirib ketishidan qo‘rqib, zo‘rg‘a oyoq bosaman.
– Katta iste’doding bor ekan­ku, o‘g‘lim, – dedi 
uyga qaytgach dadam. – Kuldiraverib hammaning 
ichagini uzding­ku.
Oyim uning gapiga qo‘shildi:
– Ko‘zda yoshim qolmadi kulaverib. Naq jinni 
bo‘layozgandim­a...
She’rlarni yanglishib aralash­quralash qilib 
 yuborganimni hech kim sezmabdi. Hamma jo‘rtta­
ga qilyapti, deb o‘ylabdi.
Xullas, Zaynab, keyingi kunlarda shunaqa 
mashmashalar bo‘ldi.
Sening dadang ham maktabda nuqul a’lo olib 
o‘qiganmi, deb so‘rabsan. Yo‘q, dadam, afsuski, 
a’lochi bo‘lmagan. Nega desang, u o‘qimagan. Agar 
maktabga qatnagan bo‘lganida menga a’lo baholar 
bilan o‘qiganman, deb aytgan bo‘lardi, albatta.
Men zavq bilan o‘qiydigan xatlaringni kutaman. 
Sog‘ bo‘l.
Sobiq sinfdoshing Ahmad Tarbay,  
Istanbul, 23-noyabr, 1963-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish