42
Aziz Nesin
– Daraxtda nima qilib yuruvding o‘zi? – o‘shqirib
berdi ikkinchi sinf o‘qituvchisi.
– Dushman askarlaridan ko‘zquloq bo‘lib tur
gan edim.
Bu gapni eshitib, u rosa hayron bo‘ldi.
– Esing joyidami? Bu yerda dushman nima qiladi?
Haytovur, Husayn yengil yiqilgan ekan,
yarasini
bog‘lab qo‘yishdi. Chingiz boyoqish qo‘rqib ketgani
dan qo‘loyog‘i qaltiraydi. Ayb Chingizda ekanini
hammamiz bilib turibmiz. Ammo Husayn mard
bola ekan, uni sotmadi. O‘qituvchi: «Nega yiqilding,
kim itarib yubordi?» – deb so‘roqqa
tutgan edi, Hu
sayn: «Ayb o‘zimda, oyog‘im toyib, yiqilib tushdim»,
– deb turib oldi.
Husaynning bu harakati meni jiddiy o‘ylan
tirib qo‘ydi. Tanaffusdan keyin yana darsga kir
dik. Fikrxayolim hamon Husaynda edi, o‘qituvchi
tag‘in boyagi gapni so‘rab qoldi.
– Biror kishi boshqalarga o‘zini ko‘rsatib qo‘yish
yoki nom chiqarish uchun fidoyilik qiladigan bo‘lsa,
buni chin ma’noda fidoyilik deb bo‘lmaydi, – dedim
shartta o‘rnimdan turib.
Men bu bilan Husaynning chinakam mardligini
nazarda tutgan edim.
Ertasi kuni o‘qituvchimiz shu xususda bosh
qa bir hikoyani gapirib berdi. Bir kambag‘al bola
bo‘larkan. Bolaning onasi yotib qoladi. Unga dori
kerak, uyda esa pul yo‘q.
Bola dori sotib olish
uchun o‘g‘rilik qiladi, uni tutib olishadi. O‘rtog‘i esa
butun aybni o‘z bo‘yniga oladi. U qutulib ketadi.
Yana bilag‘onlik qilyapti, deb o‘ylamasliklari
uchun bu gal indamay qo‘ya qoldim, fikrimni ayt
madim. Vaholanki, ushbu hikoyada g‘irt tentaklik
fidoyilik deb ko‘rsatilgan edi.
43
«Ona tarbiyasi»
O‘qituvchilarimiz kelishib olishibdi. Bizning sinf
bilan 5-«B» sinfi o‘quvchilari o‘rtasida eng yaxshi in
sho uchun konkurs o‘tkaziladigan bo‘ldi. Insho ning
mavzusi – fidoyilik. Bu konkurs maktabda katta
shovshuvga sabab bo‘ldi. Hamma kim g‘olib chi
qishini bilgisi keladi. O‘qituvchimizga qolsa, konkurs
da men yutib chiqishim kerak. Bunga uning imoni
komil. Men shu inshoda fidoyilik haqida o‘z bilgan
larimni yozishga jazm qildim. O‘ziniyam naq uch kun
yozdim. Tayyor bo‘lgach, uydagilarga o‘qib berdim.
Yozganlarim hamisha dadamga ma’qul bo‘lardi, le
kin bunisi unga yoqmadi. Amakimga ham o‘qib be
ruvdim, ensasi qotdi.
Aslida yozgan inshomning mazmuni bunday.
Bir bolaning ukasi og‘ir betob bo‘lib qoladi. Bola
bundan qattiq ezilib yuradi. Ukasining og‘irini
yengil qilmoqchi bo‘ladi, lekin ilojini topolmaydi.
Oxiri o‘ylabo‘ylab bir yo‘l topadi. Har kuni o‘rin
ga yotar chog‘ida: «E xudo, ukamni o‘z panohing
da asra. Dardini menga
bera qol, roziman», deb
pichirlaydigan bo‘ladi. Kunlardan birida kechasi u
tush ko‘radi. Bahaybat bir dev: «Mana, qilgan duo
ing ijobat bo‘ldi. Qani, joningni menga taslim qil!»
– deb turgan emish. «Men ukamga fidoyilik qilmoq-
chi bo‘luvdim, jonimni olma!» – deb bola qichqirib
yuboradi. Onasi uyg‘onib ketadi. Ko‘rpang
ochilib
qolibdi, yomon tush ko‘rgan bo‘lsang kerak, o‘g‘lim,
deb uning ustini yopib qo‘yadi. Bola yana uxlab
qoladi.
Fidoyilikni qandoq o‘ylashimni tushuntira olib
manmi? Men bu inshoda fidoyilik uchun qilinadi
gan fidoyilik ustidan kulmoqchi bo‘lgan edim.
To‘rtinchi va beshinchi sinf o‘quvchilarini katta
zalga to‘plashdi. O‘qituvchilar ham yig‘ildi. Bizning