Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

Aziz Nesin
gan andisha bilan boshini olib, boshqa yurtlarga 
ketibdi. Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin uyiga 
qaytib, ikkinchi xotinini ham taloq qilibdi.
Hikmat bu tafsilotlarni boshqalardan eshitgan 
ekan, menga ham shu eshitganlarini gapirib berdi.
O‘g‘il ko‘rishni niyat qilib olgan bu odam endi bir 
beva xotinga uylanibdi. Beva uchta o‘g‘il ko‘rgan 
ekan, shuning uchun o‘g‘il tug‘ishning qonun­qoi­
dasini bilsa kerak, deb o‘ylabdi.
Karnay-surnay bilan to‘y qilishibdi. Er yana bir 
ismni tanlab, orzu­umid bilan xotinini tug‘ruqxo­
naga kuzatib qo‘yibdi. Bu gal ham oshna­og‘ayni­
lariga katta o‘tirish qilib beribdi. Dam­badam das­
turxon tepasidan turib, tug‘ruqxonaga telefon qo­
qarmish. Xullas, yarim kechaga borganda natija 
ma’lum bo‘libdi. Qovoq­tumshug‘i osilibdi­yu, le­
kin sir boy bermabdi. Mehmonlar:
– Ha, qalay, o‘g‘ilmi, holva? – deb so‘rashgan 
ekan:
– Erkakning xo‘roziga xo‘roz munosib-da, ha! 
– debdi kerilib. Ammo boyoqishning ichiga chiroq 
yoqsa yorimasdi o‘shanda.
Dugonam Hikmat shu zaylda dunyoga kelgan 
ekan. Oltinchisiga ham qiz ko‘rgan sho‘rlik ota noi­
loj keyingisidan umid qilishga majbur bo‘libdi. Pe­
shonasi sho‘r ekanmi, yana umidi puchga chiqibdi 
– qiz ko‘rishibdi. Shundan keyin ancha vaqt xoti­
ni tug‘may yuribdi. Eri endi bo‘ldi, qo‘yaman, deb 
yurganida xotini yana og‘iroyoq bo‘libdi.
– Yana qiz tug‘adigan bo‘lsang, o‘shanaqasi 
ketaver, uyga qaytib kelma! – deb po‘pisa qilibdi eri 
uni tug‘ruqxonaga eltib.
Hikmatning onasi ham: «Ilohim o‘g‘il bo‘lsin», deb 
ko‘p zorlanibdi­yu, ammo duosi ijobat bo‘lmabdi. 


63
«Ona tarbiyasi»
Yana qizmish. Bunisiga Suad degan ismni tanlab 
qo‘yishgan ekan. Suad bo‘lsa Suad­da! O‘g‘il bo­
lagayam, qiz bolagayam bo‘laveradi bu ism.
Hikmatning onasi tug‘ruqxonaning bosh ham­
shirasiga yig‘lamoqdan beri bo‘lib ahvolini tu­
shuntiribdi. Mabodo erim telefon qilib qolsa, qizli­
gini aytmang, deb yalinibdi.
– Suyunchini cho‘zavering, o‘g‘illik bo‘ldingiz, – 
debdi bosh hamshira ham otani qutlab.
Boshi osmonga yetgan ota o‘pkasini qo‘ltiqlab 
tug‘ruqxonaga yuguribdi.
– Qani, qani, azamat o‘g‘limni bir ko‘ray! – 
deb turib olgan ekan, yo‘rgaklangan chaqaloqni 
ko‘rsatishibdi.
– Uch oygacha uyimiz to‘yxonaga o‘xshab to‘lib 
turdi, – hikoyasini davom ettirdi Hikmat. – Da dam 
hamisha chaqaloqni «valiahdim», «shahzodam» deb 
chaqirardi. Shahzodaning onasi – malikaga kuni­
ga har xil sovg‘a­salomlar kelardi. Biz ham er­
kin nafas ola boshladik. Qiz bo‘lib tug‘ilganimizni 
dadam endi yuzimizga solmasdi. Dadamiz Suadni 
yalang‘och holda ko‘rib qolmasin, deb hammamiz 
o‘lib­tirilardik. Dadam kelguncha oyim chaqaloqni 
yuvib­tarab, tagini almashtirib qo‘yardi. Dadam 
bor paytlarida Suadni cho‘miltirmasdik! Bir kun­
mas­bir kun sir oshkor bo‘lishi aniq edi­ku, lekin 
biz o‘sha mash’um kunni qo‘ldan kelgancha na­
riroq surishga harakat qilardik. Ungacha dadamiz 
ancha hovuridan tushib qolar deb o‘ylardik.
Dadam shirakayf bo‘lib kelgan kunlari «hamma­
laring o‘g‘limdan aylanib­o‘rgillaring», deb qolardi. 
Keyin shahzodani bir cho‘miltiraman, deb oyog‘ini ti­
rab turib olar, oyim esa, qo‘ying hozir o‘zi sal shamol­
lab turibdi, deb uni zo‘rg‘a shashtidan qaytarardi. 


64
Aziz Nesin
Eh, bundan ikki kun oldin uyimizda qiyomat­qo­
yim bo‘ldi... Hammamiz uxlab yotgan edik, birdan 
shovqin ko‘tarildi. Uyg‘onib ketdik. Dadam ovozi­
ning boricha baqirar, oyim esa ho‘ng­ho‘ng yig‘lar­
di. Kechasi dadam nima bo‘lib ham Suad o‘g‘il bola 
emasligini bilib qolibdi. Rosa to‘polon qildi. Chaqa­
loqni oyog‘idan dast ko‘tarib olgancha, hadeb: «Meni 
aldabsanlar... O‘g‘illaring shumi hali», deb bo‘kiradi. 
Suad bechora big‘­big‘ yig‘laydi.
Oxiri dadam chaqaloqni oyimga qarab irg‘itib 
yubordi.
– Yo‘qollaring ko‘zimdan! Meni rosa chuv tu­
shirib sanlar... Esiz-esiz ketgan pullarim... Jo‘nala-
ring uyimdan!
Dadam bizni uydan haydab chiqardi. Qo‘shni­
miznikida tunni o‘tkazdik.
Hikmat ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Dadasi bilan 
oyisi endi ajralisharmish.
Ketma­ket sakkizta qiz ko‘rgan odamga oldiniga 
kuldim, keyin Hikmatga qo‘shilib men ham yig‘lab 
oldim.
O‘sha kuni maktabdan qaytgach, oyimni 
so‘roqqa tutdim.
– Oyi, opam tug‘ilganida dadam xursand bo‘lgan­
milar?
– Ha, albatta.
– Men tug‘ilganimda­chi? Undayammi?
Oyim jerkib berdi:
– Ko‘p vaysama! Bor, ishingni qil!
Men oyimni o‘z holiga qo‘ymadim.
– Ayta qoling, oyijon, dadam meni eshitib xafa 
bo‘lganlarmi­yo‘qmi?
– Bunisi o‘g‘il bo‘ladi, deb o‘ylagan edi.
– Metin tug‘ilganida rosa suyungan bo‘lsalar 
kerak­a?


65
«Ona tarbiyasi»
– Ha, o‘zini qo‘yarga joy topolmay qolgan. O‘r­
toqlarini chaqirib, katta o‘tirish qilib bergan.
– Bordi­yu, Metinning o‘rniga yana qiz ko‘rganin­
gizda nima bo‘lardi, oyi?
– Qaydam.
– Dadam o‘g‘il bo‘lsin, deb turib olarmidilar?
– Kim biladi deysan... Ehtimol shundaydir. – 
Xo‘sh, namuncha surishtirib qolding buni?
– O‘zim, shunday.
Tomog‘imga bir nima qadalganday bo‘ldi. Tash­
qariga chiqib ketdim.
Hikmatning boshidan o‘tgan voqea meni juda 
o‘ylantirib qo‘ydi. O‘shandan beri bir fikr menga 
tinchlik bermaydi – xo‘sh, baxtsiz odam qiz bola 
bo‘lib tug‘iladi­yu, peshonasi yarqiragani o‘g‘il 
bo‘libmi?
Bu xususda sen nima fikrdasan? Shuni bilmoq-
chiman.
Oyim boyadan beri: «Yot endi, kech bo‘ldi», deb 
qo‘ymayapti. Vaqt ham allamahal bo‘lib qoldi. May­
li, yotsam yota qolay. Ertaga maktabdan qaytishda 
xatni qutiga tashlayman.
Omon bo‘l, do‘stim Ahmad.
Zaynab Yolqir,
Anqara, 10-dekabr, 1963-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish