60
Aziz Nesin
nib yuradi, sochlari ham kalta qilib qirqilgan. Juda
nimjon.
Tanaffus paytida qizlarga ham, o‘g‘il bo
lalarga ham qo‘shilmaydi, ancha odamovi. Kimli
gini otiga qarab ham bilib bo‘lmaydi. Hikmat degan
ism o‘g‘il bolalardayam, qizlardayam bor.
Bir kuni fizkultura darsi bo‘layotgan edi.
O‘qituv chi bolalarni ikki to‘pga bo‘ldi – qizlar bir
tomonda, o‘g‘il bolalar boshqa tomonda. Hikmat
qizlar to‘dasiga borib turdi.
Oldiniga tushunolmay
hayron bo‘ldim. Shundagina uning qiz bola ekani
ni bildim. Juda qiziqib qoldim.
Bir kuni Hikmat maktabga ruhi qattiq ezilgan
holda keldi. Sababini so‘rasam, aytmadi. Juda
qistaganimdan keyin oxiri:
– Rostini aytsam, men ham bor gapni aytib, bir
oz
yengil tortgim keladi, – dedi. – Ammo hamma
ning og‘ziga tushishdan qo‘rqaman.
Men hech kimga aytmaslikka so‘z berdim. Shun
dan keyingina u butun dardini to‘kib soldi. Oilada
ular sakkiz farzand ekan. Hammasi qiz bola emish.
Hikmatni ba’zan maktabga o‘zidan kattaroq bir
bola olib kelguvchi edi. Men akasi bo‘lsa kerak,
deb o‘ylab yurardim.
– Bo‘lmasa u bola senga kim bo‘ladi? – deb
so‘radim.
– Opamku u. Kiyimini ko‘rib hamma uni o‘g‘il
bola deydi.
Hamma opalari shunaqa kiyinib yurisharkan.
Sababini so‘radim.
– Dadamning ra’yi shu.
– Xo‘sh, nima qipti? Shunga ham xafa bo‘la
sanmi?
Gapiga qaraganda, otasi o‘g‘il ko‘rishni orzu qilar
kan. To‘ng‘ichiga qiz tug‘ilganda rosa ko‘ngli o‘ksib
61
«Ona tarbiyasi»
yuribdi. Ha, mayli, keyingisi o‘g‘il bo‘lar, deb o‘zini
ovutibdi. Hatto irim qilib, chaqaloq tug‘ilmasdanoq
ismini o‘ylab qo‘yibdi. Tanlagan ismi o‘g‘il bolaniki
ekan. Go‘yo bola ismga qarab tug‘i ladigandek...
Uning
yana omadi kelmaptimi yoki aksiga olibmi, xullas,
ikkinchisiga ham qiz ko‘ribdi. Ota necha haftagacha
karsoqov bo‘lib yuribdi. Tanishbilishlari uni yupa
tib, «hali yoshsan, yana ko‘p farzand ko‘rasan», dey
digan bo‘lsa, «bular ham qiz bo‘lsa nima qilaman»,
deb ichichidan kuyinarmish. Yana farzand ko‘radi
gan bo‘lishibdi. Uchalasi ham ketmaket qiz bo‘lmas
axir. Ota shu umid bilan yana o‘g‘il bolaning ismini
mo‘ljallab qo‘yibdi. O‘ziga ishonib yuborganidan xo
tinini tug‘ruqxonaga jo‘natishi bilan oshnaog‘ayni
larini uyga chaqirib, ziyofat qilib beribdi. Ziyofat ayni
qizib turganida tug‘ruqxonaga telefon qilgan ekan,
yana qiz ko‘rganini aytishibdi.
Buni eshitib hushi
boshidan uchibdi. Lekin nomusi zo‘rlik qilib, meh
monlarga buni bildirmabdi. Hammaga o‘g‘il ko‘rdim,
deb e’lon qilibdi. Xotini bilan qizlariga po‘pisa qilib,
birovga gullab qo‘ymasliklarini qattiq tayinlabdi.
O‘g‘iltalab ota o‘ylabo‘ylab oxiri xotinidan ajra
lishga qaror qilibdi. U o‘g‘il tug‘maydigan xilidan
ekan, degan fikrda xotinini qo‘yib, boshqasiga
uylanibdi. Taqdirning taqozosini qaraki, yangi ke
linchak bir yo‘la egizak qiz tug‘ib beribdi... Oldin
gi xotini boshqa kishiga turmushga chiqib ketgan
ekan, arslonday o‘g‘il ko‘ribdi. «Ahmoq ekanman,
xotinimning endi o‘g‘il tug‘adigan
payti kelganda
qo‘yib yuborib, chakki ish qilgan ekanman», deb
boyoqishning ichidan rosa qirindi o‘tibdi.
O‘g‘il dog‘ida kuyib yurgan ota beshta qiz ko‘rga
niga nomus qilibdi. Endi nima degan odam bo‘ldim,
oshnaog‘aynimning yuziga qanday qarayman, de