Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

Aziz Nesin
sinfimizdan olti, 5-«B» dan esa besh bola konkurs­
da qatnashadigan bo‘ldi. Qur’a tashlandi. Raqa­
mimizni bilib oldik. Men sakkizinchi bo‘lib inshoni 
o‘qib berdim. Direktor bilan o‘qituvchilarning yuzi 
burishganday bo‘ldi, demak, ma’qul kelmapti. Le­
kin zaldagi bolalar eng ko‘p menga chapak chalish­
di. Hamma o‘z inshosini o‘qib bergach, o‘qituvchi­
lar baho chiqarish uchun boshqa xonaga o‘tishdi.
Ular chiqib ketishi bilan zalda to‘s­to‘polon 
ko‘tarildi. Har kim yonidan rezinka rogatkani oldi, 
o‘zaro otishma boshlandi. To‘g‘risini aytsam, shu 
kunlarda rogatka olib yurish maktabimizda rasm 
bo‘lib qolgan.
O‘g‘il bolalarning ichida rogatkasiz yurmaydigani 
yo‘q. O‘qini qog‘ozdan qilishadi­yu, lekin tekkan 
joyi biram achishadiki... Men o‘zim bu masalada 
sal noshudroqman, otgan o‘qim hecham mo‘ljalga 
tegmaydi. Hatto tosh irg‘itishni ham bilmayman. 
O‘rtoqlarim nuqul meni qiz bolaga o‘xshab tosh 
otasan, deb kalaka qilishadi.
Bir payt gardanim igna sanchilgandek qattiq 
achishib ketdi. Jonholatda yonimdagi bolaning 
qo‘lidan rogatkasini tortib olib, tez­tez o‘qladim. 
Rezinkani obdan cho‘zib turib, bir otdim... Bila­
sanmi, Zaynab, o‘q kimga tegdi? Shu payt zalga 
o‘qituvchilar bilan direktor boshlashib kirib qolsa 
bo‘ladimi! Mo‘ljallagan odamim bir chekkada qolib
o‘qim to‘g‘ri direktorning gardaniga borib tegdi­ya! 
Ana rasvogarchilik!
Direktor janoblari gardanlarini ushlaganlaricha 
bizga darg‘azab bo‘lib o‘qraydilar.
– Kimning ishi bu? Kim otgan bo‘lsa, bu yoqqa 
chiqsin! – deb o‘shqirdi 5­«B» sinf o‘qituvchisi.


45
«Ona tarbiyasi»
Boshimni egib, endi turaman deganimda o‘qituv­
chimiz:
– Agar gunohkor o‘rnidan turmasa, hamman­
giz uning kasriga qolasiz. Hech kimni bu yerdan 
chiqarmaymiz! – deb dag‘dag‘a qildi.
Konkurs musobaqasi bir yoqda qolib ketdi.
Men otgandim, – dedim o‘rnimdan turib. Di­
rektor yuzimga tikilib qaradi.
– Yo‘q, otgan sen emassan!
– Men edim.
– Men odamlarni bir qarashda bilib olaman. Sen 
gunohkorga o‘xshamaysan. Ko‘rib turibsanki, ayb­
ni hech kim bo‘yniga olmayapti, o‘rtoqlaringni og‘ir 
jazodan qutqazish uchun endi sen o‘zingni tutib 
beryapsan. Sen bu noma’qulchilikni qilmagansan. 
Holbuki bu gap mening xayolimda ham yo‘q edi.
– Ataylab qilganim yo‘q, afandim... Tasodifan 
bo‘ldi... Boshqa odamga otmoqchiydim. Qo‘limdan 
chiqib ketdi...
Direktor sahnaga chiqib oldi.
– Mana, bolalar, ko‘rdingizmi, fidoyilikning 
asl namunasi bu. Garchi aybdor bo‘lmasa ham 
o‘rtog‘ingiz sizlarni jazodan qutqarish uchun o‘zi­
ni fido qilyapti. Undan o‘rnak olsangiz bo‘ladi. Shu 
oliyjanob himmati evaziga sizlarga endi jazo ber­
mayman. Gunohingizni kechirdim. Yozgan insho­
si unchalik yaxshi bo‘lmasa ham mana shu ibratli 
ishi uchun uni bugungi konkursning g‘olibi deb 
e’lon qilaman.
Nima ahvolda qolganimni tushunyapsanmi, 
Zaynab? Fikrlarim chuvalashib ketdi. Aybdor bir­
pasning ichida qahramon bo‘lib qolganiga nima 
deysan? Nahotki fidoyilik bilan sho‘xlikning o‘rta­
sida hech qanday farq bo‘lmasa?!


46
Aziz Nesin
Maktab juda jonimga tegdi. Tezroq kitob­daftar­
dan qutulsam deyman­u, lekin dadam o‘zi o‘qima­
gani uchun butun orzu­umidini menga tikkan. 
Litseyni bitirganimdan keyin meni oliy ma’lumot 
olish uchun chet elga yubormoqchi. Shu xususda 
hozirdanoq dadam bilan oyimning murosasi ke­
lishmay turibdi. Oyimning meni yuborgani ko‘ngli 
yo‘q, sog‘inib qolaman, deydi.
Bilmadim, senga qanday­ku, lekin mening 
nazarimda vaqt juda sekin o‘tayotganga o‘xshaydi. 
Katta imtihonlarga necha kun qolganini hisoblab 
yurish uchun o‘zimga qo‘lbola kalendar qilib olgan­
man. Yakshanba va kanikullar hisobga olinmasa, 
imtihonlarga ko‘pam vaqt qolgani yo‘q. Lekin har 
holda kunlar imillab o‘tyapti­da.
Senga hamisha shod­xurramlik va sihat­salo­
matlik tilayman.
Ahmad Tarbay,
Istanbul, 30-noyabr, 1963-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish