SENDAN BUNI KUTMAGAN EDIM
Ahmad!
Menga kanda qilmay xat yozib turganing uchun
rahmat. Eng so‘nggi xatingni o‘qir ekanman, qiziq-
qiziq voqealar faqat senda uchrar ekanda, deb
o‘ylab qoldim. Yoki sen bularni ataylab bo‘rttirib
yozyapsanmi? Har gal xatlaringni zavq bilan o‘qib
chiqaman. Endi men ham qo‘limdan kelganicha
sendan o‘rganishga harakat qilaman.
O‘tgan kuni bizning sinfimizda ham qiziq bir
hodisa ro‘y berdi. Tanaffusga chiqqanimizda rosa
miriqib kuldik. Darsda kulishga imkon bo‘lmadi,
47
«Ona tarbiyasi»
chunki o‘qituvchimiz haddan tashqari jig‘ibiyron
bo‘lgan edi.
Menga taqlid qilmoqchi bo‘lib, haqiqatni bo‘rt
tirib yozyapti, deb o‘ylama. Men bor gapni oqiz
maytomizmay aytib beraman. Ichimdan hech nar
sa qo‘shmaslikka harakat qilaman.
Dastlab men seni shu voqeaning qahramoni bi
lan tanishtirib o‘tay.
Sinfimizda Usmon degan bir bola bor. O‘zi a’lo
chi. Hisobga ayniqsa usta. Hamisha saranjom
sarishta yuradi. Dovotida nuqul rangbarang qa
lamlar bo‘ladi, hammasining uchi silliq qilib ochil
gan. Nega uning qalamlari hecham sinmaydi, deb
hayron bo‘laman. Men bunday qilolmayman. Qa
lamlarim o‘zidan o‘zi yerga tushib sinaveradi. Ke
rak bo‘lib qolganida papkamdan birorta ham uchi
butun qalam topolmayman. Oyim shunisiga ham
shukur qil, deb meni yupatadi. Chunki opam o‘qi
ganda papkasida umuman qalam turmas ekan,
doim yo‘qotib yurarkan. Demak, men opamga qa
raganda ancha sarishta ekanman.
Usmonning yozma ishlari biram ko‘rkam bo‘la
diki! Harflari marvarid donasiga o‘xshab alohida-
alohida ajralib turadi. Yozma ishining har bir beti
ni rangli qalam bilan chiroyli qilib bezaydi. Ko‘rgan
kishining havasi keladi. O‘qituvchimiz uning ish
larini hamisha bizga o‘rnak qilib ko‘rsatadi. Men
ham Usmonga o‘xshab chiroyli va ozoda yozmoq
chi bo‘lamanu nuqul xatim surkalib, siyohlar
chaplashib ketadi.
Sizlarda qandoq, bilmadimu, ammo bizning
o‘qituvchimiz xudoning bergan kuni sinfda yozma
ish o‘tkazadi. Bu ham yetmagandek, kunora uyga
48
Aziz Nesin
har xil savollar berib yuboradi. Bularga ham yoz
ma javob berishimiz kerak.
Bir kuni Usmon:
– O‘qituvchi hamma yozma ishlarimizni o‘qishi
ga ko‘zim yetmaydi, – deb qoldi.
Men hayron bo‘ldim.
– O‘qimaydigan bo‘lsa, nega bizni ovora qiladi?
Usmon fikrida qat’iy turib oldi.
– Xo‘sh, o‘qimasligini nima bilan isbot qilasan? –
luqma tashladi bir bola.
– Ko‘rinib turgan narsa bu. Mana, xomcho‘t qilib
ko‘raylik. Har kuni bir marta yozma ish o‘tkaza
dimi?
– To‘g‘ri, – bir og‘izdan tasdiqladi hamma.
– Kunora uyga ham yozma ish berib yubora
dimi?
– Shundoq.
– Mana endi hisoblab ko‘ramiz. Sinfda nechta
o‘quvchimiz? Ellik ikkitami?
– Ha.
– Demak, o‘qituvchimiz bir kunda ellik ikki
ta inshoni o‘qib chiqishi kerak. Bundan tashqari,
kunora uyga ham vazifa beradi. Bir kunga yigirma
oltitadan to‘g‘ri keladi. Boyagi ellik ikkiga yigirma
oltini qo‘shsak, yetmish sakkiz bo‘ladi. Demak, bir
kunda yetmish sakkizta ishni o‘qib chiqishi ke rak
ekan. Qani, aytingchi, uyiga qaytgach, u yozma
ishlarimizni qachon ko‘ra boshlaydi?
– O‘zi biladi. Senga nima?
– Hisobga kerak axir. Bitta ishni necha daqiqada
ko‘rib chiqish mumkin?
Usmon darrov hisoblab chiqdi. Ma’lum bo‘lishi
cha, hamma yozma ishlarni ko‘rib chiqish uchun
kamida o‘n bir soat vaqt kerak bo‘larkan. O‘qituv
49
Do'stlaringiz bilan baham: |