FIDOYI BOLALAR
Qadrli Zaynab!
Xatingni olganimga ikki kun bo‘ldi. O‘sha kuni
yoq javob yozgim bor ediyu, lekin o‘qituvchi uyga
ko‘p vazifa berib yuborgani uchun ulgurolmadim.
Shunga ko‘ra endi javob yozyapman.
Yangi o‘qituvchi menga ma’qul bo‘lib boryapti.
Direktor sinfimizga kirganida, Damir nima hunar
ko‘rsatganini senga aytib bergan edim. O‘shan
da hammamiz Damirning sho‘ri quridi, deb o‘yla
gan edik. Yo‘q, o‘qituvchi unga hech qanday chora
ko‘rmadi. O‘zimning ham o‘takam yorilib yurgan
edi. Aksi bo‘lib chiqdi. Hozir u men bilan juda yax
shi munosabatda.
So‘nggi paytlarda fidoyilik mavzusi o‘qituv
chimizning og‘zidan tushmay qoldi. Fidoyilik haqi
da eshitganbilgan gaplarini aytib beradida, keyin:
– Xo‘sh, buni qandoq tushundinglar? Bu haqda
nima deysiz? Qissadan hissa nima? – deb bizdan
fikr so‘raydi.
39
«Ona tarbiyasi»
O‘qituvchimizga men nega ma’qul kelib qol
ganimning sirini aytaymi? Men hamisha uning
ko‘nglidagi gapni topib aytaman – qissadan chi
qadigan hissani topib gapiraman. U hikoyasini
boshlashi bilanoq ko‘zlangan muddaoni sezib ola
manda, so‘raganda darrov javobni yopishtiraman.
Bundan u juda mamnun. Har safar javobidan
keyin: «Ofarin, Ahmad!» deb qo‘yadi, so‘ngra:
– Sizlar ham hayotda mana shunday fidoyi
bo‘linglar, bolalar! – deb butun sinfga o‘git beradi.
Kunlardan birida shu mavzuda qattiq tortishib
qoldik.
O‘qituvchining ko‘ngliga qarab javob beraverish
meni nihoyatda zeriktirib yubordi. Bir hikoya aytib
bergan edi, shuni o‘z bilganimcha ta’riflamoqchi,
bu haqda o‘z fikrimni bildirmoqchi bo‘ldim.
Bunisi ham fidoyilik haqida edi. Men senga
uning qisqacha mazmunini gapirib beray.
Urush payti. Qishloq maktabi. Qishloqda biz
ning askarlarimiz turibdi. Biz tengi bir bola dush
manni ko‘rishi bilan askarlarimizga xabar qili
shi kerak. U shu haqda topshiriq oladi. Bola bir
daraxtga chiqib olib, kuzatib turadi. Uzoqdan
dushman ko‘rinadi. Bolakay shoshapisha yerga
tushib, qishloq tomonga yuguradi. Yo‘lda o‘q yeb
yaralanadi. Ammo shunga qaramay chopib keta
veradi. Qishloqqa yetib olgach, komandirga dush
man kelayotganini aytadi va yiqiladi. Shu yerning
o‘zida joni uziladi.
– Qani, Ahmad, tur o‘rningdan, – dedi o‘qituvchi
odati bo‘yicha. – Xo‘sh, bu hikoyaning biz uchun
qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?
– Oldin bitta savolim bor, afandim, – dedim
o‘rnimdan turib. – Shu voqea chindan ham bo‘lgan
40
Aziz Nesin
mi o‘zi yoki fidoyilikka namuna sifatida uni katta
lar ichidan to‘qiganmi?
O‘qituvchi mendan buni kutmagan edi. Shuning
uchun ancha dovdirab qoldi. Nima deyishni bilmay
biroz o‘ylanib turgach:
– Bu bilan nima demoqchisan? – dedi jahl ara
lash. – Birov buni ichidan to‘qiganmi yoki bo‘lgan
voqeami – senga buning nima daxli bor?
– Agar shu bo‘lgan voqea bo‘lsa, ishonish qiyin.
– Nimaga?
– Dushmanni kuzatib turish – bu muhim top
shiriq. Kelibkelib o‘n bir yashar bolaga shu ish
topshiriladimi? Nima, boshqa odam yo‘qmidi? Men
shunisiga hayron bo‘lib turibman. Qolaversa, bo
lalarning kelajagi uchun hayotmamot jangi ke
tayotgan bir paytda yosh bolaga harbiy topshiriq
berib, uni...
– Bu shunchaki badiiy bir hikoya, albatta, – dedi
o‘qituvchi so‘zimni bo‘lib. Keyin butun sinfga mu
rojaat qildi: – Xo‘sh, Ahmadning gapi to‘g‘rimi? Siz
lar nima deysiz?
Qiychuv ko‘tarildi. «Noto‘g‘ri, noto‘g‘ri», degan
ovozlar eshitildi.
Chingiz degan bola dik etib o‘rnidan turdi.
– Bizlar ham fidokor bo‘lmog‘imiz kerak, afan
dim. Hikoya bizni shunga o‘rgatadi.
Xuddi aqlli gap aytganday kerilib menga qarab
qo‘ydi.
Mening yonimni olgan yolg‘iz Damir bo‘ldi.
– Men ham Ahmadning fikriga qo‘shilaman,
afan dim.
O‘qituvchi yana butun sinfga yuzlandi:
– Qani, aytinglarchi, nima uchun Ahmad bilan
Damirning fikri boshqa?
41
Do'stlaringiz bilan baham: |