Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

HALI YOSHLIK QILASAN
Zaynab!
Xatingni o‘qir ekanman, yig‘lashimniyam, 
kulishimniyam bilmay qoldim. Dugonang Hikmat­
ga qattiq achindim. U bechoraning ahvoli nima ke­
chadi endi? Oilasida biror yangilik ro‘y bersa, men­
ga ham xabar qil, bilay.


66
Aziz Nesin
Baxt degan narsa qiz yoki o‘g‘il bo‘lib tug‘ilish­
ga bog‘liq ekani ilgari hecham xayolimga kelmagan 
ekan. Shuning uchun dadamdan fikr so‘radim. 
Dadam buni uzoq tushuntirib berdilar. Gaplari­
ning asosiy mazmuni shu bo‘ldi: o‘rtada hech qan­
day farq yo‘q, insoniyat erkak va ayoldan tashkil 
topgan.
– Gapingiz to‘g‘ri, dada, – dedim. – Ammo siz qiz 
bola bo‘lishni xohlarmidingiz?
Dadam o‘shqirib berdi:
– Bu nima bema’nilik!
Nimaga jahli chiqqanini tushunolmadim. Go‘yo 
hozir dadam qayta tug‘iladiganday. Ayni shu savol­
ni oyimga ham berdim.
– Koshkiydi erkak bo‘lib tug‘ilsam, – dedi u uh 
tortib.
Kecha o‘qituvchimiz bizni muzeyga olib bordi. 
Qaytishimizda undan ham shuni so‘radim.
– Nega so‘rayapsan buni? – hayron bo‘ldi u.
Men bor gapni aytib berdim.
– Bu – kattalarning ishi, sen hali tushunmay­
san, qo‘y bu gapni, – dedi u oxiri.
Shunaqa gapni eshitsam, qonim qaynaydi. Bizni 
nuqul hech narsaga aqli yetmaydi, deb o‘ylashadi.
Bir kuni uyimizda qiziq gap bo‘ldi. Ukam nima­
nidir tushunmay dadamdan so‘radi. Dadam bo‘lsa:
– Sen hali yoshsan, bunday narsalarga tu­
shunmaysan, – deb qo‘ya qolgan edi, ukam yana 
qistalang qildi:
– Siz tushuntirishga urinib ko‘ring, dada, tushu­
nib qolarman balki.
Dadam uning gapini hali­hali eslab qo‘yadi.
Men bir narsaga hayronman. Kattalar biror gap­
ni tushuntirib berish o‘rniga nega bizga nuqul: 
«Hali yoshsan, aqling yetmaydi», deyisharkin­a?


67
«Ona tarbiyasi»
Yaqinda qiziq bir gap bo‘ldi. Mana eshit, gapirib 
beraman.
Oyim ukamni olib qo‘shnilarnikiga chiqibdi. Bir 
gala xotin­xalaj o‘tirgan ekan. Shulardan biri ho­
milador bo‘lib, bola ko‘rishni istamas ekan. Ham­
ma o‘z bilganicha unga maslahat beribdi. Ukam 
bularning gapiga parvo qilmay bir burchakda tinch­
gina o‘ynab o‘tirgan ekan, bir juvon: «Hoy ovsin, 
yosh bola bor­a, eshitib qolmasin tag‘in», debdi. 
Ukam bu gapni eshitib, qulog‘ini ding qilibdi. «E, 
parvo qilmang, go‘dak narsa nimani tushunardi», 
debdi ikkinchisi. Bu gap ukamga qattiq bo tibdi. 
O‘yinchoqlarini o‘ynab o‘tirgan bo‘lib, hamma gap­
ni eshitib olibdi. «Qo‘ying, eshitib qoladi», «Eshitgan 
bilan baribir tushunmaydi, aqli kirdi­chiqdi hali», 
degan gap­so‘zlar ham qulog‘iga chalinibdi.
Keyin bilsak, ukam hamma narsaga aqli yetishini 
ko‘rsatib qo‘yish uchun payt poylab yurgan ekan.
Tunov kuni uyimizga mehmonlar kelishdi. Ham­
ma o‘tirgan edi, ukam mehmonlardan biriga qarab 
to‘satdan:
– Homilador ekansiz­a, xola? – deb qolsa bo‘la dimi.
– Shunday, o‘g‘lim, – dedi boyagi juvon o‘ng‘aysiz­
lanib.
– Endi tug‘asizmi?
Dadam bilan oyim ko‘z urishtirib olishdi. Ukam 
hamma narsaga aqli yetishini isbotlamoqchi bo‘ldi 
shekilli, yana valdiray boshladi:
– Bitta xolani ko‘rdim, qorni katta­yu, lekin 
tug‘mayman, dedi. Oyi, to‘g‘rimi gapim?
Oyim lavlagidek qizarib ketdi. Bu noqulay ah­
voldan chiqish uchun erkaklar gapni boshqa yoq­
qa burishdi. Lekin ukamning jag‘i tinmadi.


68
Aziz Nesin
Hamma eshitgan gaplarini oqizmay­tomizmay 
so‘zlab berdi:
– Bas endi, jim bo‘l! – jerkib berdi oyim.
Ukam yana javray ketdi. Eshitgan-bilgan nar­
salarini to‘kib soldi. Mehmonlar kulishgan bo‘ldi. 
Oxiri oyim uni qo‘lidan ushlab, narigi xonaga olib 
ketdi. Ukam ho‘ng­ho‘ng yig‘lab:
– Ha, hech narsaga tushunmas ekanmanmi... 
Hammasiga aqlim yetibdi­ku... Nimaga meni tu­
shunmaydi deysizlar, – deb uyni boshiga ko‘tardi.
Oyim ukamni tinchitgach, xonaga qaytib kirdi.
– Shu zamonning bolalariga hayronman. Hamma 
narsaga aqli yetadi­ya, – dedi boyagi juvonning eri.
Men oldinroq lip etib o‘rnimdan turib ketgan 
edim.
To‘g‘risini aytsam, ukamning bu qilig‘idan ko‘p 
xursand bo‘ldim.
Dars paytida o‘qituvchimiz men nima xayolda 
o‘tirganimni sezganday:
– Yurtimizda respublika e’lon qilingach, erkak­
lar bilan ayollar teng huquqqa ega bo‘ldi. Endi har 
sohada ularning huquqi teng, o‘rtada zarracha 
farq yo‘q, – dedi.
Bu gap Yasharning erkaklik nafsoniyatiga og‘ir 
botdi.
– Hecham farq yo‘qmi?
– Aslo.
– Rostdanmi?
– Ha! – o‘shqirdi o‘qituvchi.
– Unday bo‘lsa, nimaga «Xotin­qizlarning huquqini 
himoya qilish jamiyati» tuzilgan? Nega erkaklarniki 
yo‘q? Oyim shu jamiyatga a’zo, bilaman buni.
Befarosat Nash’a luqma tashladi:
– Jonivorlarni himoya qiladigan jamiyat ham 
tuzilgan...


69
«Ona tarbiyasi»
Uyga qaytayotganda ham nuqul shu haqda 
gaplashib keldik.
Kechki ovqatdan keyin dadam gazeta o‘qib o‘tir­
gan edi. E’longa ko‘zim tushdi. Yangi kazino ochilib­
di. Striptizga tushadigan xotinlarning yalang‘och 
rasmi ilova qilingan.
– Dada, erkaklar nega striptiz o‘ynamaydi?
Dadam gazetani bir chekkaga uloqtirib, menga 
g‘alati qilib tikildi.
– Esing joyidami, o‘g‘lim? Erkak kishiga balo 
bormi striptiz o‘ynab?!
– O‘qituvchimiz erkaklar bilan ayollar teng 
huquqli bo‘lgan, deb aytdi­ku axir. Huquq teng 
bo‘lgandan keyin erkaklar ham striptiz tushi shi 
kerak­da.
– Er kishining yo‘rig‘i boshqa, o‘g‘lim. Har hol­
da erkak bilan xotin kishining o‘rtasida qandaydir 
farq bo‘lishi kerak.
Ish tikib o‘tirgan joyida oyim gap tashladi:
– Nimasini aytasiz. Erkak kishi kechasi bilan 
ko‘chada sang‘ib yursa, hech kim hech narsa de­
maydi. Ayol kishi qilsa­ya, shu ishni... Darrov bad­
nom bo‘ladi. Bunisiga nima deysiz? To‘g‘rimi shu?
Dadam bilan oyim gap talashib qolishdi.
Menga bergan savoling haqida ko‘p o‘ylab 
ko‘rdim. Tagiga yetolmadim. Kimdan so‘ramay, 
tuzukroq javob ololmadim. Menimcha, ayol kishi­
ning ham, erkak kishining ham o‘ziga yarasha 
baxti bor. Tarixda juda ko‘p oqila, buyuk ayollar 
o‘tgan. Agar shu ayollardan: «Erkak bo‘lib tug‘i-
lishni istarmidingiz?» deb so‘ralganida nima deb 
javob bergan bo‘lishardi, bilasanmi? Chamamda, 
yo‘q, istamayman, degan bo‘lardi. O‘g‘il yoki qiz 
bo‘lib tug‘ilishning ahamiyati yo‘q. Eng muhimi – 


70
Aziz Nesin
har kim o‘zidan, o‘z ishidan rozi bo‘lsin. Baxt mana 
shunda.
Senga chin yurakdan muvaffaqiyat tilayman.
Ahmad Tarbay,
Istanbul, 14-dekabr, 1963-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish