Aziz Nesin
qo‘shaqo‘sha idora va shirkatlarida bir talay me’mor,
muhandis, advokat, vrachlar ishlarkan.
– O‘qimagan ham ma’qul ekan. Xo‘sh, biz o‘qib
nima bo‘ldik? Oxiri shu savodsiz Zaynalbeyga kelib
yalindikda. Mana endi unga ishlayapmiz, – deydi
shunda dadam chuqur uh tortib.
Zaynalbeyning kaltabinligi hammaning og‘ziga
tushgan ekan. Bir payt u yonida odamlari bilan
Felemenkka safar qilgan ekan. Bu yerda u ancha
turib qolibdi.
Keyin jo‘nab ketishayotgan ekan, sheriklariga
qarab:
– Felemenk degani ham yaxshi mamlakat ekan,
menga juda yoqdi. Endi Gollandiyani bir borib
ko‘rish kerak, ajoyib joy deyishadi, – debdi.
Polshada ham xuddi shu voqea ro‘y bergan ekan.
– Men Polshaga keldik, desam, bu yer Lahiston
ekan-da. Endi shuning jazosiga Polshani ham bir
ko‘rib kelmasam bo‘lmaydi, – deb toza kulgi bo‘lgan
ekan.
Tunov kuni biznikida yana Zaynalbeyning us
tidan kulib o‘tirishgan edi, Metin to‘satdan:
– Bu odam shu qadar ahmoq, ishyoqmas, kal
tabin ekan, qandoq qilib boy bo‘lgan bo‘lmasa? –
deb gap qotib qoldi.
– Kattalarning ishiga yosh bolalar aralashmay
di, ayb bo‘ladi, – dedi oyim Metinga tanbeh berib.
– Sen hali yoshsan, bunaqa narsalarga
tu shunmaysan, – ochig‘ini aytdi dadam.
Opamni mana shu Zaynalbeyning o‘g‘liga
unashtirib qo‘yishdi. To‘g‘rirog‘i, ikkala tomon
quda bo‘lish haqida kelishib oldi.
Opamni hech ko‘rganmisan? Menga sirayam
o‘xshamaydi. Ya’ni men unga o‘xshamayman.
Juda barno qiz.
33
«Ona tarbiyasi»
Bu haqda bizlarga birov og‘iz ochgani ham yo‘q.
Opamning o‘ziyam churq etmadi. Ammo cha
lachulpa gaplarni eshitib yuribmiz. Uydagilar
g‘imirlab qolganini dastlab Metin sezdi. Oyim biror
yumush qilsayam og‘zidan ashula tushmaydigan
bo‘lib qoldi.
Opamning bo‘lsa boshi osmonda. Buni bizdan
yashirmoqchi bo‘ladiyu, lekin xattiharakati bilan
sirni oshkor qilib qo‘yadi.
– Eshitdingmi, opamizni yaqinda unashtiri-
sharmish, – deb qoldi bir kuni Metin.
– Yaxshi gap, unashtirishaverishsin.
– Kimgaligini bilasanmi?
– Kimga ekan? – o‘zimni go‘llikka solib so‘radim.
– Zaynalbeyning o‘g‘liga.
Indamagan edim, xafa bo‘ldi.
– Ha, eshityapsanmi? Zaynalbeyning o‘g‘liga
berisharmish.
– Xo‘sh, nima qipti? Nega achchig‘ing kelyapti?
– Nima qipti emisha! Bundan chiqdi, sen ham
ularning tomonida ekansanda?
– To‘yi bilan mening nima ishim bor.
Metin uyda hammadan ko‘ra ko‘proq mening
gapimga ishonardi. Shuning uchun battar tutaqib
ketdi.
– Nimaga ishing bo‘lmaydi? Men xohlamayman.
Bo‘lmagan gap bu!
Yana ko‘pirib ketmasligi uchun indamay qo‘ya
qoldim. Ukam ichidagi gaplarni to‘kib soldi:
– Zaynalbeyni o‘zlari nuqul ho‘kizga o‘xshagan
odam, kallasi yo‘q, deb aytishardiku! Nima, opam
ni kelibkelib shu ho‘kizning o‘g‘liga berishadimi?
– O‘g‘lining yo‘rig‘i boshqa.
– Ho! Nega boshqa bo‘larkan? Hatto litseyni ham
tugatolmaptiku. Otasi uyiga o‘qituvchi yollab,
34
Aziz Nesin
pulning kuchi bilan zo‘rg‘a guvohnoma olib bergan
ekan. Keyin o‘g‘liga endi o‘qishni yig‘ishtir, o‘g‘lim,
bo‘lmasa miyang suyulib, savdo ishiga yaramay
qolasan, debdi. Xo‘sh, yolg‘onmi shu? Dadamning
o‘rtoqlari aytishdi, o‘z qulog‘im bilan eshitganman.
– Bu gapni zinhor oyimga ayta ko‘rma, Metin.
Har holda kattalar bizdan ko‘ra ko‘proq narsani
bilishadi, – dedim uni bir oz sovitish uchun.
– Ha, bilaman, sen ham shularning yonini ola
san, – dedi Metin zarda qilib. – Ammo dadamga
hayronman.
– Nega?
– Nega emish! Bu qandoq gap o‘zi – ham Zaynal
beyni yomonotliq qilishadi, ham o‘shaning idorasi
da ishlashadi.
Metin shartta o‘girilib chiqib ketdi. Ko‘z yoshi
ni ko‘rsatgisi kelmadi, chamamda. Chunki oxirgi
jumlani gapirganida o‘pkasi to‘lib turgan edi.
O‘sha kundan boshlab Metin tamoman o‘zga
rib qoldi. Ilgarigidan ham bevosh, qo‘rs va badjahl
bolaga aylandi. Biror kun yo‘qki o‘qituvchilari un
dan shikoyat qilishmasin. O‘taketgan to‘polonchi,
yalqov bola, degan ta’nalar yog‘ilib ketdi. O‘qishi
juda pasayib ketibdi. Dadam qattiq tashvishga
tushib qoldi. Metinga yaxshilikcha nasihat qilib
ko‘rdi, birikki marta savalagan ham bo‘ldi, baribir
foydasi tegmadi. Buning ustiga Metin maktabdan
qochadigan odat ham chiqardi. Oyim uni ertalab
maktabga eltib qo‘yadi. Metin bo‘lsa u ketishi bilan
juftakni rostlaydi. Dadam ming shirin muomala
qilgani bilan u churq etmay yer chizib turaveradi.
Bir kuni uni gapga solib, ko‘nglidagilarni bilib
olmoqchi bo‘lgan edim:
– Bunaqa ishlarga sen aralashma, hali yoshlik
qilasan, – deb jerkib berdi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |