Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

«Ona tarbiyasi»
– Hammasini unutdim, – dedi Damir.
– Bo‘lmasa Amerika qanday kashf etilganini 
so‘zlab ber.
– Unutdim, afandim.
– Uyg‘onish davri deb nimaga aytiladi?
– Esdan chiqardim, afandim.
– Bu qandoq gap, hech narsa esingda qolmapti, 
– xunobi oshib dedi direktor. – Xo‘sh, nimani bila­
san o‘zi, shuni gapirib ber.
– Hozir hech narsa bilmayman. Bilganlarimni 
esdan chiqarib yubordim.
– Ha, nechuk?
– Yangi o‘qituvchimiz shunday dedilar, eski 
o‘qituv chingiz nimani o‘tgan bo‘lsa, endi hammasini 
unutib yuboringlar, deb aytdilar.
Direktor meni chaqirdi.
– Hindistonga dengiz yo‘lini birinchi bo‘lib kim 
ochgan?
Ana xolos! Aksiga olib, shu tobda kashfiyotchi-
ning ismini unutib qo‘yibman. Aslida tilimning 
uchida turibdi­yu, lekin hecham eslayolmadim. 
Damir boya jo‘rttaga aytgan bo‘lsa, men rostaka­
miga unutgan edim.
– Esimda yo‘q, afandim, – dedim oxiri noiloj. Di­
rektor ko‘zoynagining ustidan o‘qituvchiga bir qa­
rab qo‘ydi­da, indamay sinfdan chiqib ketdi. Go‘yo 
hech nima bo‘lmaganday, o‘qituvchi darsni kelgan 
joyidan boshlab yubordi:
– Xo‘sh, yovuz Salim sultonga kelsak...
Tanaffusda bolalar Damir ikkovimizni o‘rab olib, 
tasanno aytishdi. Aslida esa Hindistonga dengiz 
orqali boradigan yo‘lni kim kashf etgani mutlaqo 
yodimdan ko‘tarilgan edi.


22
Aziz Nesin
Mendagi bu parishonxotirlik kasali boshimga 
yana ko‘p savdolar soldi. Mana, yana bir shingilini 
eshit. Juda sharmanda bo‘ldim.
Voqea bunday bo‘ldi. O‘zing bilasan, maktabda 
ota­onalar kengashi, oila – maktab ittifoqi degan 
narsa bor. Bir kuni ota­onalar majlisidan keyin 
qo‘lbola konsert qo‘yib berishga ahd qildik. Menga 
deklamatsiya qismini topshirishdi.
Ilgarigi o‘qituvchimiz bir darsda qo‘yni juda maq­
tab gapirgan edi. Qo‘y g‘oyat foydali jonivor, sut 
beradi, yog‘ qiladi, go‘shti lazzatli bo‘ladi, junidan 
matolar to‘qiladi, terisidan issiq po‘stin chiqadi, 
suyaklarida ilik bo‘ladi, uning qiyi o‘g‘itning zo‘ri 
hisoblanadi, deb aytgan edi.
O‘sha kuni darsdan chiqiboq bitta she’r yozib 
tashlagan edim. Mana o‘sha she’rim:
QO‘Y
Dumbasi bor jiqqa moy,
Yelini-chi, sutga kon.
Mayingina juni bor,
Kiyimbop ekan obdan.
Sop chiqadi shoxidan,
Go‘shti – lazzat uyasi, 
Terisi po‘stin berar, 
O‘gitman, der qiyisi. 
Ko‘klam kelsa qo‘zilar, 
Suyakka ilik to‘plar.
Yozgan she’rim avvalgi o‘qituvchimizga juda 
ma’qul bo‘lgan edi. U, ota­onalar majlisidan keyin 
konsert bo‘ladi, o‘shanda albatta o‘qib berasan, 
deb tayinladi.


23
«Ona tarbiyasi»
O‘zimda yo‘q suyunib ketdim. Shundan keyin 
she’rni puxta yodlab olmoqchi bo‘ldim. Besh­olti 
kungacha shu ish bilan ovora bo‘ldim. Maqsad – 
o‘zim yozgan she’rni konsert paytida sharillatib 
o‘qib berish edi. Ammo omadim kelmadi – meni 
konsertga chiqarmoqchi bo‘lgan o‘qituvchimiz lop 
etib boshqa maktabga ishga o‘tib ketdi. Uning 
o‘rniga kelgan yangi o‘qituvchi mening tayyorgar­
ligimdan xabar topgan ekan, she’rni o‘z qulog‘i bi­
lan eshitmoqchi bo‘ldi. O‘qib berdim.
– Bu she’ring mutlaqo yaramaydi, – dedi u. – Il­
gari o‘qigan narsalarni miyadan chiqarib tashlang­
lar, deb aytgan edim­ku, axir. Boshqa she’r bera­
man, konsertda shuni yodlab berasan.
U menga o‘qish kitobini ochib, «Vatanim» degan 
she’rni ko‘rsatdi:
– Mana shuni yodlab ol. Konsertda yaxshilab 
o‘qib berasan!
Ammo yodlashga vaqt qani! Majlis ertaga belgi­
langan. Bir kunda uni yodlab bo‘ladimi. «Vatanim» 
she’rini sen bilsang kerak. O‘qish kitoblarimiz bir 
xil bo‘lsa, o‘sha sahifani ochgin, ko‘rasan. Topol­
masang, mana o‘qib ko‘r:
VATANIM

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish