Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

 ONA TARBIYASI 
O‘n yashar bola edim. Istanbulning Sulaymo­
niya mahallasida, ikki qavatli eski uyning bir xo­
nasida oilamiz bilan ijaraga turardik. Targ‘il ismli 
bir mushugimiz bo‘lardi. O‘sha kezlari u bolalagan 
bo‘lib, faqat bittasi tirik qolgan edi.
Targ‘il nechog‘lik och qolmasin, uydagi narsalar­
ga hecham ko‘z olaytirmasdi. Aslida esa o‘zi uchiga 
chiqqan o‘g‘ri edi. Allaqayerlardan go‘sht o‘marib, 
uyga tashigani tashigan edi. Bir kuni og‘zida katta 
bir bo‘lak go‘sht bilan zo‘rg‘a zinadan chiqib, uni 
dahlizga qo‘ydi­da, miyovlab bolasini chaqirdi. Bo­
lasi kelgach, go‘shtni yerdan olib, o‘zi doim ovqat 
yeydigan tog‘orachaga soldi. Mushukcha go‘shtga 
tashlanib, apil­tapil yeya boshladi. Targ‘il yerga 
cho‘zilib, tamshanib qo‘ydi.
U paytlarda biz yerga ko‘rpacha to‘shab, pastak­
kina xontaxta atrofida ovqatlanardik. Kunlardan 
birida dasturxon atrofida o‘tirgan edik. Targ‘il oyim 
bilan mening o‘rtamga kelib yotib oldi. Birozdan 
keyin yoniga bolasi keldi. Lekin u onasiga o‘xshab 
jimgina yotish o‘rniga boshini dasturxonga cho‘zib, 
ustidagi narsalarni iskay boshladi. Bu ham yetma­
gandek, oldingi oyog‘ini dasturxonga qo‘ydi. Bo­
lasi beso‘roq bir nima olmoqchi bo‘lganini sezgan 
Targ‘il darhol oyoqqa turdi. Xuddi quloqsiz bola­
sining ta’zirini berib qo‘ymoqchi bo‘lgan onalarga 
o‘xshab, bir oyog‘i bilan mushukchaning boshiga 
tushirdi, uni urib­urib xontaxtaning tagiga kiritib 
yubordi. O‘sha voqeadan keyin mushukcha das­
turxonga oyoq uzatganini qayta ko‘rmadik.
Miad Hakimov tarjimasi


199
«Ona tarbiyasi»
CHUMCHUQ OVI
Advokat do‘stim Urxon Opoydin bir kuni gap 
orasida:
– Men ham bir marta yozuvchilik qilganman, – 
deb qoldi.
– Qanday qilib? – so‘radim men.
U hikoya qilib berdi.
– Boshlang‘ich maktabda, taxminan uchin­
chi sinfda o‘qib yurgan paytlarim edi. Yakshanba 
kunlari dalaga chiqib, maza qilib o‘ynab kelardik. 
Asosiy ermagimiz rogatka (sopqon)ga tosh solib 
otish edi. Ana shunday kunlardan birida Burxon 
akam bilan o‘ynab yurib, qush ovlashga jazm qil­
dik. Re zinka rogatkaga mayda toshlardan qo‘yib, 
qushlarni poylab otamiz, hecham tegmaydi. Bir 
payt qo‘q 
qisdan ro‘paradagi daraxtdan bir gala 
chumchuq «pir» etib osmonga ko‘tarildi. Burxon 
akam darhol rezinkani cho‘zib turib bir otgan edi, 
bitta chumchuq «tap» etib yerga tushdi. O‘qimiz 
nishonga tegishini kutmagan ekanmiz shekil­
li, ikkovimiz ham esankirab qoldik. Keyin chum­
chuqning tepasiga yugurib bordik. Jon talvasasi­
da tipirchilab, to‘lg‘anib yotgan qushchani ko‘rib, 
ikkovimiz bexosdan yig‘lab yubordik. Chumchuq 
boyoqish uchay desa ucholmas, qochay desa qo­
cholmasdi. Hali tirik edi. Bu dahshatli o‘lim azo­
bi bir­ikki daqiqa davom etgan bo‘lishi mumkin, 
ammo mening nazarimda u cheksizday tuyulardi. 
Chumchuq yotgan joyida tipirchilagan sari biz bat­
tar ho‘ngrab yig‘lardik. Oxiri u qimirlamay qo‘ydi. 
Qushchaning joni uzilgan bo‘lsa ham, aka­uka ik­
kovimiz hamon ho‘ng­ho‘ng yig‘lardik. Men uning 
o‘limiga sababchi bo‘lgan rogatkani olib uloqtirib 


200
Aziz Nesin
yubordim. Burxon akam qo‘li bilan yerni timda­
lab, chumchuqqa go‘r ochdi. Yig‘i­sig‘i bilan uni 
ko‘mdik. Shundan keyin ikkovimiz bir og‘iz churq 
etmay, xo‘rsina­xo‘rsina uyga qaytdik.
Ertasi kuni sinf o‘qituvchimiz erkin mavzuda in­
sho yozishni buyurdi. Men o‘zimga g‘oyat ta’sir qil­
gan mana shu voqeani bayon qilib berdim. O‘qituv­
chimiz inshoyimni o‘qib chiqqach, juda maqtadi, 
ko‘klarga ko‘tardi. Xullas, mening umrimda birin­
chi marta yozgan asarim shu bo‘ldi.
Miad Hakimov tarjimasi

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish