£он томирлар тизимининг умумий анатомияси


-rasm. Yurak qorinchalarining miokard qavatlari



Download 458,5 Kb.
bet3/37
Sana29.03.2022
Hajmi458,5 Kb.
#515288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 3

102-rasm. Yurak qorinchalarining miokard qavatlari.

1-chap fibroz halqadan o‘ng qorinchaga boruvchi tolalar; 2-o‘ng qorincha devorini yuzaki bo‘ylama qavati; 3-yurak girdobi; 4-chap qorinchani chuqur bo‘ylama qavati; 5-chap qorinchani o‘rta qavati;


6-chap qorinchani yuza qavati.

ko‘ndalang targ‘il mushagidan tuzilgan bo‘lib, ularning qisqarishi odam ixtiyoridan tashqariligi bilan skelet mushaklaridan ajralib turadi. Bu mushak hujayralarining o‘zaklari markazda joylashgan bo‘lib, o‘zaro sintsitiylar hosil qilgan holda birikib mushak to‘rini hosil qiladi. Bo‘lmacha va qorinchalar miokardi o‘zaro tutashmagan. Ular o‘ng va chap atrioventrikulyar tirqishni o‘ragan o‘ng va chap fibroz halqalardan (annuli fibrosi dexter et sinister) boshlanadi. Bo‘lamachalar miokardi ikki: 1. Yuza qavati ikkala bo‘lmacha uchun umumiy ko‘ndalang tolalardan iborat. 2.Chuqur qavati har bir bo‘lmacha uchun alohida, bo‘ylama yo‘nalishdagi mushak tolalaridan iborat. Bo‘ylama tolalar fibroz halqadan boshlansa, aylanma tolalar bo‘lmachaga quyilgan venalarni o‘rab turadi.


Qorinchalar miokardi turli yo‘nalishdagi uch qavatdan iborat. Tashqi qiyshiq qavat fibroz halqadan boshlanib, yurak uchida yurak girdobi (vortex cordis)ni hosil qilib, ichki bo‘ylama qavatga o‘tib ketadi. So‘rg‘ichsimon mushaklar va mushak trabekullari shu qavat mushaklari hisobiga hosil bo‘ladi. Bu ikkala qavat qorinchalar uchun umumiy. Ular o‘rtasida joylashgan aylanma qavat esa qorinchalar uchun alohida. Qorinchalararo to‘siq shu qavat mushak tutamlaridan iborat.
Yurak devorining tashqi qavati epikard (epicardium) miokardni ustidan qoplab turuvchi yurak xaltasining visseral varag’idan iborat. U yupqa biriktiruvchi to‘qima qatlami bo‘lib, mezoteliy bilan qoplangan. Epikard yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomirlarni o‘rab, perikardning parietal varag‘iga o‘tib ketadi.
Yurakning o‘tkazuvchi tizimi. Yurak miokardining ritmik ravishda qisqarishini uning o‘tkazuvchi tizimi boshqarib turadi. Yurakning o‘tkazuvchi tizimi qo‘zg‘alishini yurak nervlaridan bo‘lmacha va qorinchalar miokardiga o‘tkazib berish xususiyatiga ega atipik mushak tolalaridan iborat. Ular tarkibida miofibrillar kam, sarkoplazmasi ko‘p bo‘ladi. Yurakning o‘tkazuvchi tizimi quyidagilardan iborat.
1.Sinus-atrial (Kis-Flek) tuguni (nodus sinatrialis) o‘ng bo‘lmacha devorida yuqori kovak vena teshigi bilan o‘ng quloqcha o‘rtasida joylashib bo‘lmachalar miokardiga tolalar beradi.
2.Bo‘lmacha-qorincha (Ashoff-Tavar) tuguni (nodus atrioventricularis) bo‘lmachalararo to‘siqning pastki qismida joylashgan. Pastga tomon tugun hujayralarining o‘simtasi bo‘lmachalar va qorinchalar miokardini bog‘lab turuvchi bo‘lmacha-qorincha (Gis) dastasini (fasciculus atrioventricularis) hosil qiladi. Qorinchalararo to’siqni mushak qismida bu dasta o‘ng va chap oyoqchalarga (crus dextrum et sinistrum) bo‘linib, qorinchalar miokardida tugaydi.
Yurak qon tomirlari. Yurakni ko‘tariluvchi aortaning kengaygan qismidan boshlanuvchi o‘ng va chap tojsimon arteriyalar qon bilan ta’minlaydi. Yurak arteriyalari yarimoysimon qopqoqlar sinuslari sohasidan boshlangani uchun qorinchalar qisqargan vaqtda ularning teshigini qopqoqlar tabaqasi berkitadi. Shuning uchun ularga qon qorinchalar bo‘shashgan vaqtda o‘tadi.
O‘ng tojsimon arteriya (a. coronaria dextra) yarimoysimon qopqoqning o‘ng tabaqasi sinusi sohasidan boshlanadi. O‘ng quloqcha ostidan o‘tib toj egatda yotadi. Yurakning o‘ng o‘pka yuzasini aylanib otib, uning orqa yuzasi bo‘ylab chapga yo‘naladi va chap tojsimon arteriyaning aylanib o’tuvchi shoxi bilan anastomozlashadi. Uning yirik tarmog‘i orqa qorinchalararo shox (r.interventricularis posterior) o‘z nomidagi egat bo‘ylab yurak uchigacha boradi. O‘ng tojsimon arteriya tarmoqlari o‘ng bo‘lmacha va qorincha devorini, o‘ng qorincha so‘rg‘ichsimon mushaklarini, qorinchalararo to‘siqning orqa qismini, sinus-atrial va bo‘lmacha-qorincha tugunlarini qon bilan ta’minlaydi.
Chap tojsimon arteriya (a. coronaria sinistra) yarimoysimon qopqoqning chap tabaqasi sinusi sohasidan boshlanib ikki shoxga: qorinchalararo va aylanib o‘tuvchi (r.interventricularis anterior et r.circumflexus) shoxga bo‘linadi. Aylanib o‘tuvchi shox chap tojsimon arteriyaning bevosita davomi bo‘lib, tojsimon egatda yotadi va o‘ng tojsimon arteriya bilan anastomozlashadi. Oldingi qorinchalararo shox o‘z nomidagi egat bo‘ylab yurak uchiga yo‘naladi va orqa qorinchalararo arteriya bilan anastomozlashadi. Chap tojsimon arteriya tarmoqlari chap qorincha devorini va so‘rg‘ichsimon mushaklarni, qorinchalararo to‘siqni katta qismini, o‘ng qorinchaning oldingi devorini va chap bo‘lmacha devorini qon bilan ta’minlaydi. O‘ng va chap tojsimon arteriya tarmoqlari ikkita: tojsimon egatda yo‘nalgan ko‘ndalang, oldingi va orqa qorinchalararo egatda joylashgan bo‘ylama anastomoz hosil qiladi.
Yurak venalari son jihatidan arteriyalarga nisbatan ko‘p. Ularning asosiylari yig‘ilib, bitta umumiy tojsimon sinusni (sinus coronarius) hosil qilib, o‘ng bo‘lmachaga ochiladi. Tojsimon sinusga beshta vena quyiladi:
1.Yurakning katta venasi (vena cordis magna) ikkala qorinchaning oldingi yuzasi, qorinchalararo to‘siqdan, shuningdek chap bo‘lmacha va chap qorinchaning orqa yuzasidan qon yig‘ib, oldingi qorinchalararo va tojsimon egatda yotadi.
2.Yurakning o‘rta venasi (vena cordis media) yurak uchining orqa yuzasidan boshlanib, orqa qorinchalararo egat bo‘ylab ko‘tariladi.
3.Yurakning kichik venasi (vena cordis parva) yurakning o‘ng yarmidan qon yig‘ib, tojsimon egatda yotadi.
4.Chap qorincha venasi (vena posterior ventriculi sinistri) chap qorinchaning orqa yuzasidan qon yig‘adi.
5.Chap bo‘lmachaning qiyshiq venasi (vena oblique atrii sinistri) chap bo‘lmachaning orqa yuzasidan qon yig‘adi.
Tojsimon sinusga quyuvchi venalardan tashqari yurakda to‘g‘ri o‘ng bo‘lmachaga quyuvchi venalar ham bor. Bularga o‘ng qorinchaning oldingi devoridan qon yig‘uvchi (venae cordis anteriores) va yurakning 20-30 ta mayda (Tebeziev) venalari (vv. cordis minimae) kiradi.

Download 458,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish