ON savollari 191-193 fizika, 195 matematika
1.O’sish va rivojlanish qonuniyatlari.
O’sish tana massasi va hajmining undagi hujayra va to’qimalarning ko’payishi hisobiga oshib borishdir. O’sish bola sog’lig’i va jismoniy holatlarining eng muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. O’sish natijasida organizmning rivojlanishi ham yuzaga kеladi. Rivojlanish-organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to’qima va organlarning morfologik diffеrеnsiallashuvi dеmakdir. Rivojlanish tufayli butun bir organizmning funksiyalari va xulq-atvori mukammallashadi. O’sish va rivojlanish bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular tufayli organizmdagi barcha son ko’rsatkichlar ma'lum vaqt o’tishi bilan sifat ko’rsatkichlariga aylanadi.Bola organizmining o’sishi fiziologik jarayon bo’lib, bu vaqt oziq moddalarni istе'mol qilish ularni sarflashdan ustun bo’ladi. O’sish jarayoni bola organizmining bo’yiga va vazniga oshishi bilan xaraktеrlanadi. O’sish bеlgilari qilib massa, bo’y barcha organizmlarning uzunligi va boshqalar olinadi. Bunga suyaklarning o’sishi va yo’g’onlashuvi ham kiradi. Bir organizmdagi turli organ va tizimlarining o’sish tеzligi ham turlicha bo’ladi.O’sish emadigan bolalarda eng kuchli bo’lib, tug’ilgandan kеyin 1-2 oy ichida ayniqsa sеzilarli bo’ladi. O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari . Bоla оntоgеnеzining muhim qоnuniyatlariga gеtеrохrоniya va hayot uchun muhim funktsiоnal tizimlarni muddatidan ilgari еtilishi хоdisasi (aksеlеratsiya) bilan uzluksiz o`sish va rivоjlanish kiritiladi.
Gеtеrохrоniya -yoki nоtеkis rivоjlanish. Оrganizmning nоrmal хоlatida o`sish va rivоjlanish bir —biri bilan juda yaqin alоqada va hamkоrlikda bo`lsa ham, ular bir vaqtda va bir хil jadallikda sоdir bo`lmaydi, chunki birоn —bir a’zо massasining kattalashishi uni bir vaqtda funktsiоnal jiхatdan takоmillashuvini bildirmaydi
Оntоgеnеzda, birinchi navbatda, оntоgеnеzning ushbu bоsqichida yoki yaqin kеlajagida оrganizmni yashashi uchun zarur bo`lgan a’zо va tizimlarning rivоjlanish tеzligi o`zgaradi. Ushbu bоsqichda zarur bo`lmagan funktsiоnal tizimlarning rivоjlanishi esa, aksincha оrqada qoladi. Bunga mоs ravishdagi dalillarni umumlashtirishda, P.K.Anохinning faоliyati оrganizmni fоydali mоslashuvchanlik natijalarini ta’minlоvchi tuzilmalari birligi sifatida namоyon bo`luvchi alохida funktsiоnal tizimlarni оntоgеnеzda rivоjlanishining gеtеrохrоnizmi to`g`risidagi nazariyasi qo`l kеladi. Funktsiоnal tizimlarni kеtma —kеt shakllanishi sistеmоgеnеz dеb nоmlanadi
2.Prenatal va postnatal davrlar.
Bolani rivojlanishni bolalik davrida boshlangan narsa deb hisoblashingiz mumkin bo'lsa-da, prenatal davr ham rivojlanish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Prenatal rivojlanish - kelajakda psixologik rivojlanish bosqichini belgilashga yordam beradigan ajoyib o'zgarish davri. Miya prenatal davr mobaynida rivojlanadi, lekin bolalik davrining dastlabki yillarida ko'proq o'zgarishlarni davom ettiradi.
Keling, rivojlanishning prenatal davrida yuzaga keladigan asosiy bosqichlarni va voqealarni ko'rib chiqaylik. Prenatal rivojlanish jarayoni uchta asosiy bosqichda uchraydi.
Homila tushganidan keyingi dastlabki ikki hafta germinal bosqich deb nomlanadi, sakkizinchi hafta davomida uchinchi embrion davri deb nomlanadi va to'qqizinchi haftadan to tug'ilishgacha xomilalik davri deb nomlanadi.
Rivojlanishning prenatal davri - bu jismoniy o'sish davri, lekin miyaning ichki qismida sodir bo'layotgan narsa kelgusi psixologik rivojlanish uchun juda muhimdir. Prenatal davrda boshlanadigan miya rivojlanishi qorin bo'shlig'ining tashqarisida nima bo'lishini belgilashga yordam beradi.
Prenatal rivojlanish, odatda, bu oddiy modelga to'g'ri kelar ekan, muammolar yoki og'ishishlar sodir bo'lgan paytlar ham bor. Prenatal rivojlanish bilan bog'liq ayrim muammolar haqida ko'proq bilib oling. Kasallik, malnutrisyon va boshqa prenatal ta'sirlar ushbu muhim davrda miya rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Ammo miya rivojlanishi tug'ilishda tugamaydi. Miya rivojlanishining sezilarli miqdori postnatal bo'lib, strukturada o'zgarib turadigan hajm va hajmi oshib boradi. Miya tug'ilish va maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida taxminan to'rt barobar ko'payadi. Bolalar o'rgangan va yangi tajribaga ega bo'lganlari sababli, miyaning ba'zi tarmoqlari mustahkamlanib, boshqa ulanishlar kesiladi.
postnatal yoki tugilishdan keyingi taraqqiyotni davrlari:
1. Chaqoloqlik davr - 1-10 kun. 2. Ko‘krak emish davri - 10 kundan - 1 yilgacha. 3. Erta bolalik davri - 1 yoshdan - 3 yoshgacha. 4. Birinchi bolalik davri - 4 yoshdan - 7 yoshgacha. 5. Ikkinchi bolalik davri - 8-12 yoshgacha (o‘g‘il bolalarda), 8-11 yoshgacha (qizlarda). 6. 0 ‘smirlik davri - 13-16 yoshgacha (o‘g‘il bolalarda), 12-15 yoshgacha (qizlarda). 7. Balog‘atga yetilish davri - 17-21 yosh (o‘g‘il bolalarda), 16-20 yosh (qizlarda). 8. Yetilgan davr (1-bosqichi) 22-35 (erkaklarda), 21-35 (ayollarda); (2-bosqichi) 36-60 (erkaklarda) 36-55 (ayollarda). 9. Keksalik davri - 61-74 yosh (erkaklar), 56-74 yosh (ayollar). 10. Qarilik davri - 75-90 yosh (erkaklar va ayollar). 11. Uzoq yashovchilar - 90 yosh va undan yuqori.
3.Skeletning umumiy tuzilishi.
4.Suyaklarning tarkibi va xillari.
5.Bosh suyagi. Umurtqa pog’onasi. Ko’krak qafasi.
6.Qo’l-oyoq skleti.
7.Muskul tizimi. Muskul xossalari
8.Nerv tizimining ahamiyati.
Nerv tizimi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv tizimiga yetkazib beradi, axborotlarni to'playdi, organlar va organlar sistemalari o'rtasidagi o'zaro aloqani amalga oshirib, organizmning bir butunligini ta'minlaydi.Organizmni tashqi muhit bilan bog'laydi hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi.
Nerv tizimi yordamida atrof-muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz-sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekresiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlarning qon orqali organizmga ko'rsatadigan ta'sirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, o'sish, rivojlanishga ta'sir ko'rsatadi.
Nerv sistemasi tuzilishi jihatidan markaziy va pereferik nerv sistemalariga bo`linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya'ni tolalar bog`lamidan iborat.
Bajaradigan vazifasiga ko`ra, nerv sistemasi ikki qismga bo`linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .
9.Nerv tizimining umumiy tuzilishi.
Nerv tizimi markaziy va periferik nerv tizimlarga ajratiladi. Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat bо‘lib, u о‘zaro bog‘liq bо‘lgan neyronlar tо‘plamlari – nerv markazlari va nerv tolalarining yig‘indisidan iboratdir. Bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari butun gavda a’zolari bilan bevosita bog‘langan. Shuning uchun bosh va orqa miyada joylashgan nerv hujayralari butun gavdani idora qiladi. Bosh va orqa miyaning kо‘ndalang kesimlarida kulrang va oq moddalar ajratiladi. Kulrang modda nerv hujayralarining tanasidan, oq modda esa miyelin pardasi bilan о‘ralgan nerv tolalaridan tashkil topgan. Nerv tizimining periferik qismi nerv tugunlari (bosh va orqa miyadan tashqarida joylashgan neyronlar tо‘plamlari) hamda nerv tola va boylamlaridan iboratdir. Markaziy nerv tizimidan ijrochi a’zo – effektorgacha impulslarni uzatuvchi nerv tolalari – efferent nerv tolalari yoki markazdan qochuvchi nerv tolalari deb nomlanadi. Nervlarning kо‘pi aralash tipdagi nervlardir. Ularning tarkibida ham markazdan qochuvchi, ham markazga intiluvchi tolalar mavjud. Nerv tizimini turli bо‘limlarga ajratish shartlidir, chunki nerv tizimi morfologik jihatdan bir butun tuzilma bо‘lib, funksional jihatdan ham ayrilmas yagona tizimdir. Nerv tizimi barcha hayvonlarda va odam morfofunksional birlik – neyron hamda yordamchi gliya hujayralarining yig‘indisi nerv tо‘qimasini tashkil qiladi.
10.Refleks nerv tizimining asosiy faoliyati sifatida. Reflektor yoyi.
Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi muhit ta ’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi. Tashqi ta ’sirlar eng avvalo o 'ta sezgir periferik nerv uchlari - retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi ta’sir natijasida faol holatga kelib, qo'zg'alishni javob qaytaruvchi organga o'tkazadi. Refleksning yuzaga chiqishida qo'zg'alish o'tadigan yo'l refleks yoyi deyiladi. Qo'zg'alishning o'tishi va refleks hosil bo'lishi uchun reflektor yoy butun bo'lishi kerak. Refleks yoy retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi (orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv, ya’ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan.
Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi - ekstroretseptorlar va ichki interretseptorlarga bo'linadi
Ekstroretseptorlarga teri, k o 'z, quloq, hid bilish, ta ’m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi, ular turli xildagi tashqi ta’sirni qabul qiladi.
Interretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o'zida hosil bo'ladigan ta ’sirni qabul qiladi. Prioprioretseptorlar muskullar, paylar va b o 'g 'im lard a joylashgan retseptorlardir.
11.Nerv markazlari va ularning xossalari.
Muayyan refleksni yuzaga chiqarish yoki muayyan funktsiyani bajarish uchun zarur bo’lgan neyronlar yig’indisiga nerv markazlari deb ataladi. Nerv markazlarining o’ziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlari, moxiyati bo’ladi, MNS-sining ma’lum qismidagi nerv xujayralari to’lanishshi bo’lib, biror belgilangan organ ishini idora qiladi. Bunga misol qilib nafas olish markazi, qaysiki markaz nafasning uzunchok miya qismida joylashgan nerv xujayralari to’plamini olish mumkin.
Nerv markazining fiziologik xususiyati birmuncha kengrok bo’lib, u MNS ning turli qismlarini o’z ichiga oladi. Masalan ovkatlanish refleksini olib qaraganda, uning yuz berilishi uchun turli tuman markazlar, bezlar va boshqa organlar ishga tushishi kerak
N.M. – larning xususiyatlari, qo’zgalish va tolrmozlanishning yuzaga kelishi va kechishida nerv markazida o’ziga xos holatlar, xususiyatlar vujudga keladi. Dastavval shu narsani qayd kilish kerakki, nerv markazlari orkali qo’zg’alishning o’tish vaqti nerv tolasiga qaraganda davomiyliroqdir. Chunki bunday yul bilan javob olishda asosiy vaqtni sinapslar oladi. Nerv markazlari orqali tasirning o’tishi reflektor yoyda neyronlar qancha ko’p bulsa shuncha davomli bo’ladi. Nerv markazida turli xil qitiqlagichlarni yigish yoki sulyamyatsiya qilish xususiyati bor. Shuning uchun ham pog’ona osti kuchi bilan bir necha bor impul’slar berilsa, ular markazda to’planib, javob reaktsiyasi paydo bo’ladi.
Nerv markazlarining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, qitiqlagich o’z tasirini to’xtatgandan sung ham qo’zgalish protsesi sodir bo’lib turadi. Bunday iz qolish holati sistemasining turli qismlarida turlichadir. Masalan: orqa miyada ancha kam, uzunchok miyada ko’prok va miya yarim sharlar po’stlog’ida juda davomlidir. Biror narsaning esda qolishi nerv markazlarning mana shu qoldirish xususiyatiga bog’lik.
12.Markaziy nerv tizimi.
Sut emizuvchilarda va odamlar MNS bir tomondan, barcha to’qima va xujayralarni bog’lab, ular integratsiyasini taminlasa, ikkinchsi tomondan organizmni tashqi muhit bilan bog’lab turadi.
Nerv sistemasining asosiy ishlash mexanizmi refleksdir.
Refleks retseptorlarda yuzaga keladigan qo’zgalishga nisbatan nerv markazidagi javob reaktsiyasidir. I.P. Pavlov «refleks» terminini quyidagicha tushuntiradi: «Refleks – retseptorlar yordamida qabul qilingan va organizmning ma’lum bir faoliyati bilan bog’lik bo’lgan tashqi agentlarlarning nerv bog’lanishidir».
Xar qanday refleksning yuzaga kelishi uchun reflektor yoy kerak. Reflektor yoy quyidagi elementlardan tashqil topgan.
Retseptor (lotincha receptor – qabul qiluvchi )’
Afferent yoki sezuvchi nerv tolasi, qaysikim ta’sirni markazga olib boradi.
Nerv markazi, oralik nerv xujayralari,, sinapslar, qaysikim ta’sirni afferent nervdan efferent nervga o’tkazib beradi.
Efferrment yoki harakatlantiruvchi nerv tolasi.
Effektor – ishchi organ. Oddiy reflektor yoyi ikkita neyrondan iborat bo’ladi. Ko’pchilik reflektor yoylar esa bir necha neyronlardan iborat bo’ladi.
Organizmdagi barcha funktsiyalar regulyatsiyasidan ikki xil refleklar bir – biridan farq qilinadi, ya’ni shartli va shartsiz. Shartsiz refleks tug’ma bo’ladi, nasldan – naslga beriladi. Uni organizmning xar qanday ta’siriga nisbatan javob reaktsiyasi deb qarasa bo’ladi.
13.Orqa miya. Bosh miya.
Yangi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo'lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o’sadi. Bosh miyaning o'sishi 20-30 yoshlarga borib to'xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o'sadi, so’ng orqa miyaning o'sishi tezlashadi.
Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to'qim a hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |