Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA TARQALGAN CODONOPSIS CLEMATIDEA VA CODONOPSIS
BACTRIANA O'SIMLIKLARI OQSILLARINING AMINOKISLOTALAR TARKIBI
N.Sh.Azimov
tayanch doktorant, Qo‘qon DPI
A notatsiya: Markaziy Osiyo hududida o‘sadigan Codonopsis clematidea va Codonopsis bactriana
o‘simklari oqsillarining aminokislotalar tarkibini FTK (feniltiokarbomil) tomonidan ishlab chiqarilgan HPLC
(yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi) yordamida tahlil qilish.
Аннотация: Анализ аминокислотного содержания белков растений Codonopsis clematidea и
Codonopsis bactriana, выращенных в Центральной Азии, с помощью ВЭЖХ (высокоэффективной
жидкостной хроматографии) производства FTK (фенилтиокарбомил).
A nnotation: Analysis of the amino acid content of Codonopsis clematidea and Codonopsis
bactriana plant proteins grown in Central Asia using HPLC (high-efficiency liquid chromatography)
produced by FTK (phenylthiocarbomil).
Таянч сузлар: Codonopsis turkumi, Codonopsis clematidea turi, Codonopsis bactriana turi, HPLC
(yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi), FTK (feniltiokarbomil).
Ключевые слова: Семейство Codonopsis, тип Codonopsis clematidea, тип Codonopsis
bactriana, ВЭЖХ (высокоэффективная жидкостная хроматография), FTK (фенилтиокарбомил).
Key w ords: Codonopsis family, Codonopsis clematidea type, Codonopsis bactriana type, HPLC
(high efficiency liquid chromatography), FTK (phenylthiocarbomil).
Dunyo florasida Codonopsis turkumining 50 ga yaqin turi mavjud. Codonopsis turlarining tarqalishi
asosan Sharqiy Osiyoning tog'li o'rmonlari bilan cheklangan. Codonopsis Clematidea Ugom, Chotqol,
Farg'ona, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarida, dengiz sathidan 1100 dan 2300 m balandlikda
uchraydi. Tog’ daralari tubida, ariqlar, daryolar va buloqlar bo'yida o'sadi [1]. Codonopsis clematidea -
balandligi 50-80 sm bo'lgan, ko'p yillik o'simlik. Ushbu o‘simlikning ilidzi sabzi shaklida bo‘lib, uzunligi 25
45 sm, diametri 1-3 sm ga teng. Poyasining uzunligi 50-100 sm, yagona qoziqsimon, tik yoki ko'tarilib o‘sadi.
Novdalari tik yoki biroz yoyilgan, asosan pastki qismida, ammo yuqori qismida odatda unumdor. Guli
yagona, qo‘ng’iroq shaklli, to‘q ko‘k rangli. Iyuldan noyabrgacha gullaydi va meva beradi [2]. Ushbu
o'simlikning yer ustki massasida 0,3% gacha efir moylari, o'tkir yoqimsiz hid, flavanoidlar, A, D, C vitaminlari
mavjud. Codonopsis clematidea o'simligining gullash davrining boshlanishida jami oqsilining aminokislotar
tarkibini o'rganib chiqdik (1-jadval).
Botanika manbalari, tadqiq qilish ekspeditsiyalari davrida o'tkazilgan uzoq muddatli kuzatishlar xalq
tabobatida dorivor o'simliklarning yuqumli kasalliklarni davolashda muvaffaqiyatli ishlatilayotganligini
ko'rsatdi, uning tarkibiy qismlaridan biri bu Campanulaceae oilasiga kiruvchi Codonopsis bactrianadir [3].
Codonopsis bactriana o‘simligining ildizli tuber (shishgan) shaklida, uzunligi 10-30 sm, kengligi ham 10-30
sm. Poyasi yagona yoki ko'p sonli tik, bir oz cho'zinchoq, balandligi 50-100 sm; novdalari ingichka, tik yoki
biroz yoyilgan, asosan pastki qismi lekin odatda yoshligida yuqori qismi unumdor bo‘ladi. Barglari mayda,
ketma-ket va qarama-qarshi bo‘lib novdalarda joylashgan; barg bandining uzunligi 2,5 sm gacha, tabiatan
noyob, o‘tkir ovalsimon, cho'zinchoq, keng nayzasimon yoki nayzasimon, 1-3,5 (-5.2) x 0.8-2 (-3.2) sm,
kamdan-kam juda zich joylashgan, adaksiya bilan siyrak yoki zich piyozli, o‘zagi biroz yuraksimon yoki
yumaloq, keng butun yoki ba’zan qirqilgan, o‘tkirlashgan. Gullar yakka bo‘lib, asosan novda va shoxlari ni
uchida joylashgan, uzun gulbandli oq rangli. Gulkosachasi tuxumdonga o'rtasigacha yopishgan, yarim
sharsimon, yaltiroq yoki oq rangli, ovalsimon, ellipsimon yoki nayzasimon 10-15 x 6-8 mm, jingalak yoki
yoshligida siyrak, uchi o‘tkir. Gultojibarglari rangsiz, to'q ko'k tomirli bo‘lib binafsha rangdagi dog'lar bor,
uzunligi 1,7-2,6 sm, yaltiroq. Changchilarining o‘zagi biroz kengaygan, changchi iplarining uzunligi 5-6 mm,
chandonlari cho‘zinchoq bo‘lib, ularning ham uzunligi 5-6 mm ga teng. Changchilari konussimon,
uchburchak (ponasimon) kapsulali, uchi o'tkir, jami 15-20 x 12-15 mm; gulkosachasi doim katta. Urug'lari
ko'p, och jigarrangdan to‘q jigarranggacha, ellipsimon yoki cho'zinchoq, yumaloq, silliq. Codonopsis
bactriana o'simligining gullash davrining boshlanishida jami oqsilining aminokislotar tarkibini o'rganib
chiqdik. (2-jadval).
FTK (feniltiokarbomil) tomonidan ishlab chiqarilgan aminokislotalarni HPLC (yuqori samarali suyuqlik
xromatografiyasi) da tahlil qilindi. Erkin aminokislotalarning FTK (feniltiokarbomil) hosilalarini sintezi Stiven
A., Koen Devil uslubi bo'yicha olib borildi. FTC aminokislotalarini aniqlash Agilent Technologies 1200
xromatografida 75x4,6 mm Discovery HS C
18
ustunida amalga oshiriladi. A: 0,14 M CH3COONa + 0,05%
TEA pH 6,4, B: CH
3
CN. Oqim tezligi 1,2 ml / min, yutilish 269nm. Gradient% B / min: 1 -6% / 0-2.5 daqiqa;
6-30% / 2.51-40min; 30-60% / 40.1-45minut; 60-60% / 45.1-50minut; 60-0% / 50.1-55min.
Tajriba natijasida Codonopsis clematidea va Codonopsis bactriana o‘simliklari jami oqsillarining
tarkibida asparagin kislota, glutamin kislota, serin, glitsin, sistein, treonin, argenin, alanin, prolin, tirozin,
journal.kspi.uz
2020/№1
92
Do'stlaringiz bilan baham: |