Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
3.Muqimiy ijodini tadqiq etgan olimlardan kimlarni bilasiz?
4.Sizningcha, “Tanobchilar” hajviyasini yaratishga shoirni nimalar majbur qilgan?
5.Shoir o‘z asarida tanobchilar qiyofasini fosh etish uchun xalqona iboralardan foydalangan joylarni
izohlashga harakat qiling.
6.Tanobchi-amaldorlarning o‘z nasl-nasablari bilan maqtanishlari zamirida qanday maqsad yotganligini
tushuntiring.
7.Ushbu satrlarni sharhlang:
Boz tanobin duchandon solur,
El ta’mizidan hazar et al’amon.
Tag’i bular yaxshi-yu,bizlar yomon,
Zulm bilan ellig-u yuzni olur,
8.“Tanobchilar” satirik she’riy hikoyasidan olgan taassurotlaringizni yozma bayon qiling.
Mualliflar tomonidan tavsiya qilingan
sakkizta savolning to‘rttasiga o‘quvchilar yuqorida
keltirganimizdek,“ha”, “yo‘q” degan javoblarni berish bilan kifoyalanib qolishlari ehtimoli ko‘p. Bunga
qo‘shimcha qilib, beriladigan o‘qituvchining savollari bo‘lishi zarur. Ma’lumki, soliq Muqimiy zamonida
xalqning tinkasini quritgan, odamlarni xonavayron qilgan. Soliq to‘lashga qurbi yetmaganlar yer egalariga
tobe bo‘lgan. Amaldorlar tomonidan qattiq haqoratlanganlar. Muqimiy ham ana shu holatni o‘z asarida
yoritadi. Darslikdagi savollarda, albatta, bular o‘z ifodasini topishi kerak yoki muallim tomonidan qo‘shimcha
savollar tarzida o‘quvchilarga taqdim qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunda darslikda berilmagan savollardan foydalanish lozim. Jumladan, savollar quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
1. Sulton Ali va Hakimjonning qishloq odamlarini yig’ib olib, o‘z nasl-nasablaridan voqif etishlari
tasvirlangan epizoddagi bu har ikki tanobchining tashqi qiyofasini qanday tasavvur qildingiz?
2.Sizning shahringizda turli bahonalar bilan xalqning cho‘ntagiga qo‘l solib, qiynaydigan soliqchilar
bormi? Bor bo‘lsa, ular haqida so‘zlab bering.
3.Soliq voqeasi qishloq odamlari qalbini vayron qilgan. Shunday voqea tasvirlangan yana qanday asarni
bilasiz? Muqimiy asari bilan o‘zingiz mustaqil o‘qiga o‘sha asarni taqqoslay olasizmi?
4.Muqimiy xalqqa zulm qilgan oltiariqlik mingboshi timsolini quyidagicha ta’riflaydi:
Mingboshisi so‘finamo,
Tasbih-u bo‘ynida rido.
Cho‘qib qochar zog’i alo,
Bir dog’uli ayyor ekan.
Shoir Berdaq ham “Soliq” she’rida Pirim cho‘loq ismli soliqchining yaramas ishlarini tasvirlab shunday deydi:
Anov yurgan Pirim cho‘loq,
O‘lginday mumsik va yaloq,
Soliq yig’ishga shay shu choq,
Bizlar uchun qiyin soliq.
Har ikki soliqchiga xos bo‘lgan umumiy “fazilatlar” haqida nima deya olasiz?
Bunday ijodiy toshiriqlar o‘quvchini muallim bilan baravar fikrlashga, ter to‘kishga undaydi.
O‘quvchilar mehnat qilish jarayonida qahramonlarning xatti-harakatlari bilan birga ichki kechinmalari,
hayotga bo‘lgan munosabati, tashqi ko‘rinishidan ma’nolar axtaradi, izlaydi, o‘zini uning o‘rniga qo‘yib
ko‘radi, kishilardagi hamda o‘zidagi nuqsonlarini o‘zicha baholaydi. Mashg’ulot davomida bunday ish
turlaridan foydalanish o‘quvchilarga o‘z-o‘zini taftish qilish imkonini beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabning 5-6-sinf darsligidan o‘rin olgan mazkur asarlani o‘rganishda
savol-topshiriqlar bilan ishlashning interaktiv usullari
o‘quvchilarda yuksak insoniy sifatlar: qanoat,
kamtarlik, rahm-shafqat, bag’rikenglik singari ezgu fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
A dabiyotlar
1. Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh. Adаbiyot. Umumiy o ^ tа’lim mаktаblаrining 5-
sinfi uchun dersiik. I qism. - Т.: < ^ а щ » , 2015. - 176 b.
2. Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh. Adаbiyot. Umumiy o‘rtа tа’lim mаktаblаrining 5-
sinfi uchun d3rslik. II qism. - Т.: « ^ а щ » , 2015. - 176 b.
3 . Ahmedov С., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun
darslik-majmua. Q. 2. - T.: «Ma’naviyat», 2017. -160 b.
4. Matjon S. Adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish usullari.- T.: O‘qituvchi, 1995.
5.Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. (O‘rta, o‘rta maxsus ta’lim
muassasalarining X -X I sinflari uchun). - T.: Respublika ta’lim markazi, 2017.
6.Qodirov V.Mumtoz adabiyot: O‘qitish muammolari va yechimlar.T.-A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi.-2009.
7. Qodirov V. Umumta’lim maktablarida o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini o‘qitishning ilmiy-metodik
asoslari. Ped. fanlari doktori diss.-2019.
8. Quronov D,Mamajonov Z,Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug’ati.T.:-Akademnashr.-2010.-319-bet.
journal.kspi.uz
2020/№1
78
Do'stlaringiz bilan baham: |