Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
o'xshaydi. Urug'dan o'stirilgan o'simliklar 6 haftadan keyin gullashni boshlaydi va 6 hafta o'tgach mevalar
pishib yetiladi[1, C.299].
Dala sharoitda o'simlik 200 ga yaqin meva va 4000 dan ortiq urug' berishi mumkin. Mevalari quruq
sharoitda pufaksimon qobiq ichida 3 oy saqlash mumkin.
OSimlik
tabiiy ravishda urug’i bilan ko'payadi.
Ayrim mintaqalarda Physalis angulata ekilsada uni dorivor maqsadlarda yetishtirishning maqbul usullari
ishlab chiqilmagan.
Tropik Afrikada mevalari iste'mol qilinadi, ammo mevani ko'p iste'mol qilish bosh aylanishiga olib
kelishi mumkin. Ko'proq miqdorda o'simlik qoramol va qo'ylarga zaharli bo'lib, go'shtga mushkga o'xshash
hid beradi.
Physalis angulata vohalarda, shahar ochiq joylari, buzilgan joylar, yo'l chetlari, ekinzorlar, bog'lar,
bog'chalar va shudgor qilinadigan joylarda begona o‘t sifatida o‘suvchi o'simlikdir. U nam, unumdor
tuproqlarda yaxshi o'sadi, to'liq quyosh sharoitini afzal ko'radi, lekin qisman soyada ham yaxshi o‘sadi.
Umuman olganda,
Physalis angulata
keng tarqalishini asosiy sababi u tropik,
subropropik
va issiq haroratli
o'simlik hisoblanadi. Lekin yuqori haroratlarda o'simliklar yaxshi rivojlanmaydi.
Physalis angulata ko'plab qo'ziqorin kasalliklariga sezgir va pomidor bakteriyasi qo'zg'atuvchisi
hisoblanadi. O‘simlik tanasida tamaki, kartoshka, qalampir, loviya va boshqa ko'plab ekinlarda uchraydigan
viruslar, fizalis mitti virusi, shuningdek bir nechta ildiz tugunakli nematodalar mavjud.
Physalis angulata
(boshqa
Physalis
turlari singari) 2,4-dinitroalanin gerbitsidiga chidamlidir.
Glifosfat gerbitsidi
o'simlik
(yosh o'sish bosqichida) bilan
kurashish
uchun qulay gerbitsid sifatida qaraladi,
ammo u boshqa ekinlarga zarar yetkazishi mumkin.
Physalis minima bu Physalis angulata sinonimi, ammo Afrikada Physalis minima nomi Physalis
lagascae va Physalis ixocarpaga no‘to‘g’ri qo‘llanilgan.
Markaziy va Janubiy Amerikada Physalis angulata dorivor o'simlik sifatida keng qo'llaniladi.
Braziliyada o‘simlik sharbati tinchlantiruvchi, revmatizm va quloq og'rig'ini davolovchi hisoblanadi. O‘simlik
tarkibidagi anti-muskarin ta'sirga ega bo'lgan tropan alkaloidlari parasimpatik asab tizimining muskarin
retseptorlari, oshqozon-ichak va mushaklarning spazmlarini davolashda foydalidir. Kodduvarda uyqu
kasalligi Physalis angulata va Anchomanes difformis barglari aralashmasi bilan davolanadi. Barglaridan
tayyorlangan malham bolalardagi oftalmiyani davolash uchun qo'llaniladi. Barglari oshqozon og'rig'ini
davolash uchun klizma sifatida qo'llaniladi va odam issig’i ko‘tarilganda, astma, qusish va diareya xurujlarini
tinchlantirish uchun palma sharbatiga qo'shiladi [4, C.441]. Janubi-Sharqiy Osiyoda o‘simlik mevalari ovqat
hazm qilish va ichak muammolarini davolash uchun qabul qilinadi va tashqi tomondan terining turli xil
muammolari, masalan, jarohatlar, kuyish va kesilgan joylarni davolash uchun qo'llaniladi. Papua-Yangi
Gvineyada qabziyatni davolash uchun barglari qaynatib ichiladi. Uning ildizi yallig'lanishga qarshi va
immunomodulyatsion xususiyatlarga ega.
OSimlikdan
olingan ba'zi ekstraktlar yoki faol tarkibiy qismlarning
keng doiradagi biologik faolligi isbotlandi [4, C.441]. So'nggi paytlarda Physalisdagi fizalin birikmasi
o'smaga qarshi va sitotoksik faolligi tufayli tekshirilmoqda, bundan tashqari ushbu birikma antibakterial,
antiseptik tasirga ham ega [4, C.440]. Physalis angulata barglari analgetik bo‘lib, tropik Afrikada qichishish,
turli jarohat, revmatizm va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.
Physalis angulata o'simligi ikkilamchi metabolitlarni dastlabki skrining tekshiruvi natijasida ko'plab
fitokimyoviy birikmalar alkaloid, tanin, saponin, steroid, terpenoid, flavonoidlar vakillari aniqlangan[3,
C.1062]. Ushbu ikkinchi darajali metabolitlarning bir nechtasi o'simliklarning xilma-xil dorivor xususiyatlari
uchun javobgar ekanligi haqida xabar beradi. Ushbu birikmalarning ba'zilari antibakterial ta'sir bilan bog'liq
va shuning uchun patogenlarga qarshi shifobaxsh xususiyatlarga ega. Physalis angulata etanolli ekstrakti
tadqiqotlarda o'rganilgan barcha bakterial turlarning (S. aureus, E. coli, K. pnevmoniya, P. aeroginosa)
ko'payishiga to'sqinlik qilgan. Yuqoridagi mikroblari tufayli kelib chiqqan yuqumli kasalliklar hozirgi kunda
dunyoning bir qator mamlakatlarida kasallik va o'limning asosiy sababidir [6, C.163]. O'simlik ekstrakti
tarkibida fenol yoki flavonoidlar mavjudligi tufayli antibakterial faollikga ega. [5, C.3814]
Physalis alkekengi - oddiy paq-paq. O‘simlik yer yuzining tropik mintaqalarida keng tarqalgan. Bo‘yi
30-60 sm guli oqish bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Gulkosachasi qo‘ng’iroqsimon, gullagandan keyin tez
kengayib, shishirilgan sharchasimon shaklga kiradi. Iyun - avgust oylarida gullab urug’laydi. Poyasi to‘g’ri
turuvchi, oddiy bazan shohlangan burchaksimon bukilgan bo‘ladi. Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziq
tuxumsimon bo‘lib, poyada qarama-qarshi, juft ketma-ketlilda joylashgan. O‘simlik mevalari iyul-avgust
oylarida pishib katta zarg’aldog’ yoki qizil tusga kiradi. Pishmagan mevalar zaharlanishga olib keladi. U ariq
bo‘ylari nam va soya joylar (yong’oqzor, bog’ va o‘rmonlar) bog’lardagi daraxtlar soyasi tushadigan nam
joylar, ko‘pchilik xonadonlarda dorivor va manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Xalq tabobatida o‘simlik mevasining damlamasi qizilcha, kamqonlik, jigar, buyrak sikdik pufagi,
buyrak-tosh, siydik yo‘li kasalliklari, revmatizm va sariq kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Siydik bilan
bog’liq muammolar, astma, yo'tal, balg'am, faringit, tomoq og'rig'i, ekzema va sariq kasalligini davolash
uchun xitoyliklar undan foydalanib kelishgan. Zamonaviy tibbiyotda uning mevalari polivitamin sifatida va
gastrit, meda, ichak kasalliklari, qandli diabet, gipertoniya kasalliklarida istemol qilish tavsiya etiladi.
Physalis alkekengi tarkibiga sut shakari bo‘lib, u regeneratsiyalash xususiyatiga egadir. U miya faoliyatiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va tinchlantiruvchi xususiyatga ega [2, C.1472].
journal.kspi.uz
2020/№1
80
Do'stlaringiz bilan baham: |