Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, darslikda shoirning hayoti va ijodi bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini
mustahkamlashga bag’ishlangan savol va topshiriqlar uchtagina bo‘lib, ularning barchasi faktologik
savollardan iborat. O‘z-o‘zidan ko‘rinadiki, mavzu yuzasidan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish
o‘qituvchining zimmasida qolyapti. Agar o‘qituvchi dangasalik qilib, darslikdagi savollar bilan kifoyalansa,
o‘quvchilar “Sayohatnoma” asarini yuzaki o‘rganish bilan chegaralanib qoladilar, asarni to‘liq
o‘zlashtirmaydilar, shoirning aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini zo‘rma-zo‘raki anglashga erishadilar.
Albatta, o‘qituvchi bunday qilmasligi zarur. Qo‘shimcha savollarni oldindan tayyorlab olgani ma’qul.
Masalan, o‘qituvchi quyidagicha savol va topshiriqlarni tuzishi mumkin. Biz ulardan ayrim namunalarni
keltirilamiz:
1.Matndagi “Zindon” so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan va mazkur ma’no uchun nega aynan shu so‘z
ishlatilgan?
2. “Qo‘qondan Farg’ona”ga sayohat qismining oltinchi bandiga diqqat qiling. Ifodadagi o‘ziga
xoslikni yuzaga keltirayotgan vositalarni aniqlang.
3.”Vodil maqomi dilfuzo, Ko‘chalaridur dilkusho ,Anhorida obi safo,Sebarga, obishor ekan”. Qaysi
fasl tasvirlanyapti?
4.”Xuftonda kirdim bir do‘kon, Qildi ashula bir juvon, Eshak demang, undan yomon, Hangrarda
yaxshi hang ekan”. Shoir bemaza san’atkorni nima bilan bog’laydi? Bu hayvonlar asarda nimaning ramzi
sifatida keladi?
5.Asar yakunida ifodalangan fikrga munosabat bildiring. Sayohatga bag’ishlangan she’rning
ijtimoiy ruhdagi fikr bilan yakunlanishini qanday izohlaysiz?
O‘quvchilar yuqoridagi savollarga javob berish uchun yana asar matniga murojaat qiladilar, asarni
qayta o‘qib chiqishga yerishadilar.
B irinchi savolga o‘quvchilar quyidagi mazmunda javob beradilar:
“Zindon” so‘zi fors-tojik tilidagi so‘z bo‘lib, bu so‘zning birinchi ma’nosi “qorong’i joy, qorong’ilik”,
ikkinchi ma’no esa yer ostidagi “qamoqxona” ni anglatadi. Bu yerda Muqimiy “zindon” so‘zining “qorong’i
joy, qorong’ilik” ma’nosini ishlatgan. Chunki, shoir Chimyonning chuqurlikda, pastlikda joylashganiga ishora
qiladi. “Ko‘rdim chuqur Chimyon erur, Yer ostida zindon erur”.
Ikkinchi savolga javob: Mingboshisi so‘finamo,
Tasbih-u bo‘ynida rido.
Cho‘qib qochar zog’i alo,
Bir dog’uli ayyor ekan.
Ushbu misralarda Oltiariq mingboshisining hiylagar va ayyor bir kishi ekanligi, ehtiyotkorlikda bir
cho‘qib, ikki alanglovchi qarg’aga o‘xshashi o‘zining yorqin ifodasini topgan. Shoir mingboshini qarg’aga
o‘xshatishda tashbehni qo‘llaydi.
“O‘xshatish yoki tashbeh mumtoz adabiyotdagi san’at turi bo‘lib, ikki narsa va tushuncha, ikki narsa
yoki voqea hodisalar, harakatlar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining
belgisini, mohiyatini to‘laroq, aniqroq, bo‘rttiribroq, kursatib berishdir”[8]. Bu o‘rinda shoir mingboshining
xatti-harakatlarini qarg’aning harakatiga o‘xshatmoqda.
Uchinchi savolga javob: Adabiyotshunoslikda peyzaj deb nomlanuvchi tabiat manzaralari tasviri
badiiy adabiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi[8]. Muqimiy o‘z asarida tabiatga munosabati orqali
ruhiy holati, kechinmalari hamda ijtimoiy masalalarga munosabatini ham ifodalaydi. Yoz fasli tasvirini
berad:
Vodil maqomi dilfuzo,
Ko‘chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga, obishor ekan.
“Sayohatnoma”dan o‘rin olgan tabiat manzaralari tasviri ham orin olgan. Chunki sayohatdan asl
maqsad ham nafaqat jamiyat hayotiga nazarni, balki tabiat go‘zalliklaridan bahra olishni ham anglatadi.
Shoir Farg’ona vodiysi bo‘ylab qilgan sayohati davomida turli qishloq va dalalar, sahro va dashtlarda bo‘lar
ekan, tug’ilgan yurti tabiatining go‘zalliklaridan quvonadi, zavq oladi va ularni yuksak badiiy tasvirlaydi. Shoir
o‘z vatanini, uning jo ‘shqin soylarini, baxmaldek qirlarini, serfayz dala va bog’larini, ulug’vor tog’larini sevib
tilga oladi. Asardagi bu xususiyat muallifni ko‘z oldimizda tabiatning jo ‘shqin kuychisi, otashin vatanparvar
sifatida gavdalantiradi.
“Rafqon” ajoyib joy ekan,
Bir ko‘cha ketgan soy ekan.
Salqin supa hoy-hoy ekan,
Kim ko‘rsa hangu mang ekan.
Beshinchi
savolga javob: Muqimiy zamona kulfatlaridan o‘zi singari
aziyat chekayotgan
kishilarga hamdardlik tuyg’ularini ifoda eta boshladi. Oddiy xalq ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shoir
“Sayohatnoma” asarida dunyoni dorga o‘xshatadi:
Bo‘lma halovatga kasal,
Olamda yo‘q benish asal,
journal.kspi.uz
2020/№1
76
Do'stlaringiz bilan baham: |