Transformatsion tahlil metodi deb asosiy yadro strukturaga tayanib ikkilamchi struktura yoki namuna tanlash usuliga aytiladi. Ushbu tahlil usuli quyidagi xususiyatlari bilan distributiv tahlil metodidan farqqiladi: a) paradigmatik munosabatlarga ko‘proq e’tibor beriladi; b) grammatik shakllar o‘rtasidagi aloqalar ochiladi va bir grammatik shakldan boshqa grammatik shakl paydo bo‘lishi (derivativ xususiyatlar) ko‘rsatiladi; v) distributiv tahlil metodi sodir bo‘lmagan semantik o‘xshashlik va tafovut aniqlanadi. Transformatsion tahlil metodining bir nechaturlari mavjud:
1. Aktiv va passiv transformatsiya: Karim wrote a letter – A letter was written by Karim.
2.Transformatsiyalegatsiya: I have seen him - I have never seen him.
3.Transformatsiya interrogatsiya: She likes ice-cream — Does she like ice-cream?
4.Tiklash transformatsiya: Where do you live? -In Tashkent. —► I live in Tashkent.
5.Transformatsiya substansiya: I have a book - My book.
Komponent va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish metodi.
Komponentlarga ajratib tahlil qilishda gap qurilmasidagi unsurlar orasidagi sintaktik aloqalarni aniqlab, ularni yunksion modellarga solish, o‘sha unsurlarning differensial sintaktik belgilarini ko‘rsatib komponent modellarda ifodalash hamda agar zarur bo‘lsa har bir unsurning morfologik tuzilishini komponent modellar yordamida ifodalash mumkin. Bizga ma’lumki, ananaviy grammatikada moslashuv (Agreement), boshqaruv (government), bitishuv (Jointment) kabi sintaktik aloqalar mavjud. Lekin ushbu aloqalarni sintaksis uchun universal deb bo‘lmaydi. Masalan, I read a book; I came home gaplarida birinchisida boshqaruv bor, chunki read fe’li o‘timli, lekin ikkinchisida yo‘q, chunki came fe’li o‘timsiz. Boshqaruvning «sintaksis uchun universal» emasligiga sabab yuqoridagi misollardagi fe’llar leksik ma’nosiga ko‘ra o‘timli yoki o‘timsiz fe’llarga ajratilishidadir.
Moslashuv esa morfologik qatlamga tegishlidir. Buni ushbu misolda ko‘rishimiz mumkin: Ne is (am. are) a student.
Komponent tahlil asosida quyidagi sintaktik aloqalar aniqlangan:
1.Yadro predikativ aloqa. I read a book.
2.Koordinativ aloqa. We write and read at school.
3.Appozitiv aloqa. They are two talking.
4.Kesim nolga teng bo‘lgan predikativ aloqa. My God
5.Introduktiv aloqa. Do you speak English? Yes,I do
6. Subordinativ aloqa. I read a book.
7. Yadro bo‘lmagan predikativ aloqa. She is seen singing.
Sintaksem tahlil usulida esa gapdagi unsurlarning differensial sintaktik va semantik belgilari aniqlanadi. U paradigmatika planida amalga oshiriladi. Gapning bunday tahlili gapning ichki strukturasi deb tushuniladi. Umuman, gapdagi unsurlarni sintaksemalarga ajratib tahlil qilish har bir unsurni u yoki bu o‘rinda sintaktik qatlamda semantik maydonini topishdir. Ushbu lisoniy metoddan foydalanishda asosan, uchta yo‘nalish mavjud bo‘lib, ularning qaysi biridan foydalanish izlanish yoki tadqiqqilish ob’ektiga bog‘liqdir. Jumladan, 1) sintaksemalarning ifodalanish vositalari; 2) elementar birliklarning ma’no xususiyatlari; 3) sintaktik pozitsiya yoki sintaktik o‘rin.
Sintaksemalarga ajratib tahlil qilishda shunisi qiziqarliki, bir xil yunksion va komponent modellarga tushgan gaplarda turli xil differensial sintaktik va semantik belgilar mujassamlashgai holatni ko‘rishimiz mumkin.
She reads
She is a student
She is happy
She is beautiful
She is 20
Do'stlaringiz bilan baham: |