On davlat pedagogika instituti bektoshev otabek qodiraliyevich ingliz tili nazariy grammatikasi


Morfologiyagrekcha so‘zdan olingan bo‘lib, morphe –



Download 442 Kb.
bet11/36
Sana01.06.2022
Hajmi442 Kb.
#629173
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
fayl 1826 20210916 (1)

Morfologiyagrekcha so‘zdan olingan bo‘lib, morphe –shakl va logos – ta’limot ma’nosini anglatadi va so‘zlarning morfologik tuzilishini, grammatik shakllar yasashda morfemalarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini, joylashish qonunlarini, paradigma yasovchi shakllarning o‘zaro oppozitsiyalarini, so‘z turkumlari va ularning ma’nosini o‘rganadi. Lo‘nda qilib aytganda, so‘z haqidagi grammatik ta’limot, ya’ni til unsurlarining paradigmatikasini o‘rganadigan bo‘limdir.
Tilni yaruslarga ajratishning asosiy shartlaridan biri har bir yarusning o‘z birligiga ega bo‘lishidir. Morfologiyaning birligi esa nutq faoliyatidagi eng kichik ma’no anglatuvchi unsurdir. Bu unsurning nutqdagi ko‘rinishi morf va tildagi ko‘rinishi morfema deyiladi. Masalan, ingliz tilidagi fishers so‘zi uchta ma’no anglatuvchi unsur, ya’ni fish - er - s dan tashkil topib, o‘zbek tiliga baliqchilar deb tarjima qilinadi.
Morfema – so‘z tarkibida qatnashadigan ma’noli eng kichik til birligidir. Masalan: writers. 1) basic lexical meaning 2) noun forming suffix 3) plural forming suffix. Odatda morfema ingliz tilida so‘z (word), affiksal (bound) va erkin (free) morfemalarga ajratiladi. Lekin shuni qayd qilish kerakki, yuqoridagi misolimizda -er hamda -s morfemalari omonimdir. SHu jihatdan olganda morfemalarni o‘zak, ya’ni nol (zero) morfema va omonim morfemalarga ham ajratiladi. Fonema tilning eng kichik ma’nosiz biriligidir (tale-table; bola-bolta). Morfologiyada morfemalar tizimining paradigmatik holati natijasida so‘z turkumlarining grammatik kategoriyalari aniqlanadi. Masalan, otlarning paradigmasini ko‘radigan bo‘lsak, uning grammatik kategoriyalaridan son va kelishik kategoriyalarini ko‘rsatish mumkin.
So‘z va morfema.Bizga ma’lumki, morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, u so‘z shakllaribilan shug‘ullanadi. So‘z sintaktik vazifa bajara oladigan morfologiyaning eng katta birligidir. So‘z va morfema haqida gapiradigan bo‘lsak, morfema eng kichik ma’no anglatuvchi bo‘lakdir. Lekin, bu o‘rinda ma’no deganda biz ko‘proq leksik semantik ma’noni emas, balki grammatik ma’noni tushunishimiz kerak.
So‘z tilning mustaqillikka ega bo‘lgan, ayrim ma’no, emotsiyalarni bildiradigan, fonetik va grammatik jihatdan shakllangan, tugallikka ega bo‘lgan birligidir. So‘zning yaxlit strukturaga, ayrimlikka ega ekanligi, gapning biror bo‘lagi bo‘lib kelishi uning morfemadan farqqilishini ko‘rsatib turadi.
Morfologiya bilan sintaksisni bir-biridan farqlash so‘z chegaralarini qanday tushunish bilan chambarchas bog‘liq. Umuman olganda, morfologiya grammatikaning bir bo‘lagi bo‘lib, so‘z shakllari bilan shug‘ullanadi. Sintaksis esa grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z birikmalari frazalar va gap bilan shug‘ullanadi. Masalan, indestructibility so‘zi uzun bo‘lsa ham morfologiyaga tegishli, came here esa qisqa bo‘lsa ham fraza va sintaksisga tegishlidir. Has been found? Frazasi esa aniq ko‘rinib turibdi, fraza va sintaksisga tegishli deymiz, ammo shu bilan birgalikda bu ibora find fe’lining shakli va morfologiyaga tegishli deyishimiz ham mumkin-ku.

Download 442 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish