6.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(60daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (10 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
6-Mavzu: Musiqada alteratsiya belgilari va ladlar.
Reja:
1.Musiqada alteratsiya belgilari, vazifalari va ularning yozilishi.
2,Lad. Ladning turlari. Major va minor ladlari.
3,Major ladida yozilgan kuylarni tinglash, minor ladida yozilgan kuylarni eshittirish va farqlashga o’rgatish.
Alteratsiya (lot. alteratio – oʻzgartirish)
1) musiqada asosiy tovushqator pogʻonalarini (nomini saqlagan holda) oʻzgartirish; uning balandligini chorak, yarim yoki butun tonga balandlatish yoki pastlatish.
2) garmoniyada A. tovushqatordagi noturgʻun pogʻonalarni xromatik oʻzgartirish orqali tuzuk (lad) tortilishlarni ku-chaytirishga xizmat qiladi. Tarkibida oʻzgargan pogʻonalar mavjud boʻlgan instituterval yoki akkordlar A.lashgan interval va akkordlar deb yuritiladi;
3) biol.da – mexanik kuch, issiqlik; elektr toki, kimyoviy moddalar va boshqa ta’sirida hujayra va toʻqimalar funksiyasining oʻzgarishi.
Lad va tonikani o’rganishda endigi davr - alteratsiya (o’zgartma) belgilari bilan tanishishdir. Buning uchun sinfda ko’rsatma qurol fortepiano klaviaturasi (klavishalari)ning katta qilib ishlangan jadvali bo’lishi zarur. O’qituvchi har bir oktavada 7 oq va 5 qora klavisha borligini ko’rsatadi. Bir oq klavishadan ikkinchisigacha bo’lgan oraliq har xil: agar shu klavishalar o’rtasida qora klavisha bo’lmasa - bu oraliq, oq klavishadan qora klavishagacha bo’lgan oraliq kabi, yarim ton deb ataladi; agarda oq klavishalar o’rtasida qora klavisha bo’lsa, bu oraliq butun tonga teng bo’ladi:So’ngra o’qituvchi oq klavishalarning o’z nomlari borligini, qora
klavishalarning nomi yo’qligini, bularning oq klavishalar nomlariga bog’liq ekanligini tushuntirib beradi. Agar tovushni yarim ton ko’tarish yoki pasaytirish kerak bo’lsa, qora klavishalar ishlatiladi va qora klavisha qaysi tovushning ko’tarilayotganiga yoki pasaytirilayotganiga qarab nomlanadi. Buning uchun alohida belgilar bor: yarim ton ko’tarish belgisi diyez deb, yarim ton pasaytirish belgshisi bemol deb ataladi. Bu belgilar ko’tarish yoki pasaytirish kerak bo’lgan tovush (nota) oldiga qo’yiladi. Masalan:
Alteratsiya belgilari bilan bir necha dars davomida tanishib boriladi. Bunda bolalarning qandaydir ifoda yoki qoidalarni yod olishlari shart emas. Lekin ular qo’shiqdagi alteratsiya belgilarini amaliy ravishda topa bilishlari yoki maxsus mashqlardagi shu belgilarni qo’yib chiqa bilishlari va shu belgilarga muvofiq tovushlarni ovoz bilan o’zgartira olishlari lozim.Alteratsiya belgilarini tushuntirishda agar biror belgi nota oldida tursa, uning ta’siri shu taktgagina yoyilishini, belgi kalit oldida tursa, uning ta’siri butun asarga yoyilishini ko’rsatib o’tish zarur.
Alteratsiya belgilarni yaxshiroq o’zlashtirish uchun o’quvchilarga birqancha mashqlarni bajarishni taklif qilish mumkin:
a) quyidagi musiqa misolida pasaytirish belgisi bo’lgan notalarni topish,ularni klaviaturada (rasmda va fortepianoda) ko’rsatib berish kerak;
b) birinchi oktavada: fa-diyez, lya-bemol, si-bemol, mi-diyez vahokazolarni notalar bilan yozish;
v) unison tovushlar bilan alteratsiyalangan tovushlar taqqoslanadigan misollarni kuylash.
Major ladi. Tabiiy major gammasi;Turli xalqlar musiqasida xilma-xil ladlar uchraydi. Shunga qaramasdan hozirgi zamon musiqa amaliyotida major va minor ladi asosiy o’rinni egallagan.Turg’un tovushlari uchta tovushdan iborat bo’lib, major yoki katta uchtovushlikni - akkordni9 hosil qilgan ladga major ladi deyiladi. Tovushlar uchtovushlikda, tertsiya bo’yicha joylashadi: katta tertsiya – pastki va o’rta tovushlar orasida, kichik tertsiya esa o’rta va yuqori tovushlar orasida bo’ladi.
Uchtovushlikning eng past va eng yuqori tovushlari oralig’ida sof kvinta intervali hosil bo’ladi. Masalan:Tonikadan tuzilgan major uchtovushligi tonika uchtovushligi deyiladi. Major ladi yettita tovushdan iborat. Laddagi tovushlarning tonikadan navbatdagi oktavaning tonikasigacha joylashuviga lad tovushqatori yoki gamma10 deyiladi. Gamma hosil qilgan barcha tovushlarga pog’onalar deyiladi.
Major ladining gammasida yettita pog’ona bor. Ular birin-ketin keladigan sekundalar hosil qiladi:Pog’onalari yuqoridagi tartibda joylashgan gammaga tabiiy major gammasi deyiladi. Shu ko’rinishga ega bo’lgan lad esa tabiiy major deb ataladi. Ladning har bir pog’onasi raqam bilan yozilishidan tashqari, mustaqil nomga ham egadir:
1 - pog’ona: tonika (T)
2 - pog’ona: pastga boshlovchi tovush
3 - pog’ona: medianta (o’rtancha)
4 - pog’ona: subdominanta (S)
5 - pog’ona: dominanta (D)
6 - pog’ona: submedianta (pastki medianta)
7 - pog’ona: yuqoriga boshlovchi tovush.
Har bir ladning tonikasi, subdominantasi va dominantasi asosiy pog’onalar, qolganlari esa yondosh pog’onalar hisoblanadi.Dominanta o’z tonikasidan hamisha sof kvinta yuqorida joylashadi. Tonika bilan dominanta orasida uchinchi pog’ona bor, shuning uchun u medianta ya’ni, o’rtancha deyiladi.Subdominanta tonikadan kvinta pastda joylashgan. Subdominanta bilan tonika orasida joylashgan pog’ona submedianta deyiladi. Quyida bu pog’onalarning joylashish tartibi ko’rsatilgan:
Tonalliklar. Diezli va bemolli major tonalliklari. Кvinta davrasi. Major tonalliklari engarmonizmi;Lad o’rnashgan pardalar yoki balandliklar tonallik deyiladi. Har bir tonallikning nomi tonika sifatida qabul qilingan tovush nomiga asoslangandir. Tonallik nomi lad bilan tonika iborasidan, ya’ni major so’zidan kelib chiqadi.Masalan: do major yoki katta S – dur (harfiy tuzilma bo’yicha), sol major yoki G - dur va h.k.
Major ladida do tovushidan tuzilgan tonallik do major deyiladi.
Musiqa ijrochiligida yettita diyezli va yettita bemolli tonalliklar qo’llaniladi. Bu tonalliklarning al’teratsiya belgilari kalitdan so’ng yozilib, kalit yonida yoziladigan belgilar deb ataladi.Bir-biridan birta kalit belgisi bilan farq qiladigan tonalliklar, ularning har birida oltitadan o’xshash tovushlar bo’lganligi uchun yondosh tonalliklarga kiradi. Do major tonalligida sol major yondosh bo’ladi. Sol majorning birinchi pog’onasi do majordan sof kvinta yuqorida joylashadi:
Har bir yangi gamma o’zidan oldingi tonallikning beshinchi pog’onasidan, ya’ni, sof kvintadan tuziladi va buning natijasida biz barcha diyezli major tonalliklariga ega bo’lamiz. Bu xildagi har bir gammaning VII pog’onasida, kalit yonida yoziladigan yangi belgisi – diyez hosil bo’laveradi va ular birin-ketin yetti belgigacha borib etadi.Besh, olti va yetti diyezli major tonalliklarining har biri beshtadan yettitagacha bemol belgisi bo’lgan tonalliklarning bittasiga engarmonik jihatdan tengdir va aksincha.Balandligi bir xil, lekin yozilishi va nomi turlicha bo’lgan tonalliklarga engarmonik teng tonalliklar deb ataladi.Barcha diyezli tonalliklarning yondosh tartibda joylashuvi quyidagi diyezli major tonalliklarini hosil qiladi:Barcha bemolli tonalliklarning yondosh joylashuvi quyidagi bemolli
Do'stlaringiz bilan baham: |