I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Navbatchi axborotini tinglash(ingliz tilida). 3. Davomatni aniqlash. 4. Hafta kuni haqida ma’lumot. 5. Dars shiori bilan tanishtirish. 6. Baholash tizimi bilan tanishtirish.
Seshanba – sport va sog’lomlashtirish kuni. Keling birgalikda sog’lomlashtirish mashqlarini bajaramiz:
1).Tik turgan holda eng katta tarvuzni ushlaymiz;
2). Daraxtdan eng balandda turgan olmani olamiz; Bu pay cho’zish mashqlari edi.
Baholash tizimi:
1. Kimyoviy LOTO – 2 b.
2.Tez yurar poezd – 1 b.
3. Mustahkamlash – 2 b.
II.O’tilganlarni so’rash:
1).”Kimyoviy LOTO” o’yini. O’yin qoidalari tushuntiriladi. Har bir o’quvchiga lotoreyalar tarqatiladi.
- Azotning kimyoviy belgisi
- Fosforning tartib raqami
- Azot molekulasining yozilishi
- Azotdagi elektronlar soni
- Azot molekulasidagi bog’lar soni
Lotoreyani ko’rinishi:
Yutuq chiqqan lotoreyani ko’rinishi:
2).”Tez yurar poezd” – savolllari:
1.Azot guruhchasi davriy jadvalning qaysi guruhida joylashgan?
2.Havoda necha foiz azot bor?
3.Fosforning tartib raqamini ayting?
4.Azot elementi qanday o’qiladi?
5.Nitrid nima?
6.Azot kislorod bilan birikadimi?
7.O.sh.da azot qaysi metall bilan reaksiyaga kirishadi? Javoblarga ko’ra ballar qo’yiladi.
O’qituvchi tomonidan o’tilgan mavzuga xulosa qilinadi va yangi mavzu o’tiladi.
Yangi mavzuni boshlashdan avval o’quvchilarga quyidagi savol beriladi:
Azotning qanday vodorodli birikmalarini bilasiz?
O’quvchilar javobi tinglangach, yangi mavzu rejasi bayon qilinadi:
Ammiak. Molekulasining tuzilishi.
Olinishi.
Fizik xossalari
Kimyoviy xossalari
Ammaniy tuzlari
Ishlatilishi
Ammiak – azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va ahamiyatlisi.
Molekulyar formulasi : NH3
Tuzilish formulasi: H - N - H
H
Elektron formulasi: H : N : H
H
Darslikdagi 27- rasmda ammiak molekulasining tuzilishi berilgan. Rasmdan ko’rinadiki molekula qutbli.
Ammiakning olinishi:
-laboratoriyada: NH4Cl + NaOH = NaCl + NH3 + H2O
Yoki 2 NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2H2O + 2NH3
Ikkinchi reaksiya yordamida ammiak olamiz: 28 – rasmdagidek asboblarni yigi’b, kerakli moddalardan foydalangan holda laboratoriya sharoitida ammiak yig’ib olamiz.
sanoatda: N2 + 3 H2 = 2 NH3 + Q
Azot vodorod aralashmasi odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi. Chunki bu jarayon qaytar. Reaksiyani o’ng tomonga siljitish uchun:
Bosimni oshirish.
Haroratni pasaytirish(ammo past haroratda unum kamayadi).
Katalizatordan foydalanish kerak(Al2O3, K2O vat emir aralashmasi).
Ammiakning fizik xossalari:
Fizik xossalaridan ko’rinib turibdiki, ammiak suvda juda yaxshi eriydi. Bu holatni yig’ib olgan ammiakni suvda ertib, ham tasdiqlaymiz(29 -rasm).
Ammiakning suvda erishi natijasida ammoniy gidroksid(novshadil spirti) hosil bo’ladi:
NH3 + H2O ↔ NH4OH
Bu reaksiyada vodorod ioni ammiakka birikib ammoniy ionini, suv esa gidroksid ionini hosil qilgani uchun eritma muhiti ishqoriy bo’ladi:
NH3 + H2O ↔ NH4+ + OH-
Do'stlaringiz bilan baham: |