MUSHAKLARNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA MASHG’ULOTLAR DASTURI
Taklif etilayotgan mashg’ulotlar dasturida haftada uch marta mashqlar bajarish kerak. Masalan: birinchi haftaning dushanba va juma kunlari A mashqlar, chorshanba — B mashq; Ikkinchi hafta dushanba va juma — B mashqlar, chorshanba — A mashqlar.
Qizinib olish 5-10 daqiqa
Oldinga cho’zilgan qo’llar bilan o’tirib-turish 15-20 marta takrorlash bilan 2 bor bajarish.
Shtanga bilan o’tirib-turish 5-8 ta takrorlash bilan 3 bor bajarish.
Otjimanie 15-20 ta takrorlash bilan 2 bor bajarish.
Yotgan holatda shtanga ko’tarish 5-8 ta takrorlash bilan 3 bor bajarish.
Ikki qo’l bilan girya ko’tarish ikki bor yondashuv, 15-20 ta bajarish.
Bitsepsni chiqarish uchun gantel ko’tarish 10-12 ta takrorlash bilan 2 bor bajarish.
Qorin mushaklarini chiqarish uchun press 15-20 ta takrorlash bilan 2 bor bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |