Yozma manbalar.
Yozma manbalar tarixiy manbalaming mu
him va asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Insonning ijtimoiy faoliyati,
aniqrog‘i, kishilaming o ‘zaro munosabatining natijasi o ‘laroq yaratilgan
va o tmish zamonlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealami o ‘zida
aks ettirgan manba sifatida o‘lkamiz tarixini haqqoniy o ‘rganishda mu
him o ‘rin tutadi. Yozma manbalar, o ‘z navbatida, ikki turga bo'linadi:
1.
Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy huj-
jatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisobot daftarlari,
rasmiy yozishmalar va boshqalar).
Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalami
o‘rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy-hisobot daftarlari va yozishma-
laming ahamiyati juda muhim sanaladi. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyo
siy hayotni o ‘rganishda muhim yuridik hujjat hisoblanadi.
Mutaxassislaming fikricha, ulaming orasida, ayniqsa, rasmiy
yozishma hujjatlarida soxtalari ham uchrab turishi mumkin. Shuning
uchun ham ulardan foydalanishda diqqat-e’tibor va o‘ta ehtiyotkorlik
talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimo
iy-siyosiy voqea yoki ma’lumotlami talqin etish uchun foydalanish ja-
9
rayonida, bitta hujjat bilan kifoyalanmasdan. o ‘xshash bir necha hujjat,
manbalami ко‘rib chiqib xulosa chiqarish zarur, chunki bitta hujjatda
faqat bir kelishuv yoki ma'lumot ustida so‘z yuritiladi. Shuning uchun
ham birgina hujjat bilan tanishib chiqib ma lum ijtimoiy-siyosiy masala
ustida qat'iy fikr va qat’iy xulosaga kelib boimaydi.
Tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar.
Tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar to ‘g'nsida shuni
aytish kerakki, ular o ‘sha davr hukmron sinftiing topshirig i bilan yozil-
gan va shu tufayli ulaming sahifalarida ko‘proq podshohlar va xonlar-
ning, amirlar va yirik ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan. Ja-
miyatning rivojlanishida asosiy kuch hisoblangan mehnatkash xalqning
turmush tarzi, ulaming orzu-istaklari, his-tuyg'ulari, xalq harakatlari
va bu harakatlaming mazmun-mohiyati, jamiyatda ro‘y bergan voqea
va hodisalar to‘g'risidagi m a’lumotlar tarixi esa ko p hollarda chetlab
o ‘tilgan. Umuman olib qaraganda, bu turdagi yozma manbalarda hukm
ron doiralaming dunvoqarashi o ‘z ifodasini topgan. o‘sha davrdagi ja-
miyatning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib turadi.
Bu turdagi yozma manbalarda hukmron doiralaming dunvoqarashi
o‘z ifodasini topgan boiishiga qaramasdan, tarixiy o lkashunoslikni
o ‘rganishda birlamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
Arxiv manbalaru
Arxiv lotincha «arxtvus» - hukumat binosi
so‘zidan olingan. Lekin «arxiv» atamasining hozitgi qo‘llanish ina nosi
butunlay boshqacha. Arxiv - bu idoralar, korxonalar va tashkilotlar,
shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan mu-
assasa hisoblanadi. Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar,
korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklarini, ayrirn shaxslaming ko‘p yil-
lik faoliyati haqida m a’lumotlar va hujjatlari saqlanadi. 0 ‘lka tarixini
o ‘rganishda bu hujjatlaming ahamiyati kattadir. Aixiv hujjatlarini qidi-
rib topish, ular ustida ishlash va olingan m a’lumotlami hayotga tatbiq
etish murakkab ish.
O rta Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Arxeo-
loglar qadimgi Tuproqqal’a xarobalaridan Xorazmshohlarga tegishli
III-IV asr boshlariga oid sopollarga bitilgan qadimgi hujjatlardan ibo-
rat arxiv namunalarini topishdi. 1930-yil boshlarida Mug‘ tog‘laridagi
yodgorlik xarobalaridan Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar nati-
jasida Divashtich a.rxivi VIII asrga oid bo‘lib, u yerdan 80 dan ortiq
10
qolyozm a hujjatlari topilgan. Arxiv manbalari markaziy va mahalliy
davlat hokimiyati va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjat-
lar va hokazolar haqida qimmatli m a’lumotlar beradi.
Tarixiy geografiya.
Hozirda tarixchi va geograf olimlar tarixiy geog-
rafiya bilan tarix o ‘rtasidagi farqni juda yaxshi tushunadilar. Geografiya
tarixi (ko‘pincha uni geografik bilimlar tarixi ham deb atashadi) geogra-
fik kashfiyotlar va sayohatlar, shuningdek, geografik tasavvurlar, umu-
man, ajdodlarimizning geografik dunyoqarashlari tarixini o'iganadi. Ta
rixiy geografiya fani esa o ‘tmishni geografiya bilan bogiab o ‘rganadi.
Shu tariqa zamonaviy geografiya va tarixiy geografiya bitta obyektni
farqli jihatlarda tadqiq etadi. Zamonaviy geografiya mazkur obyektning
hozirgi holatini o ‘rgansa, tarixiy geografiya uning o ‘tmish tarixidagi
o‘zgarishlaiim tahlil qiladi.
Tarixiy geografiya alohida tumanlardagi ishlab chiqarishning tur
li davrlarda o'sishi haqidagi m a’lumotlami aniqlashtiradi yoki tarixiy
voqea-hodisalaming b o iib o ‘tgan joylarini, geografik shart-sharoitlarini
tahlil qiladi. Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o ‘rganadi,
ammo shu bilan birga uni geografiya fanidan ham ajratib bo‘lmaydi,
chunki geografiya fanida ochilayotgan yangi ilmiy m a’lumotlar tarixiy
geografi> a fani uchun muhimdir. Tarixiy geografiya tarixiy bilimlaming
asosiy tarmog‘i bo‘lib, usiz tarixiy jarayonlar geografiyasini o'rgamb
boMmaydi. Tarixiy geografivasiz tarix haqidagi tasaw urim iz to ‘liq va
mukammal shakllanmaydi.
M e ’moriy yodgorliklar.
0 ‘zbekistonda m e’morchilik tarixi juda qa-
dimga borib taqaladi. Shuning uchun ham bugungi kunda o ‘lkamizdagi
me’moriy yodgorliklar kishining diqqat-e’tiborini o ‘zigatortadi (Sopol-
litepa, Qo‘yqirilganqal’a, Tuproqqal’a, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend,
Qanqa va boshq.).
Bizga m a’lumki, Aleksandr va uning vorislari davrida ellinistik
davlatlarda shaharsozlik madaniyati yuksak darajada rivojlandi. Bu
davrda boshqa hududlarda bo‘lgani kabi o ‘lkamizda ham shaharsozlik
rivojlandi. Er. aw . IV—III asrlarga kelib shaharlar rejali ravishda qurila
boshladi. Uning tashqi ko‘rinishi to ‘rtburchak shakldabo‘lib, o ‘rtasidan
shohko‘cha o ‘tgan. O rta Osiyo davlatlarining xalqaro maydonga tor-
tilishi yaqin sharqdagi ellin davlatlari shaharsozligi bilan tanishishga
imkon yaratdi. Bu esa ellin shaharsozlik an’analarini O rta Osiyo sha
l l
roitidan kelib chiqib o‘zlashtirishga„ uvg‘unlashuviga olib keldi. Lekin
O rta Osiyo ellin shaharlarida baribir milliylik saqlanib qolindi.
Antik davrda 0 ‘rta Osiyo shaharlari aniq m e’moriy yechimlar aso
sida shakllangan. Shaharlar to ‘g ‘ri to‘rtburchakdayoki to ‘g ‘ri burchakli
qilib, markazni kesib o'tuvchi va har qaysi tomondan asosiy darvozaga
olib chiquvchi katta ko'chalami nazarda tutib rejalashtirilgan. Me’moriy
qonuniyatlami oMkamizdagi barcha antik davr shaharlarida ko‘rishimiz
mumkin.
Buxoro. Samarqand, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon
kabi ko'hna shaharlar o ‘zining m e’moriy obidalari (Somoniylar maq-
barasi, Mag‘oki Attori, Chashmayi Ayyub, Poyi Kalon majmuyi, Labi
Hovuz majmuyi, Samarqand Registoni, undagi Ulug‘bek madrasasi,
Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi va b.) bilan dunyoga tanilgan.
0 ‘zbekistonda m e’morchilikning taraqqiy etishi Amir Temur va temu-
riylar davrida o ‘zining yuqori cho‘qqisiga ko'tarildi. Samarqand, Shah
risabz kabi shahailar, ayniqsa, Amir Temur sa’y-harakati tufavli qay-
ta qurildi. Oqsaroy, Ko‘ksaroy ko‘shklari, Dor us-Sivodat madrasasi,
Ko‘k gumbaz, Jome’ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad
ko‘tardi.
M uzeylar
(yun. «musion» - muzalarga bag'ishlangan joy) - tari
xiy, moddiy v a ma’naviy yodgorliklami to'plash, saqlash, o ‘rganish va
targ‘ib qilish :shlarim amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-ma’rifiy muassa-
sa'iar hisoblanadi. Muzey xazinasida, asosan, moddiy ashyolar, tasviriy
san’at va зал’at asarlari, yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha
bo‘lgan tarixiy qimmatga ega qoiyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar)
saqlanadi.
O'zbekistonda muzeylar XIX asming 2-yarmida tashkil etila bosh-
lagan. XX asr boshida O'zbekistonda faqat 3 ta muzey. Toshkent
oikasliunoslik muzeyi (1876, hozirgi 0 ‘zbekiston tarixi davlat mu-
zeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896, hozirgi 0 ‘zbekiston madaniyati
va san’ati tarixi davlat muzeyi), FargLona xalq muzeyi (1895, hozirgi
Farg‘oria viloyat o‘lkashunoslik muzeyi) bor edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng Temu-
riylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz
arxeologiya muzeyi va boshqa qator yangi muzeylar tashkil etildi. Mav-
jud muzeylammg ilmiy konsepsiyasi milliy g ‘oya asosida qayta tuzilib,
12
ekspozitsiyalan takomillashtirildi. Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda 17 ta
tarix, 27 ta o ‘lkashunoslik, 10 ta badiiy, 24 ta memorial, 8 ta adabiyot,
4 ta aniq fanlar muzeylari faolivat ko‘rsatmoqda. Ularda o ‘zbek va ja-
hon xalqlari tarixi va madaniyatiga doir turli eksponatlar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |