xarobalari, uy-ro'zg‘or buvumlari va boshqalar kiradi. Ma’naviy yod-
gorliklar deganda qadimgi yozuvlar. xalq og'zaki ijodi namunalari, af-
sonalar. yozma yodgorliklar, bitik, qo‘lyozma kitob va arxiv hujjatlari
tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida
paydo bo‘lgan va uning xususiyatlarini o z id a aks ettirgan moddiv va
ma’naviy manbalardan iboratdir.
Arxeologik manbalarga
qadimgi shaharlar, qo rg'onlar. qal alar.
qadimiy manzilgohlar. istehkomlar, qadimgi yoilam ing izlari, mozor-
q o 'ig ‘onlar, qoyatosh tasvirlari va boshqalar kirib, Vatanimiz tarixini
o‘rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Arxeologik manbalar
ikki turga bo‘lib o ‘rganiladi:
1. Tabiiy manbalar (paleozoologiya, paleobotanika) -
inson va hay-
von suyaklari, o ‘simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar bo‘lib, ular-
ni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar o ‘rganadi.
2. Inson tomonidan yaratilgan moddiy manbalar, ulaming mehnat
qurollari, yarog‘-aslahalar, sopol idishlar, san’at va zeb-zivnat buvum-
lari, yozuv va hokazolar.
Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lib. ijtimoiy fanlar ora-
sida alohida o ‘nn tutadi. Arxeologiya iborasi «arxaios»
- qadimgi, «lo
gos» - fen degan ikkita yunoncha so’znmg birikishidan tashkil topgan
bo‘lib, qadimgi bilimlarhaqidagi fan degan m a’noni beradi, Lekin oldin-
gi davrlarda arxeologiyani fanning qaysi sohasiga qo‘shish to‘g ‘risida
bahs va munozaralar bo‘lib, ba’zi bir kishilar uni qadimgi san at haqi-
dagi fan, yana bir toifadagilar esa sopol buyumlami o‘rganuvchi fan,
degan fikmi bildirganlar. Ba’zilar esa uni tarix faniga xizmat qiluvchi
ikkinchi darajali fan deb tushunganlar.
Mantiqan olib qaraganda tarix va arxeologiya fanlari aslida o ‘zaro
chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini toMdiruvchi yagona fanning so-
hasidir. Insoniyat o ‘tmish davrini arxeologiyasiz o ‘rganib bo‘lmaydi.
Arxeologiya insoniyatning o ‘tmish tarixini o rganishda dala tadqiqotla-
ri natijasida ibtidoiy makonlar, qishloqlar,
shaharlar hamda ulardan to-
pib o ‘rganilgan ashyoviy dalillar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh
rasmlan hamda boshqa moddiy manbalarga suyamb ish ko‘radi.
Hozir 0 ‘rta Osiyoning barcha hududlarida tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Ulaming natijalari esa tadqiqotchi olimlaming maqo-
lalari va ilmiy ishlarida o ‘z aksini topgan. Ular tomonidan topilgan
6
ashyoviy dalillar respublikaraizning muzeylarida saqlanib kelmoqda.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida to'plangan materiallardan arxeolo-
giya, 0 ‘zbekiston tarixi, ibtidoiy jamoa tarixi, o'lkashunoslik fanlari va
arxeologiya ixtisosligi bo'yicha maxsus kurslar
darslarida va sinfdan
tashqari mashg‘ulotlarda foydalanib kelinmoqda.
Toponimika
(yunoncha «topos» - joy, «onoma» - nom) - joy
nomlari to g'risidagi fandir. Toponimika deganda joy nomlarini
o'rganadigan fan, toponimiya deganda esa geografik nomlar yig‘indisi
tushuniladi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambar-
chas aloqada rivojlanadi. Toponimlar til tarixini tadqiq etishda muhim
manba hisoblanadi Toponimika xalqlaming tarixiy o‘tmish xususiyat-
larini jonlantirishga, ulaming joylashish chegaralarini belgilashga, til-
laming o‘tmishdagi tarqalish hududlarini,
madaniy va iqtisodiy mar-
kazlar, savdo yo'llari va shahar, qishloq geografiyasini tavsiflashga
yordam beradi.
Geografik joy nomlari (keyingi o ‘rinlarda toponimlar) qumqlik va
suvliklardagi geografik obyektlaming, joylaming atoqli otlaridir. To
ponimlar o ‘zbek tili, uning so‘z boyligi, o ‘zbek xalqining madaniy,
m a’naviy hamda ilmiy merosiga oid boy m a’lumotlami o ‘zida ifodalab,
asrlar davomida saqlab, asrab kelayotgan ulug' xazinadir.
Joy nomlarining asosiy vazifasi - brr xil, bir tipli geografik o‘rinlar,
obyektlar, hududlami alohida, yakka holda
ajratib atash va shu orqali
ulami bir-biridan farqlashga xizmat qilishdir. Toponimlarda xalqning
o‘ta qadimiy davrlardan tortib shu kunlaigacha b o ig a n noyob kuzatish-
lari, tajribalari, ulaming dunyoqarashi va turli e ’tiqodlari o ‘z ifodasini
topgan.
Agarda nomlar ifoda qilgan m a’nolar, ijtimoiy, tarixiy, tabiiy-
ju g ‘rofiy m a’lumotlar, nomlaming tanlanish va qo‘yilish sabablari, to-
ponimlaming kelib chiqish tarixi tahlil qilinsa, bu holat yorqin ko rinadi.
Tilda m a’nosiz, besabab nom yo'q. Xalqimiz qadimiy davrlardan bosh-
lab joylami nomlash bo'yicha boy tajriba orttirgan,
biror joyni asossiz,
besabab u yoki bu tarzda atamagan. Mana shu sabab va asoslarda xalq
ning ona tabiat, atrof-muhit haqidagi sinchkov kuzatishlari, kishilaming
kundalik turmushi va xo‘jaligiga oid boy tajribalari, ko‘hna tarixning
turli davrlarda boshidan kechiiganlari, ulug4 orzu vaum idlari
o 'z
ifoda
sini topganini ko‘ramiz.
7