Xitoyning Beyshi solnomasida hamda g ‘arb muallif tarixchilaridan bin
Prisk Paniyskiy m a’lumotlarida uchraydi. Tadqiqotchiianiing fikricha,
kidariylaming dastlabki vatani Sharqiy Turkiston edi. Beyshi solnoma
sida berilishicha, yuechjilar hukmdori Sidolo jujanlar hujumi tufayli o 'z
qarorgohini Bolo (Balx)ga ko‘chirgan. Yana
shu manba xabar berishi-
cha, Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib Gandharadan shimoldagi
5 ta davlatni o ‘ziga bo'ysundirgan. Ayrim tadqiqotchilar. kidariylar
Sharqiy Turkistondan ko‘chishni boshlaganidan so‘ng ular ikki qism-
ga bo limb, katta qismi shimoli-g'arbiy Hindistonga, kichik qismi esa
0 ‘rta Osiyoga joylashadilar, degan fikmi ilgari suradilar.
Ayrim tadqiqotchilar kidariylami Sharqiy Turkistondan kirib kel-
gan kushonlar qoldig'i bo‘lishi mumkin degan fikmi ilgari surishadi.
Shuningdek, kidaiiylaming 0 ‘rta Osiyoning janubidagi xioniylar bi
lan ittiroqchiligi hamda ulaming Eronga qarshi birgalikdagi harakatlari
to ‘g/risidagi taxminlar ham bor.
IV asr o‘rtalarida 0 ‘rta Osiyo yerlariga
shimoli-sharqdan xion qa-
b’ialari bostirib kiradilar. Tarixda xioniylar nomi bilan mashhur boigan
bu qabilalaming asli vatanini ayrim tadqiqotchilar Orolbo‘yida deb hi-
soblaydilar. Xioniylar xun qabilalariga qon-qarindosh bo'fganlikiaridan
bo‘Isa kerak, g ‘arb tarixchilari ulami «oq xunlar» deb ataydilar. IV asr-
ning o'rtalanda ancha kuchaygan xioniylar janubga tomon harakat qi-
lib sosoniylar bilan to‘qnashadilar. Bu to‘qnashuvlar hamda xioniylar
yo‘Iboshchisi Gtumbat, ulaming Suriyadagi Umda shahrini qamal qil-
ganliklari haqida Ammian Marsellin m a’lumotlar beradi. Dastlabki ha-
rakatlarda xioniylar
magMubiyatga uchrasalar-da, keyinroq ular sharqqa
tomon yurishlar qilgan sosoniylar shohi Shopur II ga qattiq zarbalar bera-
dilar. 0 ‘rta Osiyoda kidariylar va eftaliylar hukmronligi o‘matilgach, xio-
niylaming siyosiy ahvoli o ‘zgaradi va ular eftaliylarga tobe bo‘lib qoladi.
V asming o ‘rtalarida 0 ‘rta Osiyoga ko chmanchi eftaliy qabilalari
kirib kelishadi. Eftaliylar davlati hududlari haqida Xitoy solnomalari va
arab-fors tarixchilari asarlarida m a’lumotlar uchraydi. Ularga tayangan
holda eftaliylar davlatiga 0 ‘rta Osiyoning katta qismi, Sharqiy Turkis
ton, Gandhara va V asming ikkinchi yaitnvda Shimoliy Hindistonning
boshqa bir qancha viloyatlari ham kirganligini bilishimiz mumkin. Bu
davlat o ‘z hududiga ko'ra kushonlar davlatidan ham katta edi. Ku
shonlar davridagi kabi eftaliylar zamonida ham saltanat yakka hukmdor
42
tomonidan boshqarilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra,
taxt otadan bolaga
qolmay, shu suloladaii kim loyiq deb topilsa, o ‘sha taxtga o'tirgan.
VI asming boshlariga kelib, eftaliylar anchagina katta hudud-
lami egallagan edilar, ko pchilik manbalar eftaliylaming dastav-
val ko‘chmanchi xaiqlar b o iib , keyinchalik o ‘troqlashganligi haqi
da m aium ot beradi: Shuning uchun ham ayrim tadqiqotchilar ulami
ko‘chmanchilar
deb hisoblasa, ayrimlari ulami shahar va qishloqlarda
yashaganligini ta’kidlaydilar. Eftaliylaming poytaxti Balx shahri edi.
VI asrda Oltoy hududlarida davlat tuzilmalari tashkil topa bosh-
laydi. Bu davlat birlashmalaridan biri Turk xoqonligi bo iib , 0 ‘rta
Osiyo tarixida muhim o ‘rin tutadi. Bu davlat asoschisi Bumin aw al tele
qabilalarini birlashtirib, so ngra jujanlarga qattiq zarba beradi. Ulami
inqirozga uchratib, M o‘g ‘uliston va Oltoy hududlarida davlat tuzadi.
Shu yili, ya’ni 551-yilda Bumin yabg'u unvonini oladi va shu davr-
dan boshlab Turk xoqonligi rasmiy e ’tirof etiladi.
Turklar va eftaliylar
o‘rtasidagi dastlabki to ‘qnashuvlar VI asming 50-villariga to ‘g r i kela-
di. Ular dastlab 0 ‘rta Osiyoning shimoliy qismida to ‘qnashgan edilar.
Turklar Eron bilan eftaliylarga qarshi ittifoq tuzadi va ikki tomonla-
ma qurshovda qolgan eftaliylar turklaiga yaxshi qarshilik ko‘rsata olmay-
di va Buxoro yaqinidagi hal qiluvchi jangda yengilishadi. Katta Kultegin
bitiktoshida: «Ular (Mug'an va Istemi) Temir kapig‘gacha o ‘z xalqini
yoyishdi» degan vozuvlar bor. Temir kapig‘, ya’ni Temir darvoza Boysun
togidagi So‘g ‘d va Toxariston oraligidagi o ‘tish joyi edi. Turk xoqonli-
gining sharqdan g ‘arbgacha boigan chegarasi esa Koreyadan Qora den-
giz bo‘ylarigacha cho'zilgan edi. Lekin bu davlat u darajada mustahkam
boimay, balki umg'-qabilachilik sababli hamda 603-yilda ichki nizolar
tufayli ikkiga: g ‘arbiy va sharqiy turk xoqonligiga boiinib ketadi.
VI
asming oxiri - VII asr boshlarida Arabiston
yarimorolida yangi
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o ‘zgarishlar sodir boiib , markazlashgan
davlat birlashmasi vujudga keldi. Bu jarayonda shu davrda Muhammad
payg‘ambar (s.a.v.) tomonidan asos solingan islom dini birlashtiruv-
chi vazifani bajaradi. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafotidan so‘ng,
ya’ni 632-yildan uning o‘miga davlatni xalifalar boshqaradi va bu dav
lat tarixga arab xalifaligi nomi bilan kiradi. Arab xalifaligi istilochilik
yurishlari olib borib, tez orada Yaqin va 0 ‘rta Sharqning boy viloyat-
larini bosib oladi. Shu bilan birga arablar sosoniylar hududlariga ham
43
yurishlar qilib, 65 L-yilda Marvgacha yetib
keladi va bu yerda sosoniy-
laming so‘nggi hukmdori Yazdigard III oidirilib, bu sulola hukmron-
ligiga chek q o ‘yiladi. Mazkur hududda markazi Marv bo'lgan Xuro-
son noibligi. tashkil topadi va keyinchalik bu markaz arablaming 0 ‘rta
Osiyoni is tilo qilish maqsadidagi yurishlariga bevosita boshchilik qiladi.
Arablar Amudaryoning shimolidagi yerlami Movarounnahr, ya’ni
daryo ortidagi yerlar deb atashadi. Ulaming Movarounnahrdagi faoliya-
ti ikUi bosqichga bo‘linadi.
Birinchi bosqichda arablar Movarounnahrda faqat talonchilik va ra-
qiblaming kuch-qudratini aniqlash maqsadida yurishlar olib borishadi.
Ikkinchi davrda arablar Movarounnahr hududlarida istilochilik
yurishlarini olib borishadi.
Arablaming Movarounnahmi istilo qilishi 704-yilda Xuroson
noibligiga tayinlangan Qutayba ibn Muslim faoliyati bilan bogiiq.
Qutayba o ‘z faoliyatini 705-yilda Balxni va uning atroflarini bosib
olishdan boshlaydi. Mazkur hududlami bosib olgan Qutayba 706-yil-
da Poykandni istilo qiladi. Arablaming
keyingi yurishlari Buxoroga
qaratilgan bo‘lib, 708-709-yillardagi urushlardan so‘ng Buxoro ham
arablar qo‘l ostiga o‘tadi. 71 l-yilda Xorazm ham arablaming vassal-
ligiga aylantiriladi. 712-yilda Qutayba Xorazm va janubiy viloyatlar-
dan olingan qo‘shimcha qo‘shin bilan Samarqandga tashlanadi. Bir
oylik qamaldan so‘ng Samarqand ham arablar qo‘l ostiga o ‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: