nisbatan o ‘rta asr arab geograflari asarlarida Zarafshon to ‘g ‘risida
birmuncha to ‘1iq va aniq m a’lumotlar berilgan.
Ulaming asarlarida daiyo «Vodiy us-So‘g ‘d» va «Nahr us-So‘g ‘d»
nomi bilan atalgan. Ibn Havqal «Nahr us-So‘g ‘d» S o 'g ‘d va Samarqand-
da «Nahr ul-Buxoro» nomi bilan mashhur bo‘lganligini ta'kidlagan.
«Hudud ul-olam» asarida Zarafshon Nahr ul-Buxoro deb keltiriladi.
Arab geograflarining Samarqand topografiyasi,
shu jumladan Zarafshon
daryosi to 'g ‘nsida bergan m a’lumotlari to ‘g ‘ri va ishonchlidir. Zaraf
shon daryosining qadimgi toponimlari orasida «Daryovi Haromkon va
Nahri Haromkon» nomlari ham o ‘rta asr manbalarida uchraydi. Dast-
avval, u X asrda Muhammad Narshaxiy tomonidan tilga olinadi. XVI
asr tarixiy hujjatlarida Zarafshonning toponimlari to‘g ‘risida berilgan
aniq m a’lumotlar Narshaxiyning asarida ham to‘g ‘ri tilga olinganligiga
shubha yo‘q.
Bu m a’lumotlarga asoslanib Zarafshon daryosining qadimgi nomi
arab geograflari tomonidan tilga olingan Nahr us-So‘g ‘d,
Vodiy us-
So‘g ‘d yoki Nahr ul-Buxoro emas, balki Haromkon bo‘lgan deb
hisoblash to‘g ‘ri bo'ladi. 0 ‘rta Zarafshon daryosi asosan Ko'hak nomi
bilan mashhur bo'lgan daryoga berilgan. Bu nom dastavval XII asr
mahalliy mualliflardan Nasafiyning Samarqand tarixiga oid «Qandiya»
nomli asarida tilga olinadi. XIV-XVI asrlarga tegishli tarixiy manba-
larda, shu jumladan,
Hofizi Abru, «Bobumoma», «Shayboniynoma» va
boshqa ko‘pgina asarlarda ham Zarafshon daryosi Ko'hak nomi bilan
ataladi. XVIII asrga oid ms tilida bitilgan ba’zi m a’lumotlarda esa u
«Kuryak» deb buzib aytilgan. XVIII asr boshlarida ba’zi bir manbalar-
da daryo Ko‘hak nomi bilan bir qatorda, «Zarafshon»
deb ham yozila
boshlangan. Uning keyingi nomi birinchi marta «Tarixi Roqiyamiy»
asarida tilga olinadi.
1820-yilda Rossiyadan Buxoroga kelgan diplomatik missiyaning
ishtirokchisi Meyendorfiiing yozishicha. daryo Samarqandda (orqa-
sida) «Ko‘hak», Buxoroda «Zarafshon» nomlari bilan atalganligini
ta ’kidlaydi. Yuqorida keltirilgan m a’lumotlardan shu narsa m a’lumki,
XIX asr boshlarida daryoning quyi oqimi qadimgi Harashkon Zarafshon
nomi bilan atala boshlaydi va u daryoning yuqori oqimi - «Ko‘hak» bi
lan bir qatorda yuritiladi.
141
«Avesto» matni to'liq saqlanmagan. Bizgacha uning juda oz qismi
yetib kelgan, xolos. Ma’lumki, «Avesto» Gishtasp - Vishtasp zamonida
kitob holiga keltirilgan.
Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb ata-
luvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas'udiy,
Tabariy va Beruniylaming so‘zlariga qaraganda, 12 000 ho‘kiz terisidan
tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflar bilan yozilgan. 0 ‘sha
vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud boigan, lekin bir nusxasi Iskan-
dar Zulqamaynning farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini
Yunonistonga
olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga
o ‘ta e ’tiqodli boigan kishilar q o iid a saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa
to iiq emas.
Asaming saqlanib qolgan qismlarini to ‘plash va kitob holiga kel-
tirish ishlari Parfiya podshosi Valgash III (148-192-yillar) hamda
sosoniylar (milodning III asri) davrida ham davom ettirildi. «Aves
to» sosoniy Shopur II (309-379) davrida tartibga solindi.
izohlar va
qo'shimchalar (zand) bilan boyitildi va t o i a kitob holiga keltinljb,
asosiy qismlari pahlaviy tiliga taijima qilindi. Bu kitob «Zand Avesto»
nomi bilan mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: