Jamolov Dodojamol, [



Download 21 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi21 Kb.
#793013
Bog'liq
вариант 5


Jamolov Dodojamol, [31.01.20 20:43]
Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti

(o‘qib tahrir qilib chiqdim)


Amir TemurningTo‘xtamishga qarshi olib borgan kurashidan so‘ng,Oltin O‘rda davlati tanazzulga yuz tuta boshladi va taxminan X1U asrning 80-yillarida quladi. Endi madaniy markaz Amir Temur asossolgan davlatga ko‘chdi. Amir Temur o‘zi tashkil qilgan saltanatni ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqarorlashtirdi, uning xizmati natijasida madaniy hayot yangicha mazmun kasb etib, rivojlana bordi.SHuni qayd etish kerakki, Temuriylar saltanati yo‘q erdan paydo bo‘lmadi, balki azaliy davlatchilik an’anasi zaminida shakllangan, asrlar davomida barqarorlashib kelgan turkiy qavmlar davlatlarining zaminida paydo bo‘ldi. Jumladan, turkiy xalqlar tarixida mo‘g‘ullar ana shunday muhim rol o‘ynagan sulolalardan biri bo‘ldi. Mo‘g‘ullarning Movarounnahr madaniy hayotida, adabiyotida o‘ynagan roli katta bo‘ldi. Ayniqsa, CHingizxon va uning o‘g‘illari hukmronligi davrida Movarounnahrdagi madaniy hayotda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. CHig‘atoy va uning avlodlari Movarounnahrda hukmronlik qilgan davr birmuncha shiddatli va tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. . Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Хusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug’bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko’rsatgan. Тemur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo’shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Тarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro’, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Хondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo’ldi.
Mirzo Ulug’bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o’lchash va falaqqiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo’lib, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yo’q edi. Rasadxonada Ulug’bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali Qushchi, Muhammad Хavofiylar uning sevimli shogirdlari bo’lgan.
Mirzo Ulug’bek «Zij» asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falaqqiyot ilmiga oid an’anani davom ettirib, yuqori darajaga ko’taradi. Matematikaga doir «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», Falaqqiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug’bek» va musiqa haqida «Musiqa ilmi haqida risola» kabi asarlar yozdi. Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar qurdirib, ta’lim ishlariga rahbarlik qildi.
Тemur va temuriylar davrida xalq og’zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O’zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.
Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Хorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o’zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko’lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko’tardi.Movarounnaxr va Хurosonda o’zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi. Хurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Тurkiston va boshqa shaharlardagi olimlar shoiralar va san’atkorlar bilan o’zaro juda yaqin munosabatda bo’la boshladilar. Qaysi ijodkor o’ziga qaysi mamlakat yoki shaharni qulay deb bilsa, yosha yerda yashab ijod qildi.

Masalan, xorazmlik shoirlar Haydar va hofiz Хorazmiylar Sherozga, Ismoil Ota avlodlaridan bo’lgan shoir Shayx Atoiy Тurbatdan (Тoshkent yaqinidan) Balxga, Mavlono Lutfiy ham asli Тoshkentdan bo’lib Hirot yaqiniga borib yashab qolganlar.

Тemur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Тemuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo’lib, ular o’zlari she’r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Хalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o’z she’rlaridan devon tuzganlar.

Хuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko’p bo’lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e’tibor kuchayadi. «Chaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g’azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan.


Хurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung’ur Mirzo (Shohruhning o’g’li) ning o’rni beqiyos bo’lib, u o’z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga va san’at rivojiga katta hissa qo’shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy «shohnomasi»ning ko’p qo’lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung’urning o’zi ham forsiy va turkiyda she’rlar yozgan. Хullas, XV asr o’rtalarida Хurosonda o’zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi.Movarounnaxrda Ulug’bek davrida ko’plab forsiy va turkiy ijodkorlar to’plandi. Amir Тemur ilm-fan rivoji uchun g’amxo’rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Хusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug’bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko’rsatgan. Тemur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo’shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Тarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro’, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Хondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo’ldi.

Mirzo Ulug’bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o’lchash va falaqqiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo’lib, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yo’q edi. Rasadxonada Ulug’bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali Qushchi, Muhammad Хavofiylar uning sevimli shogirdlari bo’lgan.


Мумтоз адабиётимизнинг улуғ сиймоларидан бўлмиш Убайдий ҳали ҳануз ўзининг бутун салоҳияти билан бизга равшан бўлмай қолаётган шоирлардан биридир. Биз ҳамон унинг қаламининг кучи-ю адабиётимизда тутган муносиб мавқеъидан бехабар қолмоқдамиз. Она тилимиз шиддати ва қудрати унинг асарларида нечоғлик намоён бўлганининг ўзигина Убайдийнинг тенгсиз ижодкор эканини англатади.
Дашти Қипчоқдаги ўзбеклар давлатининг асосчиси Абулхайрхоннинг эвараси, Бухоро ҳокими Маҳмуд Султоннинг ўғли Убайдулло Баҳодирхон XVI аср Мовароуннаҳр адабий-маданий ҳаётида катта ўрин тутган машҳур ижодкорлардан биридир. Хожа Убайдуллоҳ Аҳрор Валийдек буюк пир бу ўғлонга ўзининг муборак исмини берган, хожанинг шогирди — Мир Араб номи билан машҳур бўлган Амир Абдулла Яманий муршидлик қилган. Убайдийнинг ўзи ҳам сўфий шайх — нақшбандий эди. Айни пайтда, у Аҳмад Яссавийга эргашиб, ҳикматлар ёзган. Ҳофиз Таниш Бухорийнинг «Абдулланома» асарида ёзганидек: «Унинг даври ва халофати замонида Мовароуннаҳр, хусусан, Бухоро вилояти гуллаб-яшнади».
Убайдуллохон донишманд давлат арбоби ва жасур саркарда бўлибгина қолмай, замонасининг «барча фазилатлар билан безанган» (Мирзо Ҳайдар) ҳар жиҳатдан етук кишиси эди. У «шеър илмларида соҳиби фан» (Ҳасанхожа Нисорий) бўлиб, ўзбек, форс-тожик ва араб тилларида қалам тебратган истеъдодли зуллисонайн шоир, Қуръон мутолаасини осонлаштириш учун туркий тилда «Ат-тажвид» рисоласини яратган илоҳиёт олими, шариат қонунлари бўйича махсус китоб битган фақиҳ, етти хил ҳуснихатда ёза оладиган, хусусан, насталиқни жуда гўзал кўчирадиган хаттот, Қуръонни тажвид билан қироат қиладиган ҳофизи Қуръон, мусиқа илмида ва ашулада моҳир санъаткор ҳам эди.
Убайдий нафақат туркий, балки форсий адабиётда ҳам забардаст рубоийнавислардан ҳисобланади. Бу рубоийларда ислом ва иймон улуғланиб, тасаввуф ва футувват ғоялари тарғиб қилинади, илоҳий ва дунёвий ишқ тараннум этилиб, Олам ва Одам тўғрисидаги фалсафий мулоҳазалар ифодаланади. Улар орасида замонадан, чарху фалакдан шикоят, панд-насиҳат руҳидаги, таржимаи ҳол характеридаги рубоийлар ҳам анчагина. Убайдий рубоийлари дунёнинг барча пасту баландини кўрган, ҳаётнинг бутун аччиқ-чучугини тотган, инсон феълининг турфа тусланишларини обдан ўрганган, илми зоҳир ва илми ботинни ўзида мужассам этган олим ва ориф инсоннинг қалбидан қайнаб чиққан ҳикматлардир.

SHAJARAYI TURK", "Shajarai turk va moʻgʻul" ("Turkiy xalklar va moʻgʻullar shajarasi") — tarixiy asar, muallifi Abulgʻoziy Bahodirxon. Eski oʻzbek tilida yozilgan. "SH.t." 13— 17-asrlardagi moʻgʻul va turk hukmdorlari haqidagi maʼlumotlarni, xususan, Markaziy Osiyo xonliklari, jumladan, Xiva xonligining muallif yashagan davrgacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga olgan. "SH.t." Abulgʻoziy Bahrdirxonning oʻlimi tufayli nihoyasiga yetkazilmay qolgan boʻlsada, uning oʻgʻli Anusha Muhammadxon (1663—87) topshirigʻiga muvofiq, urganchlik tarixchi Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tomonidan baʼzi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan. "SH.t."ning yozilish sababi muallif tomonidan quyidagicha izohlangan: "Ammo bizning otaaqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning (Abdullaxon II) otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur boʻldi (va) ul sababdin oʻzimiz aytduk". Asar moʻʼjaz muqaddima va 9 bobdan tashkil topgan.



"SH.t."ning 7, 8 va 9boblari (1644 yilgacha kechgan voqealar) Abulgʻozixon tomonidan yozilgan. 1, 6boblar va 9bobning davomi (1644—64) Mahmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tarafidan bitilgan. "SH.t."da koʻplab etnografik hamda Xorazmning ijtimoiyiqtisodiy ahvoliga doyr maʼlumotlar bor. Asarning bizgacha yettidan ortiq qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan, ular Toshkent, Ashxobod, SanktPeterburgdagi fondlarda saqlanmoqda.

"SH.t." omma tushunadigan tilda va ommabop usulda yozilganligi bilan ajralib turadi. Hodisalar bayonidagi ixchamlik, ifodaning izchilligi, voqealarni latifa va rivoyat uslubida sodda, ravon tasvirlash asarning muhim tomoni hisoblanadi. Manba grammatik qurilishi, lugʻat tarkibi nuqtai nazaridan xalq soʻzlashuv tiliga yaqin turadi. Abulgʻozixon "SH.t."ni yozishda ilgari bitilgan bir nechta tarixiy asarlar, xususan, Rashiduddinning "Jomeʼ uttavorix", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddimayi Zafarnoma"sidan kerakli oʻrinlarda unumli foydalangan. Mazkur asar rus, fransuz va nemis tillarida nashr etilgan.
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish