Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi, 3-bosqich talabalari bilan 2021-yil 13-xafta
“Ikkinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Sharofiddin Ali Yazdiy hayoti va faoliyati.” mavzusida o’tkazilgan “Axborot va murabbiylik soati”
BAYONNOMASI
04.12.2021 yil Namangan shahri
QATNASHDILAR:
TYUTOR: Azimjon Abdullayev
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 204,307 -gurux talabalari.
KUN TARTIBI: “Ikkinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Sharofiddin Ali Yazdiy hayoti va faoliyati.”
(Guruh tyutor va talabalar)
Taklif etilganlar : Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari M.To’raboyeva.
Eshitildi:
Masala.Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3- bosqich 301,302,303,304,305-guruhlar tyutori K.Nasriddinova so’z olib axborot va murabbiylik soatini boshlab berdi.
Shunga ko’ra , 2021- yil 1- dekabr kuni boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
3- bosqich 304-guruh,2-dekabr ,03-dekabr kuni303 –guruh 04-dekabr kuni 302-guruhlar bilan “Ikkinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Sharofiddin Ali Yazdiy hayoti va faoliyati.” mavzusida axborot va murabbiylik soati bo’lib o’tdi. Unda barcha talabalar ishtirok etdi va o’z tushunchalarini aytib mavzuni mustahkamlandi.
Mavzu: “Ikkinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Sharofiddin Ali Yazdiyn hayoti va faoliyati.
Gurux tyutori. Abdullayev Azimjon Ashurvoy o’gli so`zi:
Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur “Zafarnoma” asarining muallifi sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlangan muarrixlardan boʻlib, uning hayoti va faoliyati asosan XV asrning birinchi yarmiga toʻgʻri keladi.
Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft mavzeida (Taft-i-Yazd deb ham atalgan), taxminan XIV asrning oxirgi choragida tugʻilgan. Uning tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar oʻz asarlari va zamondoshlarining asarlarida keltirilgan dalillardan iborat. Uning otasi – Shayx Hoji oʻz davrining yirik olimlaridan sanalib, tariqat ahli – soʻfiylar bilan hamfikr boʻlgan. Manbalarda aytilishicha, Sharafiddin Ali ham yoshligida Yazd soʻfiylari bilan yaqin aloqada boʻlgan.
Sharafiddin Ali Yazdiyning bundan keyingi faoliyati haqidagi maʼlumotlar, uning Sherozda Temuriylar saroyida xizmatda boʻlganligi bilan bogʻliq. Shohruxning oʻgʻli Mirzo Ibrohim Sulton 1414-yili otasi tomonidan Eronning Fors viloyatiga (markazi Sheroz) hokim qilib tayinlanadi. 1435-yilgacha Sharafiddin Ali ana shu shahzodaning saroyida xizmat qiladi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Sharafiddin Alidan qolgan ilmiy adabiy meros adabiyot va til uslubi, sheʼriyat nazariyasi, ilmi nujum, falsafa, tasavvufning nazariy masalalari boʻyicha yozilgan asarlardir. “Sharaf” taxallusi bilan sheʼrlar yozganligi ham maʼlum.
Talabalar “Zafarnoma” asari – “Fathnomayi sohibqiron”, “Tarixi jahonkushoyi Temuriy” degan nomlar bilan ham ataladi, lekin tarix fanida u koʻproq “Zafarnoma” nomi bilan mashhur. Asar tuzilishi jihatidan ikki qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda soʻzlovchi “Muqaddima” va bevosita Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qismga boʻlinadi. Har bir qism uchun alohida-alohida yozilgan, koʻp jihatdan mushtaraklikka ega boʻlgan soʻzboshilarda muallif mazkur qismlarning yozilish tarixini yoritib beradi.
Muallifning taʼkidlashicha, Ibrohim Sulton oʻz bobosi Amir Temur haqida maxsus kitob yozilishini niyat qilgan va hijriy 822 (1419–20) yilda oʻz vaqtida baxshiy va munshiylar tomonidan Temur haqida turkiy, forsiy tillarda yozib qoldirilgan mavjud maʼlumotlarni yigʻib keltirish haqida farmon chiqargan.
Talabalar so’zi “Zafarnoma” asarining asosiy qismi esa muallifning dastlabki rejasiga koʻra, uchta maqoladan iborat boʻlmogʻi lozim boʻlgan. Birinchi maqola Temurga, ikkinchisi, uning oʻgʻli Shohruxga va uchinchisi, Shohruxning oʻgʻli va Sharafiddin Ali Yazdiyning homiysi Ibrohim Sultonga bagʻishlanishi koʻzda tutilgan. Binobarin, “Zafarnoma” asari faqat Temurnigina emas, balki Temuriy shahozadalar Shohrux (1405–1447) va Ibrohim Sulton (1414–1435)lar hukmronlik davri tarixini ham yoritishi kerak boʻlgan. Biroq “Zafarnoma”ning hozirda, fanda maʼlum boʻlgan qoʻlyozma nusxalarida keyingi ikki maqola yoʻq, ular yozilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan.
“Ikkinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Sharofiddin Ali Yazdiy hayoti va faoliyati.”
QARORI
1-bosqich Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi , 3- bosqich 204,307-guruhlar tyutori K.Nasriddinova “Ikkinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Sharofiddin Ali Yazdiy hayoti va faoliyati.”deb nomlangan axborot va murabbiylik soati bo’yicha bergan axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2-bosqich 204,307- guruh talabalariga mavzuni to’liq o’zlashtirib konspekt qilib olishlari uqtirib o’tilsin.
Guruh tyutori : K.Nasriddinova.
Guruh sardorlari: G’ofurjonova Xanifa
Abduraxvonova Yulduz
Do'stlaringiz bilan baham: |