-§. Zamonaviy davlat nivelir tarmog‘i
Hozirgi kungacha davlat nivelir tarmog‘i i, ii, iii va iV klass tarmoqlariga bo‘linadi. Bosh balandlik asosi bo‘lib i va ii klass nivelir tarmog‘lari xizmat qiladi. i va ii klass nivelir yo‘llari im koni boricha temiryo‘llar va avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘tkaziladi. Ular yo‘q joylarda esa daryo va kanallar sohili bo‘ylab, so‘qmoq
yo‘llar yoqalab o‘tkaziladi. Hamma hollarda nivelirlash yo‘llari ushbu hududdagi qulay bo‘lgan tuproq sharoitiga ega, kichik nishablikli iloji boricha unchalik baland past bo‘lmagan joydan o‘tishi maqsadga muvofiq.
i klass nivelir tarmog‘i yopiq poligonlar ko‘rinishida yoki katta uzunlikdagi yakka chiziqlar ko‘rinishida quriladi. ii klass nive lir tarmog‘i i klass nivelir chiziqlariga tayanadi va yopiq poligon lar rasmida qurilib, ularning perimetri 400 dan 800 km gacha, o‘zlashtirilmagan hududlarda esa 1000 dan 2000 km gacha yetadi.
iii va iV klass nivelir tarmoqlari yuqori klass poligonlari ichida alohida yo‘llar hamda tugun nuqtali yo‘llar sistemasi ko‘rinishida o‘tkaziladi. iii klass tarmoqlari poligonlarining perimetri 150 km dan oshmasligi kerak. iV klass poligonlari perimetri va alohida nivelir yo‘llarining uzunligi 50 km dan oshmasligi kerak. Hamma klassdagi nivelir yo‘llari trassa bo‘yicha 5 km dan katta bo‘lmagan oraliqda doimiy belgilar (reperlar yoki devoriy markalar) bilan mahkamlanadi. Noqulay sharoitli bo‘lgan joylarda belgilar orasi 6–7 km gacha yetkazilishi mumkin. i va ii klass nivelir yo‘llarida har 50–60 km da fundamental reperlar o‘rnatiladi, ulardan 50– 150 m masofada oddiy yo‘ldosh reperlari o‘rnatiladi. Fundamen tal reperlar, shuningdek, i va ii klass yo‘llarini tugun punktlari da, dengiz sathini o‘lchash stansiyalari yonida va daryo (ko‘l) suv o‘lchash postlari oldida olinadi.
i, ii va iii klass nivelir tarmoqlarida har bir yo‘l to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarida nivelirlanadi. i va ii klass nivelir yo‘llari yoqalab, tog‘li hududlarda, hatto iii klass nivelir yo‘llari yoqalab maxsus dastur asosida o‘lchangan nisbiy balandliklarga tuzatma lar hisoblab, normal balandliklar sistemasiga o‘tish uchun og‘irlik kuchi o‘lchanadi.
i, ii, iii va iV klass poligonlari va yo‘llari bo‘yicha bog‘lanmasliklar mos ravishda quyidagilardan oshmasligi kerak
3 2 , mm; 5 2 mm; 10 2 ; va 20 2 mm; bu yerda L poligon
perimetri, yoki nivelir yo‘lining uzunligi, km da vaqt o‘tishi bilan bog‘liq holda i va ii klass nivelir tarmog‘i aniqligiga va punkt lari zichligiga talab oshib boradi. Shuning uchun bu tarmoq bu tun davlat hududida to‘xtovsiz rivojlanib va modernizatsiyalanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |